O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
KIRISH
Taraqqiyot qanchalik tezkor bo‗lmasin, hozirda muloyim tabassum, iliq qo‗l olishish, chin yurakdan olib borilgan suhbatning ilgaridan ham ko‗proq qadri oshmoqda. Madaniy muomala - bu oila baxti, hayot go‗zalligi va ilhombaxsh mehnat garovidir. Aytilishicha, «qilish oson bo‗lgan, lekin yuqori baholanadigan narsa - muloyim iliq muomaladir». Muloyim iliq so‗z kishiga najot, tetiklik bersa, qo‗pol so‗z esa kishini izdan chiqaradi. Bekorga xalqimiz «YAxshi so‗z bilan ilon inidan, yomon so‗z bilan musulmon dinidan chiqadi», demagan. Ta‘lim-tarbiyada mayda-chuyda narsa bo‗lishi mumkin emas. qariyalarga, ayollarga behurmatlik jamoat joylarida qilingan qo‗polliklarga befarq qarab bo‗lmaydi. Albatta, muloyim muomala, sof qalb, chiroyli xulq-atvorni o‗rganib bo‗lmaydi. Ichki madaniyatni rivojlantirish yuksak insoniy sifatlarni shakllantiruvchi tarbiyaviy ishlar majmuasidan o‗rin olishi kerak Insonning xulq-atvori uning ko‗zgusi, - deyiladi. SHunday ekan, kishining har bir ishida qalbining go‗zalligi, sof tuyg‗ulari, yuksak g‗oyasi va madaniyati ko‗rinib turishi lozim. V.Solouxin o‗zining «SHartlilik haqida shartlashib olaylik» maqolasida shunday yozadi: «Mening ham boshqalar singari yaxshi o‗qituvchilarim bo‗lgan. Ular menga geografiya, fizikadan hamda Turgenev o‗z davri dvoryan tuzumini fosh qilganligidan ilm berishgan. Lekin hech kim, hech qachon jamiyatda o‗zimni qanday tutishim kerakligini o‗rgatgan emas. Zinadan ko‗tarilayotganda yoki tushayotganda sakrab yurish xunukligi, ayol kishi bilan suhbat chog‗ida qo‗lni cho‗ntakda ushlash yaxshi emasligini o‗rgatmagan. SHuningdek, har bir soha kasb egasi professional etiketga ega bo‗lishi zarur. Xorijiy mutaxassislarimiz qachonki kasb sanaladi, quyidagi qoidalarga amal qilsa, deya izoh berishadi 1 : 1. Sohasi va yo‗nalishi, ya‘ni mutaxassisligi bo‗yicha yig‗ilgan shaxslar (masalan, kutubxonachilar, shifokorlar, axborot texnologiyalari sohasi vaqillari va boshqalar). 1 http://ethics.iit.edu/teaching/professional-ethics. 8 2. Kasbiy sohaga yo‗naltirilgan alohida maxsus stardart asosida ish olib boradiganlar. Madaniyatli o‗lish har birimiz uchun zarurdir. Misol keltiraylik: keksa, ajoyib madaniyatli ayol bilan kechqurun ko‗chada uning ukasini kutayotgan vaqt... Anvarjon «Kelayotgan ukangiz emasmi? - deb so‗raganida, ayol - yo‗q, mening ukam qo‗llarini cho‗ntagiga solib yurishi mumkin emas», - degan. O‗qituvchilarimdan hech kim, - deb eslaydi Solouxin, - ayol bilan uchrashganda birinchi bo‗lib qo‗l berish mumkin emasligi, agar ayol lozim ko‗rib qo‗lini o‗zatsagina, qo‗l o‗zatish kerakligini aytgan emas». Kechki ovqatga taklif etilgan ajoyib yigit dasturxon atrofida tarog‗ini olib sochini taray boshlaydi. SHu bois uni boshqa mehmonga taklif etmay qo‗yadilar. Erkaklardan boshqa biri shunday vaziyatda, ayollardan oldinroq dasturxon atrofiga o‗tirib olgan. Xullas, jamiyatda o‗zini qanday tutish kerakligiga o‗rgatilmaganligimizga yuzlab misollar mavjud. Aytilganlar tarbiyaning tashqi belgilaridir. Tarbiya to‗g‗risida so‗z ketganda nutq, uning sofligi va go‗zalligi to‗g‗risida ham aytish lozim. Suhbatdoshingizni oxirigacha, so‗zini bo‗lmay, har tomonga qaramay, boshqalarni chalg‗itmay eshitish ham madaniyat belgisidir. Har bir inson odamlar orasida o‗sadi, ulg‗ayadi, hayot kechiradi, o‗zining butun hayoti va faoliyati davomida har xil toifadagi ko‗plab insonlar bilan muloqatda bo‗ladi. U insonning o‗z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi. Axloq - inson va jamiyat o‗rtasidagi ob‘ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat normalarning majmuidir. ―Axloq normalari iborasi odatda oldindan so‗z, yaxshi yoki yomon, ijtimoiy jihatdan ko‗rsatilgan xulq-atvor, har bir madaniyat uchun turli xulq-atvorlar yig‗indisini tashqil etadi‖ 2 . 2 Richerson and Boyd, "The Evolution of Human Ultra Sociality", In press: I. Eibl-Eibisfeldt and F. Salter, eds. Ideology, Warfare, and Indoctrinability, 1997. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling