O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
edingiz» qabilida gapirib qo‗ygan ma‘qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval
eshitgan bo‗lsa ham, so‗zlayotgan odamni bo‗lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur sho‗ng‗ib ketib, munozara qilinmaydi. Bunda axloqiy tarbiyaning ba‘zi vositalarini yoki unga yaqin yo‗llarni tanlash qo‗l keladi. ―Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san‘at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi‖. Zero,,, zamonaviy ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‗lgan turli munosabatlarini nafaqat yo‗lga qo‗yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol uchun, ruhiy tahlil falsafasi asoschisi Freyd ta‘limotga ko‗ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod jamiyat faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‗rnini bosadigan ijobiy hodisalarga aylanish orqali, (sublimatsiya) ya‘ni, tubanlikdan ulug‗vorlikka o‗tish natijasida vujudga keladi. Ijodkor jamiyatdagi muammolarning echimini san‘at asarlari orqali obrazli tarzda jamiyatning o‗ziga taqdim etish bilan topishga intiladi. Ammo shunisi muammoliki, barchaga ham iste‘dod va daholik berilavermaydi. SHu jihatdan ham ruhiy tahlil bu masalaning echimni ikki yo‗l bilan hal qilishni taklif etdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy munosabatlarida estetik faoliyatning muhim ekanligini ta‘kidlay boshladi. Zotan, san‘at asarini idrok etish insonda ijodiylik va hozirjavoblik qobiliyatini o‗stiradi. 39 Muomala etiketida hozirjavoblik juda katta o‗ringa ega. Aksariyat hollarda insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga juda katta e‘tibor beradilar. Ayniqsa etiketda ko‗rishish va so‗rashish jarayoni o‗zaro ko‗zatuvchanlik bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada ―soddalik‖ qilsa, odamlar orasida buni bildirishning har qanday yo‗lidan foydalanishga intilishni ko‗rish mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‗z vaqtida berilmagan ―javob‖ yoki ―soddalik‖ boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar oldida ―qo‗lgi‖ bo‗lish havfi bir tomondan jamiyat qo‗ygan etiket qoidalarini o‗z vaqtida amalga oshirishga intiltirsa, ikkinchi tomondan o‗ng‗aysizlikni engish uchun hozirjavoblikni qo‗llash orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Freyd «Hozirjavoblik va uning onglanmaganlikka munosabati» asarida hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning qabul qilinishdagi ruhiy holatlar talqinini berish bilan birga Freyd qo‗lgililikka ham alohida to‗xtalib, uning boshqa turlarini, ular orasidagi o‗zaro farqlarni tushuntirishga harakat qiladi 18 . Davradagi odam boshqaga murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda, beixtiyor suhbatdoshiga so‗zlayotgan so‗zlaridan birining unli yoki undosh harflarini almashtirib yuborish orqali qo‗lgulilikni vujudga keltiradi. Agar bu so‗z o‗yini atayin, ongli tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham so‗zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor kabi onglanmaganlikka keng yo‗l qo‗yib beradi. Zero,bu jarayon san‘atkorona mahoratni talab qiladi. Muallif so‗zlardagi unli va undosh, so‗zlarga qo‗shiladigan qo‗shimchalarni o‗zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o‗z maqsadi yo‗lida foydalanarkan, bir jihatdan so‗zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni qo‗lgulilik orqali o‗zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib ko‗rsatish bilan tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida amalga oshiradi. Ikkinchi jihatdan esa, dilini og‗ritmagan holda, ochiqdan-ochiq kurashlarsiz, qo‗lgulilik orqali suhbatdoshini «silliqlik» bilan «haqiqatga» etkazib qo‗yadi. Bunday jarayon muomala etiketida to‗satdan paydo bo‗lishi mumkin 18 A.T.Kronman. The Lost Lawyer - Failing Ideals of the Legal Profession, Harvard Uni Press, Cambridge, Massachusetts, 1993. 40 bo‗lgan qo‗pol munosabatlarni oldini oladi. Biroq, ortiqcha xajviya, hozirjavoblik doimo to‗g‗ri kelavermasligini unutmaslik lozim. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling