O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
o„rtasida munosabatlarning qaysi axloqiy mezonlarga asoslanishini belgilasa
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
o„rtasida munosabatlarning qaysi axloqiy mezonlarga asoslanishini belgilasa,
8 Гуревич, Павел Семенович. Этика: учебник для студентов вузов / П.С. Гуревич. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2012. – 416 с. (Гриф). - Электронная библиотека – Book.ru 19 ikkinchidan, siyosat va ijtimoiy voqelikni bir–biri bilan “murosayu – madora” qilishga chaqiruvchi tarbiya vositasi sifatida namoyon bo„ladi. Garchi bu ikki soha insoniy munosabatlarini go‗zallashtirishga qaratilgan bo‗lsa-da, ularning rivojlanishi individual harakterga ega. CHunonchi, insonlararo munosabatlarda SHarq e‘tiborni odob va axloqqa qaratib, uni pandnomalar orqali rivojlantirgan bo‗lsa, G‗arbda esa etiket qoidalari diplomat munosabatlardagi hatti- harakatlarga asoslanadi. Bu borada 1716 yilda Hamburgda nashr etilgan Montesning ―YUqori tabaqali insonlar va ayollar bilan qanday mulozamat qilish hamda ayollarning bizga nisbatan o‗zini qanday tutishi haqidagi kitob‖ deb nomlangan kitob misol bo‗ladi. Unda turli tantanali qabullarning etiket bilan bog‗liq barcha murakkabliklari tasnif qilingan. O‗rta asrlarga kelib etiket koidalari cherkov talablari asosida belgilandi. Ruhoniylarning inson munosabatlarini boshqarishga bo‗lgan intilishi boshqa sohalar kabi etiket qoidalari asosida munosabatlar tizimida turg‗unlikni paydo qildi. Ammo yangi davrga kelib G‗arbda etiket rivojlana boshladi. YUqori tabaqali kishilarning moliyaviy imkoniyatlarini yo‗naltirish, ularning jamoatda o‗z o‗rniga ega bo‗lishiga doir etiketning qoidalari takomillashdi. Yigitlarning uylanishi va qizlarnnig turmushga chiqishi yoki moddiy imkoniyatlari kam yigitning o‗z mavqeini tiklab olish uchun etiket juda katta ahamiyat kasb eta boshladi, xatto dasturxon atrofida o‗zini tutish etiketi siyosiy darajaga ham etdi. Biroq, bu kabi munosabatlarda me‘yorning bo‗zilishi G‗arb ziyolilarini g‗ashini keltira boshladi. SHarqda esa bu masalalarning barchasi axloqiy mezonlar asosida rivojlantirildi. Misol uchun musulmon SHarqida taom tanovul qilish paytiga kelib qolgan mehmon mezbonni rad etishi, Alloh bergan rizqdan voz kechish, o‗zini Xudodan ustun deb hisoblash deb tushunilar edi. YA‘ni taom tanovul qilish ham ma‘lum ma‘noda o‗ziga xos ibodat hisoblandi. CHunki inson kim ekanligini, hayotning mayda-chuyda tashvishlarini, muhimi asosiy maqsad – o‗z-o‗zini anglashni unutib qo‗ymasliq tanovul paytida unga rizq bergan Zotning erdagi ajoyibotlari, borliq borasidagi mushohadaga chorlashi lozim edi. G‗arbda esa, taomga taklif qilingan mehmon taklifni qabul qilishdan avval bashang va yuksak 20 did bilan kiyingan bo‗lishi shart edi. Agar mehmon taklifni qabul qilsayu, yuqoridagi qoidani unutsa, bu xolat mezbonga nisbatan haqorat tarzida qabul qilinishi mumkin edi. YA‘ni, kiborli jamiyatga ―arziydigan‖ inson bo‗lishdan ―toyilish‖ shu jamiyatga qarshi borish bilan barobar bo‗lgan. SHuning uchun etiket qoidalarini buzuvchi mayda-chuyda jihatlar, arzimagan xatolar kechirilmas va kelajakka qattiq ta‘sir qilar edi. Bu esa Evropaning yuksak darajadagi kiborli jamiyatida yashab ketish oson emasligini va faqatgina a‘lo insonlargina bu borada ijobiy natijalarga erishadilar, degan ma‘noni anglatar edi. Bunday talablar keyinchalik bir qator olimlarni yillar davomida etiketga qarshi borish va uni deyarli yo‗qqa chiqarishga intilishiga sabab bo‗ladi. Zero, o‗rta asrlarda cherkov aqidalari paydo qilgan turg‗unlik bu paytga kelib sekin-asta o‗z ta‘sirini yo‗qota boshlagan, ijtimoiy munosabatlar tizimida SHarqning axloqiy qadriyatlariga asoslana boshlagan edi. SHuning uchun axloqiy tarbiya masalasini etiket qoidalaridan yuqori turishini nazariy jihatdan asoslashga harakat qilindi. Masalan, ruhiy tahlil falsafasi bu borada o‗ziga xos yondoshuvni vujudga keltirdi. Bu borada Sigzmund SHloma Freyd ta‘limotiga ko‗ra, bolalik davrini boshidan o‗tkazgan inson o‗zi yashab turgan jamiyatning axloqiy hamda estetik mezonlari bilan hisoblashishga majburdir. Mayllarning o‗ziga xos kompensatsiyasi esa bolalikdan odamlarda xayol o‗yiniga berilishni kuchaytiradi, keyinchalik ular xayolotga, kuchli ishtiyoqqa aylanadi. Bu masalalarni Freyd «SHoir va xayolot» va «Ruhiy tahlilga kirish. Ma‘ruzalar» degan asarlarida izohlab beradi. Uning nazdida xayolot manbai onglanmaganlikda mavjud, onglanmaganlik – inson ruhi quvvatining makoni. Inson bolalikdanoq tashqi olam cheklovlari hamda jamiyat ta‘qiqlari bilan hisoblashishga majbur bo‗lar ekan, uning istaklari tufayli vujudga kelgan o‗zaro ziddiyatlardan qutulish yo‗li bu – xayolot va uning asosida vujudga keluvchi san‘at. Xayolotning paydo bo‗lishi nevroz va psixoz atalmish ruhiy kasallikka sharoit yaratadi, Zero, u keyinchalik turli ruhiy kasalliklarga olib boruvchi onglanmaganlikni ongga kuchli ravishda yopirilishdan saqlaydi. Jamiyat inkor qiluvchi istak-mayllarning shaxs «men»idan siqib chiqarilishi albatta, uning ruhiyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu esa inson ixtiyor erkinligi, 21 uning tanlovini hurmat qilishga, erkinlikni vasf qilishga olib keldi hamda etiket avvalgidek nufo‗zdagi hayot-mamot darajasidagi amal emas, balki jamiyatda shunchaki xulq-atvorni to‗g‗ri yo‗lga solishga intiladigan soha darajasiga tushdi. Etiketning mohiyatini tushuntirar ekan, faylasuf Abdulla SHer ―Etiket – takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‗zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo‗qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‗ladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o‗z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‗rayotgan bo‗lishi ham mumkin‖, degan fikrni bildiradi. Axloq-odob qoidalar majmuiga, pandnomalarga ega bo‗lgan SHarq kishisida ―bizga etiketni o‗rganishning nima zaruriyati bor‖, degan savol tug‗ilishi tabiiy. Bu borada etiketni fan sifatida o‗rganish, qolaversa, ijtimoiy-maishiy turmush tarzi sog‗lomlashtirishga yo‗naltirilgan metodologiq axloqiy, iqtisodiy asoslar mavjud. SHuningdeq etiketning muhim ahamiyati shundaki, diplomatiq biznesmen, rasmiy qabullar va tashriflar kabi zamonaviy etiketlardan tashqari, milliy etiket ko‗rinishlari ham mavjud. Ular milliy qadriyatlarni saqlab qolish, ularga nisbatan hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‗lishga chorlaydi. Bu o‗ziga xos axloqiy- estetik xususiyat kasb etadi. YA‘ni, unda odob bilan go‗zallikning uyg‗unligini ko‗rishimiz mumkin, qat‘iy odob qonun-qoidalari chiroyli xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Avvalo etiket mumtoz etika fanining axloqiy madaniyat ruknidagi sohasi sifatida o‗tib kelinadi. Ammo axloqiy tafakkur rivoji axloqiy muammolarning zamonaviy masalarini tadqiq qilishi natijasida kengaya boshladi. Bu holat natijasida etiketni etika fanining alohida qismi tadqiq etishni taqozo qilmoqda. Qolaversa, o‗tgan asrning oxiriga kelib dunyo ijtimoiy-ma‘naviy manzarasining o‗zgarishi va axloqiy qadriyatlarga munosabatdagi ―zamonaviylik‖ ba‘zi axloqiy qadriyatlarni noto‗g‗ri tushunilishi yoki ularga mensimaslik bilan munosabatda bo‗lish kabi salbiy holatlarni vujudga keltirmoqda. Ayniqsa, insonlararo muomala va muloqotdagi qo‗pollikni – to‗g‗riliq kibr va riyoni – qadr-qimmat, odobsizlikni – erkinliq nomardliq hiyla va haromni – uddaburonliq kattalarga nisbatan 22 hurmatsizlikni – mustaqil fikrga egaliq madaniyatsizlikni – dangallik deya qabul qilish achinarli holdir. Bundan tashqari, yuqoridagi salbiy holatlar har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish, iqtisodiy jihatdan barqarorlikka ega bo‗lish, axloqiy munosabatlarni tartibga solish, o‗z sohasining ustasi sifatida jahon mutaxassislari bilan bemalol raqobatlasha oladigan kadr bo‗lib etishish yo‗lida olib boriladigan ishlarga ham monelik qiladi. SHuni ta‘kidlash zarurki, axloqiy tafakkur etiketni o‗z-o‗zicha axloqiy anglashning muhim xususiyatlariga hamda axloqiy tamoyillar, me‘yorlar, tushunchalarsiz qabul qilib uni ijtimoiy hayotga to‗g‗ridan-to‗g‗ri qo‗llash bilan kutilgan natijani bermaydi 9 . CHunki hozirgi zamon etiket mezonlari, qoidalari va talablari barcha ijtimoiy hayot sohalarni qamrab olmoqda. Bugungi etiket inson axloqiy munosabatlarini himoyalaydi. Biroq, etiketning axloqiy talabi hisoblangan nazokat, takalluf, iltifotda samimiyliq ya‘ni botiniy axloqning bo‗lmasligi yoki sustligi amalga oshirilgan harakatlarni oqlamaydi. SHu ma‘noda, bu yo‗lda yuksak axloqiy bilim va dunyoqarashga ega bo‗lmay turib, kutilgan natijaga erishish qiyin. Zero, ulug‗lar aytganideq ―Vaqtiki ma‘lum bo‗ldi, har kishiga ul ilmni bilmak vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo‗lg‗ay. Bas, bilgilki, omi(lar) hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xohish qilsalar, ul amal ilmini bilmagay. . . ‖ Xorijiy manbalarga murojaat qilsak, masalan, A.T.Kronman fikricha 10 , har qanday yuridik soha mutaxassisi o‗z ishiga pishiq, insonlarning manfaatlaridan kelib chiqib, ularga qo‗lidan kelganicha yordam berishi zarur. Agar huquqshunos o‗z ishini munosib egasi bo‗lmasa, qonunlarni yaxshi bilmasa, albatta soha mutaxassisi bo‗la olmaydi, o‗z kasbini yo‗qotadi. O‗z kasbini yo‗qotgan huquqshunos jamiyatda o‗z o‗rniga ega shaxs deb hisoblamayman. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling