O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Tayanch iboralar:
Fan guruhlari; dinshunoslik; ruhshunoslik; falsafa; sotsiologiya; madaniyatshunoslik; iqtisodiy geografiya va ekologiya; sayyohlarga xizmat ko‗rsatishni tashqil etish. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Profetika fanini o‗rganishdan maqsad nima? 2. Profetika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 3. Profetika fani boshqa ijtimoiy fanlardan qaysilari bilan chambarchas bog‗liq? 2-mavzu. Etiket va kasbiy etiketning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari Etiketning kelib chiqishi, maqsadi va zamonaviy ahamiyati Etiket axloqiy madaniyatning yaqqol ko‗zga tashlanadigan munosabatlar ko‗rinishlaridan biri sifatida ko‗proq insonning tashqi madaniyatini, o‗zaro munosabatlardagi o‗zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishi boshqaradi. Aslida etiket tushunchasining kelib chiqishi eramizdan avvalgi 2,5 - 3 ming yillikda Qadimgi Misrda paydo bo‗lgan. Etiket atamasi esa XVII asrning oxirida vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta‘b, rasm-rusm hamda 16 odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq, qabilalarda mavjud bo‗lganligini asoslaydi. Bunday qoidalarni to‗liq bajarmaslik o‗zi yashayotgan jamoat yoki qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‗lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarni ham qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a‘zosi unga so‗zsiz bo‗ysunar edi. SHu tariqa etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‗lmagan, asosan jamoatning ijtimoiy muammollariga bog‗liq holda tatbiq etilgan. YA‘ni bu qoidalar tabiiy jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi. Keyinchalik esa bu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy me‘yorlar darajasida ko‗rila boshlandi. Qadimgi SHarqda, jumladan, Somir alqovlarida inson hatti harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarida – giltaxtalarda o‗z aksini topgan. Kadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‗lgan. Bunday qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‗g‗rilgan. Ularni bajarmaslik Xudoning qahri bilan qaytarilishi ta‘kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi ―Edda‖ eposida nafaqat dasturxon atrofida o‗tirish qoidalari, balki hatto mezbon sharafiga tilak aytish me‘yorlarini o‗zida mujassam etganini asoslaydi. Bu kabi xatti-harakatlar me‘yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‗nalishini belgilab berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. U butun bir jamiyat bilan birga o‗zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini ham belgilar edi. Profesional etika beshta tamoyilga asoslanadi 6 : 1. YAxlitliliq Siz barcha sohaning ishchan munosabatlarida sodiqlik va to‗g‗rilik xususiyatiga ega bo‗lishingiz kerak 2. Ob‘ektivliq Ish jarayonida boshqalarga kasbiy va xizmat yuzasidan ob‘ektiv bo‗lish, hamkasblaringizning ishiga tahdidlar bo‗lishi kerak emas. 3. Kasbiy kompetentlik va ish haqida qayg‗urish. 6 http://www.ethicsboard.org/iesba-code. 17 4. Konfedetsiallik, ya‘ni o‗z kasbiy sohangizdagi ma‘lumotlardan o‗z manfaatlaringiz uchun foydalanish tavsiya etilmaydi. 5. Kasbiy xul-atvor. Har qanday sohada o‗z kasbingizga sodiq bo‗lish darkor. Etiketning qoidalari – odobga, odob – hushxulqqa, xushhulq - axloqiylikka olab boradi. Binobarin, axloq – jamiyat, zamon, ba‘zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‗la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‗indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma‘naviy hodisa sifatida nafaqat shaxsni, balki butun bir jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois etiketni bugungi kunga kelib texnika asri kishisining zamon talablariga javob beradigan madaniy maishiy turmush tarzini go‗zallashtirishga, o‗zaro munosabatlar tizimini madaniylashtirishga xizmat qiluvchi fanning yangi tarmog‗i deyish mumkin. Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 yilda Kadimgi Misr fir‘avni hamda xett qiroli Xattush III bilan kumushga bitilgan yozma kelishuv asos bo‗la oladi. Garchi Misr bunda mag‗lubiyatga uchragan bo‗lsada, qirol uchun Misr kabi davlat bilan hamkorlik qo‗l kelar edi. SHu tarzda kelishuvning imzolanishi diplomatik etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha avvalroq paydo bo‗ldi, desaq adashmagan bo‗lamiz. Zotan, davlatlararo munosabatlardagi qabullar qadimgi Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero, bunday qabullar juda katta dabdaba va va haddan ziyod qoidalar va rusmlar bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi 7. Qadimgi YUnonistonda esa elchilar maxsus ―Germes nishonlari‖ deb nomlangan vaqillik nishonlarini o‗zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro etiketning bilimdonlari sifatida, ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonun- qoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi Rimda esa siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‗lgan. Misol uchun, elchilar qabulining avvali ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifni tugallanishida esa ikkitomonlama sovg‗a hadya qilish bilan yakunlangan. 7 Викторук Е.Н. Этика: лекции и материалы к семинарским занятиям. Красноярск: Сиб ГТУ, 2001, стр. 123. 18 SHu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‗lgan insonlarni farqlay bilish uchun alohida odamlarni o‗zini a‘lo jamoatda tutishning tartib qoidalari paydo bo‗ldi. 1207 yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi muallifligida ilk bor ―O‗zini tutish qoidalari‖ deb nomlangan kitob paydo bo‗ldi. Albatta, bu izlanishlar qadimgi Turon hamda Eronzaminda bunday yodgorliklar bo‗lmagan, degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‗rni beqiyos. Ammo shuni aniqlash zarurki, milliy o‗zligimizni anglash bilan bog‗liq bu ilmiy atamalar juda ko‗p chalkashtirilib tushunilishi yoki targ‗ib qilinishi natijasida ko‗pgina noaniqliklarni vujudga keltiradi. Aytayliq axloq bilan xulq va odobni, odob bilan etiketni bir ma‘noda tushunish xollari uchraydi. Aslida bu tushunchalar bir-biridan ham nazariy, ham amaliy, ham qo‗llanish jihatidan farqlanadi. Etiketga keladigan bo‗lsaq odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun hisoblangan. Zero, odob rasm-rusmlar – asosan tashqi ta‘sirga emas, balki ichki jihatlarga – insoniylikni, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. YA‘ni etiket ―muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‗rinishda‖ shiori ostida o‗zini yo‗qotib qo‗ymasliq aslzodalikning mavjudligini ko‗rsatishga intilish va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‗liq bo‗lgan. Odob insonlararo munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash orqali takomillashadigan tashqi va ichki go‗zallik uyg‗unligi sifatida namoyon bo‗ladi 8. SHu ma‘noda, ―Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‗otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‗lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‗z ichiga oladi‖ Bundan tashqari, odob insonlarni ranjitmasliq Jan Pol Sartr aytganideq erkin jamiyatda erkin bo‗lish, ya‘ni boshqalarni erkini ta‘minlashga, odamlarni axloqiylikka, ular orasida munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu atamalarning ilmiy asosiga murojaat qilsaq ularning mazmun-mohiyati yanada aniqroq namoyon bo‗ladi. SHu ma‘noda etiket birinchidan, inson va jamiyat Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling