6-mavzu. Talab, taklif, bozor muvozanati reja


Download 365.66 Kb.
bet1/8
Sana14.12.2022
Hajmi365.66 Kb.
#1002019
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. 6-MAVZU. TAYANCH KONSPEKT


6-MAVZU. TALAB, TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI
REJA:
1. Talab va talab qonuni
2. Talabga ta’sir qiluvchi omillar
3. Taklif va taklif qonuni
4. Taklifga ta’sir qiluvchi omillar
5. Bozor muvozanati va nomutanosibligi
1. Talab va talab qonuni
Bizga ma`lumki, bozor iste’molchi va ishlab chiqaruvchini bir-biriga yaqinlashtiradi va u turli shakllarda bo’ladi. Ba’zi bozorlar mahalliy, ba’zilari xalqarodir. Ba’zilari talab va taklif etuvchi orasida bilvosita minosabatga kirishishlarini taqozo qiluvchi shaxsiy ta’sirga ega bo’lsa, ba’zilari bevosita munosabatlar orqali vujudga keladi. Bularni soddaroq tushuntiriladigan bo’lsa,bu bo’limda ma’lum turdagi tovarlar orqali ko’pgina munosabatga kirishuvchi mustaqil harakatlanuvchi sotuvchilar va xaridorlar bozori haqida so’z boradi. Bular yuqori raqobatdosh bozorlar bo’lib, unda sotuvchi va xaridor o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida narx yangidan belgilanadi. Barcha shu turdagi bozorlar talab, taklif, narx va miqdor kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Xorijiy manbalarda talab tushunchasiga iste’molchilar ma’lum bir vaqt mobaynida turli mavjud narxlarni hisobga olib, o’z did va xohishlariga qarab sotib olishlari mumkin bo’lgan tovarlardir, deya ta`rif berilgan.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Talabning umumiy tavsifi bunday: boshqa sharoitlar o’zgamasa, narx pasaysa, talab miqdori oshadi, narx ko’tarilsa, talab miqdori pasayadi. Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, narx va miqdor orasida teskari bog’liqlik bor. Iqtisodchilar bu teskari bog’liqlikni talab qonuni deb ataydilar. Nazarda tutilgan tovar narxidan boshqa omillar talab miqdorga ta’sir qiladi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (1-chizma).

so`m

700
600


500
400
300
200
100
0



P
D

D


10 20 30 40 50 60 Q, tonna


Download 365.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling