6-mavzu. Talab, taklif, bozor muvozanati reja
Download 365.66 Kb.
|
1. 6-MAVZU. TAYANCH KONSPEKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
- 4. Taklifga ta’sir qiluvchi omillar
3. Taklif va taklif qonuni
Taklif ma’lum vaqt ichida muayyan narxlarda ishlsb chiqaruvchilarning ishlab chiqarishi va sotishlari mumkin bo’lgan tovarlarning turli xil miqdorini ko’rsatuvchi shkaladir. Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi. Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin (3-chizma). R,so`m S 700 600 500 400 300 S 200 100 0 10 20 30 40 50 60 Q, tonna 3-chizma. Taklif egri chizig‘i. Talab singari, taklifni ham grafikda aks ettirish qulaydir. 3-chizmada S egri chiziqi taklif egri chiziqi hisoblanib, keying narx-miqdor ma’lumotlari berilgan jadval bilan mos tushadi. Egri chiziqning ko’tarilib boruvchi xarakteri taklif qonunidir, uning narxlari oshib borishi bilan ishlab chiqaruvchilar ko’proq tovarlar ishlab chiqaradilar. Narx va miqdor orasidagi bog’liqlik to’g’ri yoki ijobiy bog’liqlikdir. 4. Taklifga ta’sir qiluvchi omillar Taklifning Ko’rsatkichlari Taklif egri chiziqini chizish orqali biz narxni biror tovarning taklif etilgan miqdoridagi eng muhim ta’sir etuvchi kuch ekanini ko’rishimiz mumkin. lekin bunga boshqa omillar ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Taklif chizig’i boshqa ko’rsatkichlar o’zgarmas deb qaralgan taqdirdagina tasvirlanadi. Agar ularning birortasi o’zgarsa, taklifdagi o’zgarish hodisasi yuzaga keladi, bu esa butun bir taklif chizigini o’zgarishiga ilib keladi. Taklif o’zgarishidagi asosiy ko’rsatkichlar resurslarning narxlari; ishlab chiqarish texnologiyasi; soliqlar va subsidiyalar; boshqa tovar narxlari; ishlab chiqaruvchining xohish-istagi, kutishi; bozordagi sotuvchilarning soni. Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. Download 365.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling