O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
Qo‗l berib so‗rashish qoidalari Qo‗l berib salomlashish muloqot etiketining bir qismi sifatida shakllagan jarayondir. Qo‗l berib so‗rashish odatda erkaklarga xos xususiyat hisoblansada, hozirda u barcha yoshdagi va jinsdagi insonlar uchun ham birdan amal qilmoqda. CHunki, qo‗l berib so‗rashish orqali inson insonning kayfiyatini, sog‗ligini, xatto fe‘l-atvorini ham bilib olishi mumkin. Qo‗l berib salomlashishning ushbu xususiyatlari ikkitomonlama muloqotning boshlanish belgisidir. Qo‗l berib so‗rashish asosan tanishish va tanishtirish marosimida, shartnoma va bitim imzolaganda, g‗oliblik va mag‗lublikni tan olganda, minnatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, xayrlashganda va hokazo xolatlarda qo‗llaniladi. Qo‗yida 49 e‘tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo‗l berib so‗rashishning odobiga tegishlidir: o‗zatilgan qo‗l albatta muallaq qolmasligi kerak bu – insonni erga urish bilan barobar bo‗lib qoladi. ikki qo‗l bilan qo‗lni siqib so‗rashish haddan tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi. ikki qo‗l berib so‗rashish paytida albatta so‗z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik so‗zlari va boshqa iliq so‗zlar qo‗llash mumkin. qo‗l berib so‗rashish tez va qisqa bo‗lishi lozim. qo‗l berib so‗rashish davomida ozgina egilib qo‗yish, so‗rashayotgan insonga nisbatan hurmatni belgilaydi. ostonada, stol ustidan qo‗l berib so‗rashish xunuk ko‗rinadi. tanishini ko‗rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo‗lni cho‗zib kelish insonni qo‗lgili xolatga solib qo‗yadi. ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo‗lib qo‗l o‗zatmaguncha erkak qo‗l o‗zatmaydi. ayol kishini qo‗lini ko‗p ushlab turish mumkin emas, bu uni noqulay vaziyatga solib qo‗yishi mumkin. G.S.Pyurbeevning fikricha 21 , ko‗p xalqlarda qo‗l bilan salomlashiladi. Aslida, u odat qalmuq va mo‗g‗ul xalqi uchun bayramlarda, masalan ―Oq oy‖ (―belыy mesyas») Sagan podsho davrida qishdan chiqib, bahor fasli kirib kelishi bilan barcha kishilar o‗ng qo‗lini berib, bir-birlarini ekin ekish, bog‗dorchilik va hayvonlarni yaxshi boqish uchun sharoitlar maqbul bo‗lganligi uchun tabriklashgan. Salomlashganda jargon, ko‗cha so‗zlarini, bo‗zib talaffo‗z etiladigan “privetik”, “salyutik”, “chao”, “poka”kabi so‗zlarni ishlatmaslik maqsadga muvofiq. Odatda, ro‗paradan keluvchi kishiga u etib kelguncha, ya‘ni orada 3-4 qadam qolgach salom beriladi. 21 Пюрбеев Г.Ц. Речевой этикет и язык жестов у монголов и калмыков// НКСР, с. 121. 50 Sizga mutlaqo tanish bo‗lmagan kishi salom bersa, albatta ―alik‖ olish va uning yanglishganligini sezdirmaslik kerak Bunday xolatda elka qisish yoki hayron bo‗lib qarash odobsizlik hisoblanadi. Umuman, o‗zbekchilikda salomlashishni o‗zi hamsuhbatingizing sizga bo‗lgan munosabatni shakllantiradi. G‗arb odatiga ko‗ra yoshi katta ayollar bilan ko‗rishayotganda o‗rnidan turib, tavoze‘ bilan boshni silkitib salomlashiladi. Bizda esa bu nafaqat katta yoshlilar, balki umuman xotin-qizlarga nisbatan ham qo‗llaniladi. Zero, har bir qiz yoki ayol o‗sha xonadon egasining nomusi hisoblanadi. Bu bilan erkak boshqa bir erkakni oriyati va hurmatini o‗z joyiga qo‗yayotgan hamda boshqalardan ham o‗ziga nisbatan shuni talab qilayotgan bo‗ladi. Agar ayollar qurshovida bo‗lsangiz, unda umumiy ravishda bir marta salomlashib qo‗yiladi. Etiketni bo‗zilishi ko‗rishuvning shovqinli tarzi hisoblanadi. Odamlar oldida hozir bo‗lishingiz bilan salomlashuvingiz u daraja o‗zingizga qaratadigan tarzda bo‗lmaslik lozim. Salomlashuv, tanishuv yoki suhbatdoshlik uchun eng qulay madaniyatli usuli hisoblanadi. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling