O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
O‗zini boshqalarga tanishtirish
43 Biz har kuni yangi odamlar bilan uchrashib, tanishamiz, muloqotda bo‗lamiz. Tanishuvning oliymaqom doiralarda qabul qilingan shakli bir-biriga tanishtirishdir. Tor doirada hamma bir-birini bilishi juda muhim. Ayniqsa, bu odamlar kelajakda ham tez-tez uchrashib turadigan bo‗lishsa, yangi mehmonni albatta tanishtirish zarur. Bu mezbonlar yoki ularning yaqinlarining vazifasidir. Odatda uy bekasi ayollarni, xo‗jayin erkaklarni tanishtirishi kerak Ammo katta qabullarda yangi kelgan kishini mehmonlarning hammasiga tanishtirish imkonsiz. Bunaqa paytda uni uy egasi, uning turmush o‗rtog‗i, yaqin qarindoshlari, e‘tiborli mehmonlaru stolda birga o‗tiradigan qo‗shnilar bilan tanishtirish kifoya. Ko‗chada, jamoatchilik joylarida, transportda hamrohingizni uchratib qolsangiz uni qolgan odamlarga tanishtirishingiz shart emas. Ammo ular suhbatlashib ketishsa albatta tanishtiring 19 . Ishxonangizga biror tanish yoki oila a‘zongiz kelsa uni hamkasblaringizga tanishtirish shart emas. Albatta hamkasblararo shaxsiy munosabatlar bo‗lmasa. Ikki kishi tanishishi uchun o‗rtada umumiy tanish kishi vositachilik qilishi lozim. Unga tanishishni istaganlardan biri murojaat etadi. Agar sizga shunday iltimos bilan yuzlanishga avval narigi odamning bu tanishtiruvga munosabatini oldindan aniqlab shunga qarab ish tuting. Tanishishni xohlamayotgan odam bilan zinhor borib tanishmang yoki birovga tanishtirmang. ―So‗ymaganga suykalib‖ yurish o‗zgalar nazdida qadringizni pasaytiradi. YOki yangi tanishingiz bilan darhol sirlashib ketmang. Bunday ―elim‖lik nazokatli raddiyaga sabab bo‗ladi. Erkak kishini ayolga, kichik odamni yoshi kattaga, xodimni rahbarga tanishtirish kerak Kishining yoshi va mavqei alohida ustunlikka ega. Hamisha mavqei yoki yoshi katta odam birinchi tanishtiriladi. Tengdosh yoki mavqei bir xil odamlarni tanishtirish zarurati tug‗ilsa buni o‗zingizga yaqin kishidan boshlagan ma‘qul. Masalan: singlingizni 19 Байбурин А.К., Топорков А.Л. У истоков этикета. Ленинград, Наука, 1990. 44 kursdoshingizga. Ota-onangizga esa, aksincha avval tanishingiz, so‗ng ota-onangiz tanishtiriladi. Uchrashganda so‗rashish sizning muloyim va nazokatli munosabatingizning ilk namoyishi xisoblanadi. Sizdan hol-ahvol so‗ragan kishiga albatta javob qaytarish lozim. So‗rashishdan bosh tortish bilan siz uni atrofdagilar oldida tahqirlagan bo‗lasiz. Jamoat joylarida - ko‗chada, restoranda, kafeda, pochta, transportda faqat tanishlar bilan so‗rashiladi. Tashrif muddatingiz oz bo‗lgan joylarda (avtobus, vokzal, supermarket va h.q) notanish kishilar bilan so‗rashish va biror aniq munosabatga kirishish ortiqcha. Agar hamrohingiz biror tanishi bilan so‗rashsa, siz ham u bilan ko‗rishishingiz shart. Agar u bir to‗da odamlar qurshovida bo‗lsa, siz ularning barchasi bilan so‗rashib chiqishga majbursiz faqat bittasi bilangina ko‗rishish juda qo‗pol xato. Mabodo, kim bilandir so‗rashishni istamasangiz oshkora yuz o‗girib ketish yaramaydi. Hali imkon borida, unga yaqinlashmay turib, bir chetga chiqib olish kerak Agar tanishingiz sizning ko‗rib va tanib qolishingizni istamayotganini sezib qolsangiz, uni ko‗rmay o‗tib ketishga harakat qiling, hech bo‗lmasa o‗zingizni tanimaganga oling. Erkak kishi ayol bilan, yosh odam keksa kishi bilan, ayol o‗zidan katta ayol va erkak bilan, xodim o‗zidan lavozimi yuqoriroq kishi bilan, mijoz sartaroshxona, poyafzal ustaxonasi, atele xodimlari bilan birinchi bo‗lib so‗rashadi. YAngi kelgan odam o‗zidan oldin kelgan mehmonlarga, mashinada o‗tirgan kishi piyodaga, yo‗lovchi erkak va ayol taksi haydovchisiga, o‗quvchilar o‗qituvchiga salom berishi kerak Ayol tez ketayotgan bo‗lsa, yo‗l-yo‗lakay uchragan tanish erkak bilan o‗zi birinchi so‗rashib ketaverishi mumkin. Bir to‗da odamlar yonida o‗tayotib yoki ular davrasiga qo‗shilganda ham ayol birinchi salom beradi. Ammo boshqa hollarda shunday qilinsa, bu ayolning erkakka o‗zgacha munosabatini ko‗rsatadi. 45 Ko‗chada ketayotgan erkak tanishini ko‗rib qolganda, albatta cho‗ntagidan qo‗lini, og‗zidan sigaretasini olib so‗rashishi kerak Ayol mayin tabassum va biroz bosh irg‗ash bilan javob qaytaradi. Gavjum joyga kirgan odam notanishlarning barchasi bilan bosh irg‗ab, tanishlar bilan qo‗l siqib ko‗rishadi. Erkaklar keksa va xastalardan tashqari kirib kelayotganlarni tik turib qarshi olishlari shart. Tengdosh erkaklar joyida o‗tiraverishlari mumkin. Ammo jinsidan qat‘i nazar ruxsat berilganida o‗tirasiz. Uy bekasi o‗tirishni taklif qilib o‗zi tikka turaversa, o‗tirmang. Donishmandlarning ―YUziga boqma, so‗ziga boq‖ – degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri maxsuli U inson madaniyati fikriy go‗zalligini yaxshi, ibratli, xavas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir–biriga bog‗lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta–kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‗zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o‗z o‗rnini topa olishida, boshqalarning hurmat extiromiga erishishda muomalaning o‗rni kattadir. Insonning shirinso‗zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‗zga boyligi, chechanligi, ma‘nodorligi uning o‗qimishli, bilimdonligini ko‗rsatadi. Go‗zal muomala inson dilini qanchalik hushnud etsa, aksincha achchiq so‗z, qo‗pol muomala inson qalbini larzaga soladi. SHirin muomalada bo‗lish ham katta san‘at. SHirin so‗z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. So‗z, yuz va ko‗z, tilning ko‗rki hisoblanadi. Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham baxo beriladi. So‗z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu–nasabi, ota–onasi va ustozining bergan ta‘lim tarbiyasi namoyon bo‗ladi. Insonnning ichki dunyosi, shaxsi, aqli va his–tuyg‗ulari uning tashqi qiyofasi – ko‗zlari, chehrasi, shuningdek qaddi-qomati va yurish-turishida to‗la aks etadi. Insonning ichki dunyosi qanchalik mukammal bo‗lsa, yurish– turishi ham shunchalik madaniyatli bo‗ladi. Muomala madaniyatida so‗z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo‗lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa 46 kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‗yishni, an‘anaviy axloqiy me‘yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. SHuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‗zga ko‗rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‗lishi so‗z, nutq vositasida ro‗y beradi. So‗zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashqil etadi. SHu bois muomala odobi o‗zini, eng avvalo, shirinsuhanliq kamsuqumliq bosiqliq hushfe‘llilik singari axloqiy me‘yorlarda namoyon qiladi. Ayniqsa bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko‗zga tashlanadi. Uni ko‗proq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobidir. Bu borada mutasavvif olimlarimizdan Imom G‗azzoliy bir qancha o‗rinli fikrlarni bildiradilar:«Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni do‗st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo‗qki, maxfiratga sabab bo‗lmoqg‗a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda». Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi me‘yordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib keladi. YOmon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib chiqadi. YA‘ni yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bo‗lsa ham o‗sha yomonning yo‗lida yurishga chorlaydi. Donishmandlarning “YUziga boqma, so„ziga boq” – degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy go‗zalligini yaxshi, ibratli, xavas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir–biriga bog‗lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta- kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonnning go‗zal xayot kechirishida, jamiyat orasida o‗z o‗rnini topa olishida, boshqalar tomonidan hurmat ehtiromga erishuvida muomalaning o‗rni kattadir. Insonning shirinso‗zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‗zga boyligi, chechanligi, ma‘nodorligi uning ziyoliligi, bilimdonligini ko‗rsatadi. Go‗zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so‗z, qo‗pol muomala inson qalbini larzaga soladi. 47 ―Muomala shaxslararo munosabatning shunday ko‗rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetiq madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta‘sir o‗tkazadilar va ta‘sirlanadilar‖. Etiket kengqamrovli tushuncha bo‗lib, u ma‘lum ma‘noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‗z ichiga oladi. Ulardan bizga odat bo‗lib qolgan ko‗rishish etiketidir 20 . Salom berish kundalik hayotimizda eng ko‗p qo‗llaniladigan odat bo‗lib, hushmuomalalikni talab qiladi. Salomlashish kishilar o‗rtasidagi o‗zaro hurmat, muomala munosabatlarining avval boshi bo‗lgani uchun uning bajarilishining ham alohida qoidalar bor. Salomlashganda aytiladigan so‗zlarga «Assalomu aleykum», Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling