O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/284
Sana30.11.2021
Hajmi1,9 Mb.
#177986
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   284
Bog'liq
professional etika va etiket

«salomatmisiz»,  «omonmisiz»,  «yaxshimisiz»,  «salomat  bo„ling» deyiladi.    Bu 
so‗zlarda, insonlarning bir-biriga hurmat ehtiromi, xayriholik izhori bilan birga bu 
so‗zlarda  chuqur  mazmun  va  mulohaza  bor.    Kundalik  xayotimizda  ishlatib 
turadigan “marhamat 
qiling”, 
“baraka 
toping”, 
“raxmat”, 
“behad 
minnatdorman”,  “o„zr”,  “avf  etasiz”,  “kechiring” va  shu  kabi  iboralar  borki, 
ularning  barchasi  mulozamatni,  insonlarga  bo‗lgan  kamoli  ehtiromni  bildiradi.  
SHunga  e‘tibor  berish  kerakki,  insonga  qo‗yiladigan  talab  bilan  unga 
ko‗rsatilayotgan  iltifot  bir-biri bilan bevosita bog‗lanib ketganligidan  ular orasiga 
chegara  qo‗yib  bo‗lmaydi.    Masalan,  birovning  eshigini  taqqillatib  ruxsat  so‗rab 
kirish, boshqa insonni noqulay vaziyatga solib qo‗yishni oldini oladi.  
Salomlashish  insonning  insonga  bildirgan  hurmati,  odamlarning  o‗zaro 
muomala  munosabatlarining  boshlanishi,  bir-biri  bilan  suhbatlashayotgan  ikki 
dilning  kalitidir.    Salom  berilganda  sizga  yoqimsiz  qarab  turgan  inson  ham  alik 
oladi.  Qo‗l berib ko‗rishayotgan vaqtda bir-birlarini qo‗llarini qattiq siqib, qo‗lini 
og‗ritib  yoki  qo‗lini  uchinigina  berib  qo‗yish  o‗ta  odobsizlikka  kiradi.    YOshlar 
o‗zidan  katta  odamlar  bilan  ko‗rishganlarida,  albatta  ikki  qo‗lini  berib 
ko‗rishadilar.    Ayniqsa,  yosh  bolalarning  katta  yoshdagilarga  qo‗lini  o‗zatib 
                                                
20 
Викторук Е.Н. Этика: лекции и материалы к семинарским занятиям. Красноярск: Сиб ГТУ, 2001, стр.45. 
 


 
48 
ko‗rishishlari  ham  odobsizlik  sanaladi.    Kim  birinchi  bo‗lib  so‗rashishi  lozim? 
Buning ham etiketda o‗ziga yarasha qoidalari mavjud: 
-  yoshi kichiklar yoshi kattalarga; 
-  erkaklar ayollarga; 
-  xonaga kirgan inson u erdagi barchaga umumiy; 
-  zinadan chiqayotgan inson yuqori pag‗onadagilarga; 
-  agar ikki oila uchrashib qolsa, ayollar birinchi bo‗lib so‗rashishlari keyin esa 
erkaklar so‗rashishlari lozim; 
-  qanday jamoat joylarida fikr bildirilishizdan qat‘iy nazar, salomdan boshlash 
kerak; 
-  yoshi  va  xizmat  pog‗onasi  teng  insonlar  uchrashib  qolganlarida  birinchi 
bo‗lib tarbiyali inson so‗rashadi; 
-  uyga  kelgan  mehmon  eshikni  ochgan  insonga  salom  berishi,  keyin  uyning 
kattalari va boshqa mehmonlar bilan so‗rashishi kerak; 
-  uy  egalari  hamma  o‗tirganlar  bilan  bir  xil  so‗rashishlari  lozim.    Ulardan 
kimgadir alohida munosabat bilan so‗rashish odobsizlik hisoblanadi.  
-  biror bir insonga yuzlanishdan avval salomlashish lozim.  
-  kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bo‗lib salom beradi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling