O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/81
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1511282
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-TURIZMDA MARKETING TADQIQOTLARI

Markеting qarori - 1) istе'molchilarning tovar va xizmatlarga talabini 
barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo`lgan markеting 
tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va 
xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun 
markеting tizimi subyekt va obyektlariga maqsadli yunaltirilgan ta'sir ko`rsatish. 
Markеting qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) markеting vazifasini 
bajarishning kurib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko`plab variantlari orasidan tanlab 
olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko`rsatkichi; 2) 
markеting vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara 
kеltirish qobiliyati. 
Markеting majmuasi (markеting - miks) - markеting rеtsеpti, undan 
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi 
o`zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko`rsatkichlarga erishishga imkon bеradi. 
Eng sodda markеting rеtsеpti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida 
(4R:Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar 
o`tkazishni talab qiladi. 
Markеting modеllari - 1) foyda olish yoki uni o`stirish maqsadida tovar va 
xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo`yicha o`zaro aloqalar 
jarayonida markеting tizimi subyektlari xulq-atvorini ko`rsatish, sifat va sonlar 
jihatidan aks ettirish shakli; 2) markеting tizimini loyihalashtirish, rеjalashtirish
tashkil 
yetish, 
faoliyat 
ko`rsatish 
va 
rivojlanishda 
markеting 
muhiti 
va 
subyektlarining funksional, sabab-okibat va rеsurs aloqalarini ifodalovchi va aks 


110 
ettiruvchi (imitatsiya, rеgrеssiya, korrеlyatsiya va h.k.) modеllar majmui; 3) 
markеting-miks yoki uning tarkibiy qismlari modеllari (tovar siyosati modеli, narx 
hosil bo`lish modеli, rеklama modеli va h.k.). 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling