O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNALOGIYA INSTUTI SHAHRISABZ FILIALI
TEXNIK MEXANIK FANIDAN
KURS ISHI
BAJARDI: S9-21 Tagmatov Sherbekjon
TEKSHIRDI:
QABUL QILDI:
SHAHRISABZ 2023
MUNDARIJA
1.Krish 2
2.Nazariy qism 4
2.1.Reduktorlar 8
2.2.Uzatmalar 11
3.Energomashina yuritmasini loyihalash. 14
3.1.Elektrodvigatel tanlash va yuritmaning kinematik xisobi 15
3.2.Reduktor tishli g’ildiraklarning xisobi. 16
3.4.Reduktor vallarning dastlabki hisobi. 20
3.5.Shesternya va tishli g’ildirakning konstruktiv o’lchamlari. 21
3.6.Reduktor korpusining konstruktiv o’lchamlari. 22
3.7.Reduktorning birinchi komponovkasi. 23
3.9.Reduktor chizmasi. 24
3.10.Reduktor uchun moy turini tanlash. 24
4.Xulosa 25
5.Foydalanilgan adabiyotlar 26
1.Krish
Texnika va texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojalanishi, kompyuterlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo’llanilishi texnika fanlariga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, davlat standartlariga to’liq mos keladigan bo’lishi shart. Yuqorida qo’yilgan talablarni texnik mexanika fanida o’rganiladi. Mehnat ta’limi yo’nalishida texnik mexanika fani tarkibi quyidagi bo’limlardan iborat: Nazariy mexanika – moddiy jismlarning bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri va mexanik harakatining umumiy qonunlari haqidagi bo’limdir. Nazariy mexanika fani, mexanik masalaning qanday nuqtai nazardan qo’yilishiga qarab, uch qismga: statika, kinematika va dinamikaga bo’linadi. Materiallar qarshiligi – mashina va inshoot qismlarining mustahkam, bikr va ustuvor bo’lishini hisoblashda zarur bo’lgan zo’riqish va deformatsiyalarni aniqlash metodlarini o’rgatuvchi bo’limdir. Mexanizm va mashinalar nazariyasi – mexanizmlarning tuzilishini (strukturasini) shuningdek, bu mexanizmlarning kinematik hamda dinamik xossalarini o’rganish bilan shug’ullanadigan bo’limdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |