O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
unchalik xushim yo„q», «Qaytaryapsiz», «Ko„rsatuvni oxirigacha ko„rib
olmaymizmi?»a – taxminan shu asnoda javob bergan ma‘qul. Gapirayotganda 37 munozaraga berilmasdan, aniq, baland bo‗lmagan ohangda, hotirjamlikni ushlab turmoq zarur. Mulozamatga «rahmat» deb qisqacha javob beriladi. Odatda, o‗zini haddan tashqari erkin, aqlli qilib ko‗rsatishga intilgan va diqqat markazida bo‗lishini istagida qattiq uringanlar, aksincha noqulay vaziyatga tushib qoladilar. Bunday odamlarga, boshqalarining ismi-sharifiga, bo‗yiga, millati va turar joyiga, sochining rangi, ma‘lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini hamisha yodda tutishlari kerak O‗xshamagan mutoyiba hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak? Omadsiz bunday tarzdagi ifodadan so‗ng, jim bo‗lib qolishdek hech qanday holat kuchli ta‘sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa mavzuda gap boshlagani yaxshi. Agar «o„tkir fikrli» shaxsning tinglovchilarni g‗ashiga tegishida davom etishi to‗xtamasa, unda uy egasi unga qarab: «Bugun sen negadir o„zingdamassan» deb to‗xtatishi lozim. Odamlarni o‗ziga kelmasdan avval hazillarga ko‗mib tashlash kerakmas. Hazil joyida bo‗lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma‘nosiga etib borishda so‗zlovchining qattiq qo‗lgusi halaqit beradi. Davrada achchiq so‗zlarni suiste‘mol qilmagan ma‘qul. O‗zini aqlli deb biladigan bunday odamlar davrada «qurbon» topib olib, uni mazax ostiga olish maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi o‗zini axmoq qilib ko‗rsatishdan o‗zga narsani bermaydi. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning aybini qidirishga ko‗proq e‘tibor beradilar. Erix Fromm ta‘limotida bunday odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik borligini – «zulm qilyapmanmi demak mavjudman» degan shior yashaydigan kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk ko‗rinishini, mazlumni emas, o‗zini butun bir tuban xususiyatlarini ko‗rsatayotganini va undagi o‗ta omilikni tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon bunday harakatlarni qilmagan bo‗lar edi. Zigmund Freyd jamoada o‗zini bunday salbiy tutayotgan shaxs hatti-harakatlari aslida hasadgo‗ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo‗layotgan jamoat ham aksariyat holatda bunga to‗sqinlik qilmasa-da, ushbu shaxs to‗g‗risida xuddi shu xulosaga kelishini ta‘kidlagan. Bu bilan Freyd jamoada inson o‗zini erkinroq tutadi va badxulqlik bilan bo‗lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin 38 bo‗ladi, degan xulosaga keladi. Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav YUng esa jamoada ushbu ruhiy holatni arxetiplar bilan bog‗lab, unga «trikster» degan nomni beradi. «Trikster u bu odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban ruh – obrazidir». Demaq jamoatda boshqalar ta‘siridan o‗z salbiy illatlariga erk berish havfi kuchliroq ekan, inson bunday paytda o‗zini yo‗qotmasligi, axloqiy masalalarda mustaqil fikrga ega bo‗lishi kerakligini unutmasligi lozim ekan. Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma‘nosiz nigohlarni ko‗rsatmaslikka harakat qilgan ma‘qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning so‗zlarini tushunayotganini bildirish uchun ba‘zi-ba‘zida savol berish yoki aniqliklar kiritib turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo‗lsangiz, hikoyani o‗rtasiga kelganda birdan gapni bo‗lishdan ko‗ra darhol «Ha, aytib bergan Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling