6-mavzu. Talab, taklif, bozor muvozanati reja


-chizma. Talab egri chizig‘i


Download 365.66 Kb.
bet2/8
Sana14.12.2022
Hajmi365.66 Kb.
#1002019
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. 6-MAVZU. TAYANCH KONSPEKT

1-chizma. Talab egri chizig‘i.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi.
Nima uchun narx va miqdor orasida bunday teskari bog’liqlik mavjud? Keling bu savolga uchta javobni ko’rib chiqamiz. Avvalambor, eng osonidan boshlaymiz:
Talab qonuni o’zgarmasdir. Odamlar odatda arzonron narxlardagi tovarlarni ko’iroq sotib oladi. Narx xaridorlarni sotib olishga to’sqinlik qiluvchi eng katta omil. To’siq qancha katta bo’lsa, Tovar chuncha kam sotiladi; to’siq qancha kichik bo’lsa, tovar shuncha tez sotiladi. Korxonalarning savdoga bu qadar ishonishlari o’zini to’liq oqlaydi.
Biror vaqt oralig’ida, ma’lum bir turdagi tovarning sotib oluvchi xaridor o’zining xarididan ko’ngli qolishi mumkin. Xaridorni ko’ngli ikkinchi sotib olingan gilamdan birinchisini sotib olgandagidan ko’ra kongli to’lmasligi mumkin. Uchinchisi undanda zerikarliroq bo’lishi mumkin. Shuning uchun, iste’molchining sotib olish xohishi pasayib boruvchi marjinal naflikka ega. Sababi ayni bir turdagi tovarning davriy sotib olinishi yana va yana pastroq marjinal naflikka ega bolib, xaridorlar agar o’sha tovarning narxi borgan sari pasaytirilsagina sotib olishi mumkin bo’ladi.
Talab qonunini daromad va almashishlar oqibati misolida ham tushuntirib berishimiz mumkin. Daromad ta’siri shuni ko’rsatadiki, past narx xaridorni ko’proq xarid qilishiga turki bo’ladi va xaridorni avvalgidan ko’ra ko’proq sotib olishga rag’batlantiradi. Baland narx salbiy ta’sirga egadir. Almashish ta’siri shuni ko’rsatadiki, narxlar past bo’lganda, xaridorlar uncha qimmat bo’lmagan tovarlar o’rniga qimmatroqlarini sotib olishga rag’batlantiriladi.
2. Talabga ta’sir qiluvchi omillar
Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1) iste’molchining didi;
2) bozordagi iste’molchilar soni;
3) iste’molchining daromadlari;
4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
Iste`molchining daromadidan qat`iy nazar ma`lum bir turdagi Tovar va xizmatlarni sotib olishga nisbatan munosabatiga qarab, tovarlarni toifalarga bo`lish mumkin:

  1. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.

  2. Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.

Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernest Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Daromad, ming so`m

100
90


80
70
60
50
40
30
20
10

0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori,dona





Download 365.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling