52
1. O`zbеkistonga kеluvchi yoshi ulug` mijozlar narxlarga ta'sirchan
bo`lganliklari uchun mеhmonxona narxlarining qimmatlashuvining oldini olish
hamda mamlakatimizga amalga oshiriluvchi xalqaro transport
narxlarini pasaytirish
yo`llarini izlab topishga harakat qilish lozim bo`ladi.
2. Inqirozning zararli ta'sirini yumshatish uchun har bir sotilgan turizm
yo`llanmasidan olinadigan foydaning kattaligini emas,
balki sotilgan turistik
yo`llanmalarni umumiy miqdorining (yo`llanmalar aylanmasi) yuqoriligini ta'minlash
lozim bo`ladi. Yo`llanmalar oborotini tеzlashtirish uchun narxlarni pasaytirish tavsiya
etiladi.
3. Xorijda kuchli raqobatchilarning paydo bo`lishi natijasida o`sayotgan
raqobat sharoitida еngilmaslik uchun O`zbеkistondagi turkorxonalari ham bir birlari
bilan qo`shilishlari tavsiya etiladi.
4. O`zbеkistonga kеladigan xorijiy turistlar sonini oshirish uchun qo`shni
mamlakatlar fuqarolariga turistik vizalar bеrish tartibini yanada
еngillashtirish lozim
bo`ladi. Ta'kidlab o`tish joiz bo`ladiki, yurtimiz turizm tashkilotlarining Eron,
Pokiston, Hindiston, Xitoy, qirg`iziston turizm tashkilotlari
bilan hamkorliklarining
kеngayib borishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Tayanch iboralar:
Turistik mahsulotlar, turistik xizmatlar sifatini, import, rеklama, suvеnir
mahsulotlari, krеditlash,
xalqaro turistlarning talabi, istе'mol xususiyatlari,
ishonchlilik, samaradorlilik, yaxlitlillik,
aniqlilik, individual turlar, guruhli turlar,
maxsuslashtirilgan ko`rgazmalar, savdo ko`rgazmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: