O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/284
Sana30.11.2021
Hajmi1,9 Mb.
#177986
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   284
Bog'liq
professional etika va etiket

qo„shiqlar,  teleko„rsatuvlar  v.  x.  q    Hech  qachon  oilaviy  muammolar,  shaxsiy 
xayotdagi kelishmovchiliklar, o‗zi tushunmagan va ma‘lumotga ega bo‗lmagan tor 
mutaxassislikka oid mavzular haqida gaplashish nojoiz.  

  Barcha  hursand  holatda  suhbatlashayotgan  vaqtda,  kayfiyatni  tushuruvchi, 
qo‗rqinchli  voqealar,  ko‗ngilsiz  holatlar  haqida  gapirish  boshqalarni  kayfiyatini 
tushirib yuboradi.  

  Bemorni ko‗rgani borganda o‗lim  haqida, uning kasal tarixi,  mayda-chuyda 
jihatlari  haqida  gapirish  yaxshi  emas.    Uning  o‗rniga  yolg‗on  bo‗lsa  ham 
ko‗rinishini yaxshiligi, albatta yaxshi bo‗lib ketishi mumkinli haqida suhbat qurish 
lozim.  

  Dasturxon  atrofida  ishtahani  bo‗g‗uvchi  mavzular  xaqida  gapirilmaydi.  
Ovqatni  yomonlash,  kamchilik  axtarish  yomon  odat.    Aksincha,  uni  tayyorlagan 
insonni ko‗nglini ko‗tarish lozim.  

  Tarbiyali  va  madaniyatli  inson  tanishi  haqida  umumiy  fikr  bildirayotganda 
yolg‗on ishlatmaydi, uni g‗iybat qilmaydi.  Bir inson haqida (hatto u yomon inson 
bo‗lganda  ham)  fikr  bildirayotgan  paytda  to‗satdan  kirib  qolgan  mavzu 
«qahramoniga», ko‗pchilik ta‘sirida miyg‗ida qo‗lib, sinchkov nigoh bilan piching 
hamda  qochiriqlar  qilish  ba‘zida  betga  aytilgan  haqiqatdan  ham  kuchliroq  dilga 
ozor beradi.  
Suhbatlashish  jarayoni  nafaqat  suhbatlashish  balki,  tinglash  holatiga  ham 
bog‗liq.    Tinglash  faqat  eshitib  o‗tirishi  kerak  degani  emas.    YAxshi  suhbatdosh 
hamsuhbat  fikrini  mantiqiy  tugatgandan  so‗ng,  o‗z  fikrini  to‗liq  bayon  qilib 
beruvchi  insonga  aytiladi.    Juda  ham  kerak  bo‗lib  qolgan  vaqtda  o‗zr  so‗rab, 
M: Kechirasiz,  menimcha  shu  fikringiz.  .  .  .  ,  yoki   Fikringizni  bo„lganim  uchun 


 
36 
o„zr  so„rayman,  menimcha.  .  .   degan  iboralarni  qo‗llagan  ma‘qul.    Bu  vaqtda 
ushbu  iboralarning  egasi  suhbatdoshiga  so‗zlashga  imkoniyat  berishi  lozim.  
Bunda  dunyoqarash  ham  katta  ahamiyat  kasb  etadi.    Insonning  dunyoqarashi 
haqida  gap  ketganda,  albatta  yoshlar  bilan  kattalar  o‗rtasida  tushunmovchiliklar 
bo‗ladi.    SHunday  paytlarda  yoshlar  o‗zlarini  fikrlarini  yoqlamasdan  xo‗p  deb, 
mavzuni  boshqa  yoqqa  burib  yuborishlari  kattalarni  dilini  og‗ritib  qo‗yishdan 
asraydi.  
Muomalada gapning ohangi  har  xil bo‗lishi  mumkin.  Bular: takabburlik bilan, 
sovuq,  o‗ziga  qaratgan  xolda,  achchiq-tirziq  tarzdagi  ohanglar.    Bir  xil  ya‘ni 
monotonli  gapirish  ham  boshqalar  nazdida  zerikarli  bo‗lib,  qiziqarli  ma‘lumotni 
ham xazm qilish qiyin bo‗ladi.  
Muomala  madaniyatining  yana  asosiy  tavsifnomasi  shundan  iboratki,  bu 
insonning  manerasi,  ya‘ni  xatti–harakatining  ohang  bilan  uyg‗unligi.    Bularga 
qomatni tutishi, qo‗l harakati, yuzdagi imo-ishoralar kirib ketadi.  
Hayotimizni ko‗p qismini bizga notanish bo‗lgan odamlar bilan birga – ko‗cha-
kuy,  transport,  turli  xil  jamoat  joylarida  o‗tkazamiz.    Nafaqat  o‗zimizning 
kayfiyatimiz,  balki  atrofimizdagi  odamlarning  kayfiyati  ham  jamoatda  o‗zimizni 
qanday  tutishimizga  bog‗liqdir.    Uydan  ko‗chaga  chiqayotganingizda  kerakli 
bo‗lgan narsalarni:  hujjatlar, dastro‗molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa 
zarur  bo‗lgan  mayda-chuyda  narsalarni  o‗zingiz  bilan  olganingizga  ishonch  hosil 
qilib olganingiz  ma‘qul.  Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi,  xullas, boshdan-
oyoq o‗zimizga razm solib, so‗ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko‗tarib, uyda 
tashqarida  o‗zimizga  bo‗lgan  ishonchni  yanada  kuchaytiradi.    Ko‗chada  o‗zini 
tutishning  eng  asosiy  qoidasi  –  bu  atrofdagilarning  o‗zini  noqulay  va  noxush 
sezishiga sabab bo‗lmasligidir.  
Davrada  erkak  kishi  ayol  kishi  bilan  yumshoq  munosabatda  bo‗lishi  shart, 
ammo  oshirib  yubormasligi  lozim.    Haddan  ziyod  mulozamatlarga  vaqtliroq  va 
bosiqroq  javob  bermoq  lozim.    Bunday  vaziyatlarda «Kechirasiz,  hazillarga 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling