Tabiiy ofatlar deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi
Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi sabablari
Download 20.72 Kb.
|
Hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer qimirlashi sodir bo’lganda favqulodda holat rejimida aholi va hududlarni himoya qilish bo’yicha tadbirlar o’tkazish.
Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi sabablari
Tabiiy ofatlar natijasida, ichki va tashqi tabiiy ofatlar sababidir. Yerning ichki jarayoni fizik va mexanik qatlamlar holatiga bog’liqdir. Magnit maydonda magmatik va tektonik faollik vulqon va yerning seysmik holati kuzatiladi. Bu sodir bo’ladigan jarayonlar o’z navbatida biomaydonda falokatlar yuzaga kelishini yuzaga chiqaradi. Geofizik harakatlar xavfi bilan bog’liq tabiiy hodisalarga - zilzila, vulqonlarning otilishi kiradi. Rossiya hududida 7 balli zilzilalar 7% ni, 8-9 balli 6%ni (Kamchatka, Saxalin va b.) 20 mln.dan ortiq Rossiya aholisi vayronagarchilik keltiruvchi zilzila bo’ladigan hududlarda yashaydilar. Deyarli yarim (50 yil) asr MDH hududida ko’plab yirik zilzilalar bo’lib o’tdi. 1948-yil Ashxobodda 110000 odam o’lgan; 1966-yil Toshkentda shahar butunlay vayron bo’lgan; 1988-yil Armanistonda 25000 dan ortiq aholi o’lgan, 55000 ziyodi jarohatlangan, 1995-yilda Saxalin viloyatida zilzilada 3000 ta aholidan 1841 kishi o’lgan. Rossiyada vulqonlarni yuzaga kelishi Kuril va Kamchatkada kam sonli hududlarda nazorat qilib turiladi. Geologik o’ta xavfli hodisalarga, sel, ko’chki va lavalar kiradi. Bu kabi tabiiy hodisalar Uralda, Sibir va kavkazda ko’proq kuzatiladi. Meteorologik va agromateorologik tabiiy hodisalarga shamol chiqaruvchi bo’ron, dovul ko’chki; kuchli yog’in 50 mm li namlik 12 soat va undan oz vaqtda; kuchli qorbo’ronlar, kuchli muzlamalar kiradi. Yer qimirlashi sodir bo’lganda favqulodda holat rejimida aholi va hududlarni himoya qilish bo’yicha tadbirlar o’tkazish. 1. Yer silkinishlari tugagandan so’ng fuqaro muhofazasi organlari tomonidan mavjud holat baholanadi, vayronalar hajmi va xarakteri aniqlandi, oqibatlarini bartaraf etish uchun takliflar tayyorlanadi. 2. Fuqaro muhofazasi boshlig’i yer qimirlashlarining oqibatlarini bartaraf etish uchun qaror qabul qiladi va favqulodda holatni e’lon qiladi. 3. Aholi vayronalar xarakter iva ularni bartaraf etish uchun choralar haqida xabardor qilinadi. Axborot radio va avtomashinalar yordamida grammafon orqali xabardor qilinadi. 4. Yer qimirlashi oqibatlari bartaraf etish o’sha zahoti barcha kuch va vositalari yordamida boshlanadi. Avariya-qidiruv ishlari tashkil etiladi, shuningdek yong’inni oldini olish, lokalizatsiyalash va ularni o’chirishga qaratilgan ishlar boshlanadi. Kuchli yer qimirlashlari paytida tabiiy ofat hududidagi fuqaro muhofazasi mavjud ma’muriy-hududiy bo’linishga muvofiq rayonlar bo’yicha tashkil etiladi, ularni boshqarish esa fuqaro muhofazasining operativ guruhlari yoki u tomonidan tayinlangan favqulodda vaziyatlar bartaraf etish boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Zarur paytda ular mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari mumkin, evakutsatsiya tadbirlarini o’tkazish, korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi holati, RF qonunlariga asosan favqulodda vaziyat hududida aloqa xizmatlaridan, transport va boshqa buyumlarni ishlatish tartibi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga shtatdan tashqari va jamiyat tuzilmalarini hamda ixtiyoriy ravishda aholini jalb etish. Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga ko`ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi. Avvalo, zilzila to’g’risida mukammal ma’lumotga ega bo’lish uchun o’tmishda va hozirda bo’layotgan zilzilalarning statistik ko’rsatkichlariga e’tibor bersak. Zilzilani qayd qilish bundan to’rt ming yil avval boshlangan bo’lib, shu vaqt mobaynida 671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. Shulardan 82 tasi XX asrga to’g’ri keladi. Zilzilalarning davriyligiga e’tibor beradigan bo’lsak bir yilda 8 balli (Rixter shkalasi bo’yicha) zilzila bitta; 7 dan 7,9 balli - 18 ta; 6 dan 6,9 balli - 120 ta bo’lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo’lgan zilzilalar ko’proq uchraydi, ya’ni 3-4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo’lishi aniqlangan. XX asrning oxirlaridagi yirik zilzilalardan Iroqdagi (1990-y.) - 50 ming kishi; Turkiyadagi (1999-y.) 45 mingdan ortiq odam shikastlanganligining o’zi tabiiy ofatlar ichida eng kam tarqalgan zilzila nechog`lik katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi. Tabiatda zilzilaning sodir bo`lish davriyligi bir necha o`n yillarni qamrab olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u sodir bo`lganda qisqa (10-15 sek) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. Shunga qaramasdan kishilar bunday xavf oldida esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartaraf qilishga, shikastlanganlarga yordam berishga oshiqadilar va xarobalar o’rnida yanada zamonaviyroq maskanlar barpo etadilar. Aksariyat hollarda zilzila bo’lib o’tgandan so’ng xavf to’g’risidagi tasavvurimiz keyingi zilzilagacha so’nib boradi. Ya’ni faqat zilzila sodir bo’lganidagina unga tayyorgarlik ko’rish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida o’ylab qolamiz. Vaholanki, O’zbekiston zamini yuqori seysmik faollashgan zonada bo’lganligini e’tiborga olgan holda zilzila to’g’risida aholiga yetarli ma’lumot berishning o’zi shu xavfning oldini olish borasida bajarilishi lozim bo’lgan tadbirlarga katta hissa qo’shishga olib keladi. Muammoning muhimligiga Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ham e’tibor berib shunday yozadilar: «O’zbekiston seysmik jihatdan faol zonada joylashgan bo’lib, tabiiy falokatlarning achchik oqibatlarini bir necha bor boshdan kechirgan. Shu sababli olib borilayotgan tadqiqotlarning yetakchi yo’nalishlaridan biri seysmologiya va inshootlarning zilzilaga bardoshligi bo’yicha nazariy va amaliy ishlar hisoblanadi. Shu maqsadda zilzilaning paydo bo’lishi, tarixi va xozirgi vaqtdagi geografik o’rni to’g’risida batafsil ma’lumot beramiz. Avvalo, zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda mukammal o’rganilgan bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob berolmayapti. Muammoning o’ziga xos ob’ektiv sir-sinoati va hali mavhum tomonlari mavjud. O’ylaymizki, bu savollarga XXI asrda albatta, javob topiladi. Ilmiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, seysmik faollik kuzatiladigan joylarda zilzilalar ma’lum qonuniyat asosida bo’lib, o’z davriyligiga ega ekanligiga amin bo’lamiz. Masalan, Vatanimiz hududida Burchmulla – 1959-yil, Toshkent -1966-yil 26-aprel, Gazli- 1976-yil, Nazarbek - 1986-yil, v.b. Ayniqsa, Toshkent zilzilasining daxshati hali ko’pchilik aholining yodidan ko’tarilgani yo’q. Bir necha daqiqada shaharni chang-tuzon bosib, ko’pgina xalq xo’jaligi ob’ektlari, turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. O’sha vaqtdagi aniq asboblar tabiiy ofatning kuchini Rixter shkalasi bo’yicha 8 ball, magnitudasi 5,3; zilzila uchog’i Yer yuzasidan 8000 metr chuqurlikda ekanligini ko’rsatdi. Toshkent zilzilasigacha va undan so’ng respublikamizning turli burchaklarida xar xil kuchga ega bo’lgan zilzilalar sodir bo’lgan va bo’lmoqda. Zilzilalarni o’rganishga, sir-sinoatlarini yechishga umrini baxshida qilgan olim, akademik B.Golitsin «Zilzilalar yer bag`rini bir lahza yorituvchi chiroqqa o`xshaydi», deb bejiz ta’kidlamagan. Shubhasiz, zilzilalar qanchalik daxshatli bo’lmasin ular zaminimizning ayrim jumboqlarini yechishga, ilm-fan ravnaqiga katta hissa qo’shadi. Binobarin, zilzilalarni xavfsiz hayot kechirishimizda, ulardan keladigan zararni kamaytirish bo’yicha doimo xushyorlikka chorlovchi tabiiy qo’ng’iroqlar deb qarash mumkin. Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling