O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
O‗rinli harakat – xatti-harakat manerasi va hattoki aniq bir vaziyatdagi
kiyinishini muvofiqligini anglatadi. O‗rta maxsus, kasb – hunar ta‘limi. Umumiy o‗rta ta‘lim negizida o‗qish muddati 3 yil bo‗lgan majburiy o‗rta maxsus, kasb – hunar ta‘limi o‗zluksiz ta‘lim tizimidagi mustaqil turdir. O‗rta maxsus, kasb – hunar ta‘limi tizimi yo‗nalishi – akademik litsey yoki kasb – hunar kolleji o‗quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. O‗qitish - o‗quvchilarni bilim, ko‗nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ularning bilish faoliyati natijasida bu bilim, ko‗nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashqil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir. O‗qitish – insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‗rsatish uchun zarur bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalalar yig‗indisini o‗zlashtirishga qaratilgan ongi faoliyat ifodasidir. Uning natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta‘minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma‘lumotni olish imkoniga ega bo‗ladi. O‗qitishda deyarli hamma vaqt uning tarbiyaviy jihatlari 269 yaqqol bilinib turadi. Ta‘lim maqsad, mazmun, o‗qituvchining shaxsi, talabalardagi o‗qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo‗lishining eng muhim sharti uni bolaligidan o‗qitish va tarbiyalash, deb hisoblaydi. O‗qish - bilim, ko‗nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‗lib, o‗quvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch -g‗ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‗batlantiradi. O‗qish o‗z mazmun – mohiyati jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon va harakatlar bilan bog‗liq bo‗lib, ular yordamida talabalar ma‘lum bilimlarni o‗zlashtiradilar. O‗qish va uning samaradorligi talabaning har tomonlama faolligiga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi va bu jihatlar turli shakllarda namoyon bo‗ladi. Ular: mehnat faoliyati, jamoatchilik faoliyati, kitobxonligi, kasbiy o‗yinlarni yaxshi ko‗rishligi, o‗z kasbiga oid yangi bilimlarni egallashga o‗chligi va shu kabi shakllarda namoyon bo‗ladi. Demaq o‗qish – bu talabalarning voqelikni bilish davomida ma‘lum bilimlar, ko‗nikmalar va malakalarni rejali o‗zlashtirish jarayonidir. O‗qish jarayoni ma‘lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e‘tiqodi, hatti – harakati, umumiy kamolotiga, pirovardiga esa uning xulqiga ta‘sir etadigan bilimlar, ko‗nikmalar va malakalar majmuasining shakllanganligiga bog‗liq bo‗ladi. Pedagog talabalar ishining borishini ko‗zatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o‗zining ko‗rsatmalari, yo‗naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozolar bilan ularning o‗quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. SHunga ko‗ra ta‘lim birinchidan, o‗qishni, ikkinchidan, o‗qitishni, ya‘ni o‗qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‗z ichiga oladi. O‗qitish - qo‗yilgan maqsadga erishishga yo‗naltirilgan pedagog bilan o‗quvchilarning tartiblangan o‗zaro harakati. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling