Tabiiy ofatlar deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi
Download 20.72 Kb.
|
Hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy ofatlar deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi.
- Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi.
Hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi, tabiatning xavfli holatlari, ofatlari, ishlab chiqarish korxonalaridagi avariyalar, og’ir oqibatlarni yuzaga keltiruvchi insonlar tomonidan ekologik holatlarning o’zgarishiga sababchi iqtisodiy faoliyatlari oqibatida, katta masshtabdagi harbiy nizolar, butun jahon jamiyatiga katta zarar yetkazadi. Tabiiy ofatlar deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi. U kutilmaganda ro’y berib moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi. Shu bilan birga odamlarning halok bo’lishiga olib keladi. Bunday holatlarda turli ko’rinishdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga keladi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga keltiruvchi sabablarni o’rganishda mavjud kriteriyalarga asoslanadi, ya’ni: avariya yoki tabiiy hodisalar yoki portlashlar, radioaktiv chiqindilar tashlash miqdori hisobga olinadi. Har qanday boshlang’ich holatda yuzaga kelgan texnogen yoki tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlar halokatlarini moddiy zararlarni odamlarni halok bo’lishlari va boshqa kelib chiqadigan holatlarini o’lchov birligi kriteriyasiga asoslanib oldindan tahlil qilinadi. Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi. Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi kelib chiqishiga, davom etishiga, keltiriladigan zararlarga, aholi joylashishiga qarab tuziladi. Favqulodda vaziyatlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. 1. Texnogen. 2. Tabiiy. 3. Ijtimoiy-biologik. 4. Ijtimoiy. 5. Iqtisodiy. 6. Harbiy tusdagilarga bo’linadi. Texnogen favqulodda vaziyatlar quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi: ob’ektlar konstruksiyalashda kamchiliklarga yo’l qo’yishdan, yaroqsizligi sababli, ishlovchi xodimlarni texnika xavfsizligiga sust tayyorlashdan. Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlar atrof muhitni zararlashi yoki zarar yetkazmasligi mumkin. Atrof-muhitga zarar keltiruvchi texnogen avariyalar ishlab chiqarish korxonalaridan radioaktiv, kimyoviy chiqindilar tashlashdan kelib chiqadi. Texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar yana atrof-muhitni elektromagnit zararlanishi kiradi. Atrof-muhitni zararlamaydigan texnogen favqulodda vaziyatlarga binolarni portlashi, yong’inlar, binolarni qulashi, kommunikatsiyalarini buzilishi vash u kabilar kiradi. Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling