O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/284
Sana30.11.2021
Hajmi1,9 Mb.
#177986
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   284
Bog'liq
professional etika va etiket

2. Vijdon 
Vijdon  ham  odamlarga  va  kasb  egalariga  mansub  axloqiy  tushuncha  bo‗lib, 
yaxshilik  nimayu,  yomonlik  nimaligiga  javob  beradigan  ichki  ishonch,o‗z  hatti  - 
harakatlari  uchun axloqiy  mas‘uliyatni anglash  –sezish. Vijdon shaxsning axloqiy 
jihatdan  o‗z  –o‗zini  nazorat  qilaolish,  o‗zida  axloqiy  burchni  mustaqil 
shakllantirish  hamda  o‗zidan  uni  ado  etishni  talab  qilish  va  o‗z  hatti-  harakatiga 
hamda  yurish-  turishlariga  baho  berish  qobiliyatini  ifodalaydi.  Vijdon  yaxshiliq 
burch,  halollik  kabi  tushunchalari  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  poklik  va  halollik  mezoni 


 
28 
hisoblanib, kishining  hatti-  harakatlari,  yurish -  turish  uchun atrofdagi odamlar  va 
jamiyat oldidagi axloqiy javobgarligini sezish qobiliyati  hisoblanadi.  Faqat  vijdon 
odamlar  bilan  yomon  munosabat  qilishga,  yomon  yo‗llarga  yurishga,  o‗z 
burchlarini  bajarmaslikka  yoki  yomon  bajarishga  yo‗l  qo‗ymaydi.  Faqat  vijdon 
odamning oila, jamiyat oldidagi burchlarini ado etishni ta‘minlaydi. 
Vijdon  -  bu  odamning  ichki  sudyasi  bo‗lib,  u  odamlarni  yomon  hatti  –
harakatlardan  saqlabgina  qolmasdan,  jamiyat  qoidalariga  ko‗ra  harakat  qilishga 
undaydi. 
Aholiga va sayyohlarga  xizmat ko‗rsatadigan ovqatlanish korxonalarida vijdon 
xodimlarning  xo‗randalarga  nisbatan  o‗z  kasbiy  burchlarini  ado  etmaslik  yoki 
yomon  bajarish  xohishidan  saqlaydigan  posbon  hisoblanadi.  Aynan  vijdon 
ofitsiantlar,  barmenlar,  metrdotellar,  bufetchilar,  garderobchilar,  pol  tozalovchilar 
va taom tayyorlovchi  xodimlarni o‗z kasbiy burchlarini to‗liq  va sifatli bajarishga 
da‘vat qiladi, ularni iste‘molchilarga nisbatan qo‗polliq noxush muomala qilishdan, 
taomni  o‗z  vaqtida  keltirib  bermaslikdan,  pulini  noto‗g‗ri  hisoblash  kabi  yomon 
hatti -harakatlardan saqlaydi. 
Sobiq  ittifoq  davrida  Rossiya  restoranlarining  birida  shunday  bir  hodisa  ro‗y 
berganligi  to‗g‗risida  matbuotda  e‘lon  qilingan  edi:  ofitsiant  mehmonlarga  stol 
atrofida  o‗tirishlarga  yordam  bergandan  keyin  metrdotel  oldiga  kelib,  ularga 
xizmat  ko‗rsatishdan  bosh  tortishini  aytgan.  Sabab  shundaki,  xo‗randalar 
kampaniyasi    yaxshi  xizmat  qilish  uchun  ofitsiantga  pora  berishga  harakat 
qilishgan.  Ofitsiantga  o‗z  xizmati    uchun  pora  olishga  vijdoni  yo‗l  qo‗ymagan. 
Aynan  taomlar  porsiyalarini  retsepturaga  ko‗ra  to‗liq  berish,  faqat  sifatli 
mahsulotlardan  foydalanish,  sanitariya  talablariga  ko‗ra  taomlar  tayyorlash  ham 
vijdon «nazorati» ostida amalga oshiriladi
16


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling