11
O‗quv fanining asosiy vazifasi uning predmeti bilan bevosita bog‗liq
bo‗ladi. SHu sababli ham «Professional etika va etiket»ning asosiy vazifasi kasbiy
guruh a‘zolarining ko‗chada, jamoat joylarida, oilasida va bir-birlari bilan
muomala qilish qoidalari, o‗z kasbini bajarish uchun munosabat va hatti–harakat
qilish qoidalari bo‗yicha nazariy bilimlarga va amaliy ko‗nikmalarga ega bo‗lgan
xizmat ko‗rsatish sohasida mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Etiketni bir joyda qotib qolgan deb tushunish kerak emas: etiket madaniyati
jamiyat bilan birga rivojlanib boradi. Hozirgi zamon jamiyatida etiket ijtimoiy
xayotning borishi va demokratik jarayonlarni aks ettiradi, yanada erkin va tabiiy
bo‗lib boradi. Hozirgi vaqtda etiket barcha insonlarga nisbatan e‘tiborli va
hamjihat bo‗lish ma‘nosiga ega bo‗lib bormoqda. Xizmat ko‗rsatish xodimlari kasb
axloqining qonuniylik prinsipi qonunlarda, farmonlarda, buyruqlarda ko‗rsatilgan
va belgilab qo‗yilgan huquq normalarining talablarini og‗ishmay amalga oshirish,
mavjud qonunlarga qat‘iy bo‗ysungan holda o‗ziga yuklatilgan xizmat vazifasini
insonparvarlikka, adolatga, qonuniylikka asoslangan holda bajarishi lozimdir
3
.
Inson jamiyat hayotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida faoliyat yuritadi, ana
shu jarayon davomida turli xil kishilar, guruhlar bilan aloqada bo‗ladi. Har qanday
aloqadorlik odamlarga qandaydir majburiyat yuklaydi. Ana shu majburiyatni
bajarish burchni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: