O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
-MAVZU. SUG„URTA SOHASIDA QO„LLANILADIGAN YANGI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Суuуртада ахборот технологиялари 2022
6-MAVZU. SUG„URTA SOHASIDA QO„LLANILADIGAN YANGI
IT-TEXNOLOGIYALAR 6.1. Sug„urta kompaniyalari faoliyati uchun yaratilgan internet imkoniyatlari Butun dunyo hamjamiyati shuni tan olmoqdaki, XXI asrda bilim eng bebaho resurs sifatida – iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‗ladi. Bilim va axborotlarni yaratish, uzatish va ularga ega bo‗lish tez sur‘atlarda amalga oshayotgan bir davrda ularni eslab qolish imkoniyati mavjud emas. Bilim va axborotlarni yig‗ish, tanlash, qayta ishlash, uzatish va amaliyotda qo‗llashning vosita va usullariga ega bo‗lish zarur. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalarda jiddiy o‗zgarishlarga sababchi bo‗lgan globallashuv jarayonida, ayniqsa, AKT sohasidagi keskin taraqqiyot axborot resurslarining rivojlanishiga olib keldi. Bu esa foydalanuvchilardan axborotdan unumli foydalanishni talab etadi. XXI asrning insoniyatga taqdim etgan afzalliklaridan biri AKT imkoniyatlari bo‗lib, u aynan shu talabga javob beradi, ya‘ni bugungi kunda inson AKT imkoniyatlaridan foydalanibgina qolmay, balki ularni kundalik faoliyatida to‗g‗ri va unumli joriy etish, ko‗zlangan maqsadlari yo‗lida yutuqlarga erishishiga ko‗mak berishi shartdir. Bugungi kunda internet imkoniyatlaridan xabardor bo‗lish va ulardan foydalana bilish zarurati ortib bormoqda. Dastlab internet bu turli-tuman ma‘lumotlar, bilimlar ombori edi. Endilikda internet yordamida birgalikda unumli ishlash imkoniyatlari ham rivojlanib bormoqda. Internet aynan shu imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o‗ziga jalb etmoqda, mazkur imkoniyatlar, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatida, xususan sug‗urta tizimida juda asqotmoqda. Buning uchun ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur. Masalan, kundalik faoliyatda zarur bo‗lgan axborotlarni topish, yangiliklar bilan tanishish, sug‗urtalanuvchilar bilan muloqot qilish, zarur anjomlar va texnologiyalarni sotib olish va to‗lovlarni amalga oshirish uchun foydalanilmoqda. Internetda o‗z kompaniyasi hamda sug‗urta xizmatlari haqidagi ma‘lumotlarni veb-sahifada va jamoa tarmoqlariga joylashtiruvchi kompaniyalar soni o‗sib bormoqda, internet orqali xizmatlarni amalga oshiruvchi kompaniyalar soni ko‗paymoqda. Sug‗urta to‗lovlarini bajarish uchun ham bankka borish zarurati yo‗qolib bormoqda. Sug‗urta sub‘ektlari uchun internet yordamida yangiliklarni olish va 65 yuborish qulay bo‗lib qoldi. Quyida tadbirkorlar, xususan, sug‗urta kompaniyalari uchun internet imkoniyatlari sanab o‗tiladi: • ma‘lumotlarni topish, olish, saqlash va ular ustida ishlash; • yangiliklardan xabardor bo‗lish, yangi mijozlar va hamkorlarni topish; • sug‗urta mahsulotlarini ishlab chiqish va sotish imkoniyati kengligi; • marketing va bozor monitoringini amalga oshirish; • raqobatlarning ish faoliyatini nazorat qilish; • to‗lovlarni bajarish; • biznesni boshqarish; • yangi g‗oyalar va loyihalar haqida ma‘lumot olish va biznesni rivojlantirish; • tezkor aloqa qilish va murojaat etish. Ushbu imkoniyatlarga erishish uchun internet texnologiyalaridan unumli foydalanish zarur. Shu bilan birga, sug‗urta kompaniyasi va u ko‗rsatadigan sug‗urta xizmatlari haqidagi ma‘lumotni internetga joylashtirish va uni ommalashtirishni yo‗lga qo‗yish muhimdir. Biznesni boshqarish uchun mavjud bo‗lgan imkoniyatlardan foydalanish mumkin. Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‗rtasida axborot resurslaridan birgalikda foydalanish uchun yaratilgan edi. Keyinchalik ushbu imkoniyatdan olimlar va tadqiqotchilar foydalana boshladi. Yildan-yilga uning imkoniyatlari oshib bordi, natijada uning foydalanuvchilari doirasi ham kengaydi. Bugun internet bir qator imkoniyatlarga ega, aynan ushbu imkoniyatlar uning keng ommaga manzur bo‗lishi sababchisidir. Shuning uchun hozirgi kunda internet kattayu-kichikning eng yaqin do‗stiga aylandi. Umuman olganda, internet quyidagi imkoniyatlarga ega: • elektron pochta xizmati; • erkin muloqot qilish (chat, forum, videokonferensiya); • ma‘lumotlarni olish va tarqatish (veb-sahifalar, veb-bloglar, jamoa tarmoqlari, axborotnomalar, yangiliklar); • elektron tijorat. Elektron pochta xizmati oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir elektron manzildan ikkinchisiga ma‘lumotlar jo‗natilishini hamda qabul qilinishini ta‘minlaydi. Elektron pochta yordamida xat, rasm, hujjat, jadvallar, audio va video-fayllarni yuborish va qabul qilish mumkin. Eng asosiysi, xat bir zumda o‗z manziliga yoki bir necha manzilga yetib boradi. Elektron xatni o‗qish uchun elektron pochta qutisini ochish zarur, bu maxsus pochta tarmog‗i yoki internet tarmog‗idagi elektron pochta 66 xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Internet foydalanuvchisi elektron manzil yordamida internetning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Muloqot qilish – internet foydalanuvchilari o‗zaro muloqot qilishi uchun muhit yaratadi. Matn, ovoz va video aloqa yordamida muloqot qilish mumkin bo‗ladi. Forum va chatda klaviatura yordamida chop etish orqali muloqot qilish mumkin. Lync, Gmail, Mailagent, Skype, Viber kabilar orqali audio va video aloqalarni ham amalga oshirish mumkin. Telefonda muloqot qilinganda suhbatdoshni faqatgina eshitish mumkin. Video aloqa yordamida esa suhbatdoshni eshitish bilan birga, uni ko‗rish ham, ya‘ni suhbatdoshning mavzuga bo‗lgan munosabatini kuzatish mumkin, ayniqsa, sug‗urta faoliyatida bu texnologiya juda qo‗l keladi. Bir paytning o‗zida bir necha kishi bilan video aloqa o‗rnatish mumkin. Ma‘lumotlarni tarqatish – internet imkoniyatlaridan biridir. Uning yordami bilan yangiliklarni va axborotlarni keng doiraga qisqa vaqt ichida tarqatish mumkin. Bu axborot uzatishning eng tez va arzon usulidir. Bunda axborot 24 soat davomida mijozlar e‘tiborida bo‗ladi. Sug‗urta faoliyatiga oid ma‘lumotlarni veb-sahifalar, veb-bloglar, jamoa tarmoqlarida, axborot portallarida, axborotnomalar va tarqatmalar yordamida tarqatish mumkin. Kundan-kunga internet mijozlari soni o‗sishi uni eng unumli ommaviy axborot vositasiga aylantirmoqda. Elektron tijorat – bu internetda savdo-sotiqni amalga oshirishdir, uning imkoniyatlari turli-tuman bo‗lib, internet orqali texnika, dori- darmon, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish yoki xarid qilish va xizmat ko‗rsatish mumkin, bu xizmat yordamida sifatli mahsulot sotish bilan birga, vaqt va mablag‗ni tejash mumkin. Ushbu usuldan korxonalar hamda jismoniy shaxslar foydalanmoqda, shuning uchun bu texnologiya tezda rivojlanmoqda. Ba‘zi korxonalar savdo-sotiqni faqat internet orqali amalga oshirmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling