O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
O‗quv fanining mutaxassislar tayorlashdagi o‗rni va ta‘lim
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
2. O‗quv fanining mutaxassislar tayorlashdagi o‗rni va ta‘lim
yo‗nalishidagi boshqa fanlari bilan bog‗liqligi Bo‗lajak mutaxassislarning ijtimoiy va siyosiy dunyoqarashlarini, ma‘naviy qiyofasini, hamda mutaxassisligi bo‗yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatish uchun zarur bo‗lgan nazariy bilimlarini va amaliy ko‗nikmalarini shakllantirish uchun bakalavriat davrida talabalar mutaxassis fan materiallarini o‗zlashtirishlari kerak O‗quv rejalarida fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy ilmiy, umumkasbiy hamda maxsus fanlar guruhlariga bo‗linib ko‗rsatiladi. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar guruhi bo‗lajak mutaxassislarning ijtimoiy- siyosiy dunyoqarashlarini hamda ma‘naviy qiyofasini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Matematika va tabiiy ilmiy fanlar guruhi yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Umumkasbiy hamda maxsus fanlar 13 guruhlari yoshlarda mutaxassisligi bo‗yicha zaruriy nazariy bilimlar va amaliy ko‗nikmalar majmuini shakllantiradi. Xorijiy manbalarga asosan, kasb egalari quyidagilarni bilishi lozim hisolangan 5 : 1. Har qanday kasb egasi qasamyodini buzmasligi va unga amal qilishi va kasbiy mohir ustasi o‗lishi zarur. 2. XVI asrda: har bir soha mutaxassisi o‗z sohasi bilan bir qatorda uchta kasbga - diniy, tibbiyot va qonunlarni bilishi lozim bo‗lgan. 3. XIX asrda: yangi kasblar paydo bo‗lgan va eski kasb mutaxassislariga kattaroq hurmat qilishgan. Professional etika va etiket fani umumkasbiy fanlar guruhiga kiritilgan. Bu fan bo‗lajakda har tomonlama etuk mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu fan materiallari bo‗yicha bo‗lajak mutaxassislar muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatish uchun zaruriy umumiy va kasbiy axloqiy qoidalarni va me‘yorlarni o‗rganadilar. Ushbu fanning mutaxassislar tayyorlashdagi o‗rni ana shundan iborat. Tabiatda bironta voqea o‗z-o‗zidan sodir va bironta narsa o‗zicha paydo bo‗lmaydi. Voqealarning sodir va narsalarning paydo bo‗lishi bir-birlari bilan bog‗liq bo‗ladi. Fanlar ham o‗z-o‗zidan vujudga kelmaydi. Bir fan boshqa fandan ajralib chiqishi yoki bir nechta fanlar o‗rtasida paydo bo‗lishi mumkin. SHuning uchun kasbiy etika va etiket o‗quv fani o‗quv rejasining boshqa fanlaridan ajratilgan holda o‗qitiladi deyish xato bo‗ladi, chunki u dinshunosliq falsafa, ruhshunoslik (psixologiya), sotsiologiya, madaniyatshunosliq iqtisodiy geografiya va ekologiya, sayyohlarga xizmat ko‗rsatish hamda servis xizmatlarini tashqil etish kabi fanlar bilan o‗zaro bog‗liq. Ushbu qo‗llanmada kasbiy etika va etiket fanining dinshunosliq psixologiya, falsafa, madaniyatshunosliq iqtisodiy geografiya va ekologiya hamda sayyohlarga xizmat ko‗rsatishni tashqil etish fanlar bilan asasiy bog‗liqlik joylari ko‗rib chiqiladi. Etikaning shakllanishida va rivojlanishida dinning ahamiyati juda ham katta. Masalan, Islom dinida va uning muqaddas kitobi bo‗lgan Qur‘oni Karimda axloqiy 5 http://ethics.iit.edu/teaching/professional-ethics. 14 qoidalarga alohida e‘tibor berilgan va uning eng muhim tushunchalari ta‘riflangan va insoniyatni ularga amal qilishga undalgan. Bu axloqiy qoidalar quyidagilardan iborat: yaxshilik qilish, kechirimli bo‗lish, sabr-qanoatli bo‗lish, aldamasliq shirinsuxanliq ota-onani, o‗zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomusli, sadoqatli bo‗lish va boshqalar. Boshqa dinlar ham jamiyatning ahloqiy qoidalarining shakllanishida va rivojlanishida katta rol o‗ynagan. Lekin hamma dinlarda ham ahloqiy qoidalar bir xil deb bo‗lmaydi. Ayrim hollarda ular bir- birlariga zid ham bo‗lishlari mumkin. Etika va etiket falsafa fani bilan ham bevosita bog‗liq bo‗lib, ular bir xil masala, ya‘ni axloq bilan shug‗ullanadi. Agar falsafa axloqning kelib chiqish tarixini va uning rivojlanish qonuniyatlarini o‗rgansa, etika va etiket esa uning amaliy tomonlarini o‗rganadi. SHunday qilib, falsafa axloqning nazariy masalalari bilan shug‗ullanadi, etika va etiket esa jamiyatda qo‗llaniladigan axloqiy qoida va me‘yorlarni o‗rganadi. Psixologiya va etika va etiket fanlari o‗rtasida ham ma‘lum bog‗liqliq mavjud. Agar ruhshunoslik fanining mehnat psixologiyasi bo‗limi mehnat turiga xos xossalarning odamga ruhiy ta‘sirini o‗rgansa, etika va etiket fani esa turli kasb egalarining qanday axloqiy qoidalarga rioya qilish kerakligini o‗rganadi. Etika va etiket iqtisodiy geografiya va ekologiya fanining ekologiya qismiga aloqador. Ekologiya va etikaning bir–birlari bilan chambarchas bog‗liqligi, ayniqsa oxirgi yillarda, tasdiqlanmoqda. Ma‘lumki, jamiyat a‘zolarining tabiat qonunlariga rioya qilmasligi va undan yovo‗zlarcha foydalanishlari natijasida oxirgi yillarda ekologik fojiali holatlar vujudga kelmoqda. Ulardan biri dunyoda o‗rtacha yillik haroratning oshib borishi va uning natijasida mo‗zliklarning erishi, yoki ba‘zi bir mintaqalarda, masalan Orol dengizi ko‗rfazida kurg‗oqchilikning yuzaga kelishi va boshqalar. Kelib chiqishi mumkin bo‗lgan fojialarning oldini olish va tabiatdan oqilona foydalanish uning qoida va me‘yorlarini amalga zudlik bilan tadbiq etishni talab qilinadi. Ma‘lumki, amaliy me‘yor va qoidalarni ishlab chiqish etika va etiket fanining asosiy masalalaridan hisoblanadi. 15 Madaniyatshunoslik va etika fanlarining o‗rtasida ham o‗zviy bog‗lik mavjud, chunki etika fani odamlarga va kasb guruhlariga axloqiy qonun va qoidalarni o‗rgatish orqali ularning va jamiyatning umumiy madaniyatini oshirishga yordam beradi. Etika fani maxsus fanlar, chunonchi «Sayyohlarga xizmat ko‗rsatishni tashqil etish» fani bilan ham bevosita aloqador. Uning boisi shundan iboratki, sayyohlarga va aholigi xazmat ko‗rsatishda ovqatlanish korxonalari xodimlari etika qoidalariga qat‘iy rioya qilishlari shart. SHundagina mehmonlar kayfiyati bo‗zilmaydi va iste‘mol qilingan taom yaxshi hazm bo‗ladi Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling