O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Суuуртада ахборот технологиялари 2022
UO„K 368(075.8)
KBK 65.271я7 Taqrizchilar: Baymuratov T.M.. – Toshkent moliya instituti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi; Imomov U.G‗ .– ―TRUST INSURANCE‖ MCHJ sug‗urta kompaniyasi bosh direktori, PhD. ISBN 978–9943– 8101–1–2 © N.A.Mavrulova , 2022 © «Nihol print» OK nashriyoti, 2022 3 “Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”. Islom Karimov KIRISH Sug‗urta – bu kutilmagan baxtsiz hodisalar natijasida sodir bo‗lgan yo‗qotish va zararlarni qoplashga mo‗ljallangan iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Sug‗urta tizimi – bu bir tomondan, tadbirkorlik faoliyati va insonlar farovonligini himoya qilishga imkon beradigan, ikkinchi tomondan, sug‗urta faoliyatidan vaqtincha bo‗sh mablag‗larning investitsiya ob‘ektlariga yo‗naltirilishidan daromad keltiradigan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Sug‗urta himoyasi sotuvchi va xaridor o‗rtasida ayirboshlanadigan tovar bo‗lib, u talab va taklif asosida shakllanadi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi, jahon integratsiyalashuv jarayonlariga qo‗shilishi bizni bugun jahon standartlari talablariga yaqinlashishga majbur qilmoqda. Korxonalarning moliyaviy holatini ob‘ektiv baholash, moliyaviy xavflarni kamaytirish va raqobatdosh ustunliklarga ega bo‗lishga qaratilgan strategiyalarni muvofiqlashtirishga qo‗yiladigan talablar ko‗paymoqda. Bu sug‗urta jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etadi. Sug‗urta kompaniyalari faoliyatini rejalashtirish va boshqarishda axborot texnologiyalarini joriy qilish nafaqat katta va o‗zaro bog‗liq ma‘lumotlar to‗plamini qayta ishlashni o‗z ichiga oladi, balki ularni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini asoslash uchun ham ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar to‗g‗risidagi turli ma‘lumotlarni hisobga olish, shuningdek moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni hisobga olish muhim rol o‗ynaydi. Axborot hajmi, aniqlik va ishonchlilikka yuqori talablar, mijozlar va sug‗urta kompaniyasining moliyaviy holatini samarali tahlil qilish zarurati – bu sug‗urta biznesining avtomatlashuvini oldindan belgilab beruvchi asosiy omildir. Sug‗urta kompaniyalari faoliyatidagi sifat o‗zgarishlari axborot tizimiga, xususan, statistik kuzatuv va hisob- kitob vositalariga, olis bo‗linmalarning moliyaviy va buxgalteriya ma‘lumotlarini birlashtirish imkoniyatlariga qo‗shimcha talablarni qo‗yadi. Ma‘lumki, potensial mijozning ehtiyojlariga e‘tibor qaratilgan sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish alohida o‗rin tutadi. 4 Sug‗urta tashkilotlarining asosiy mijozlari bo‗lib, avvalo, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi va ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi mijozlari bo‗lgan fuqarolar hisoblanadi. Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta qilish dasturining joriy etilishi va uzoq vaqt davomida hayotni sug‗urtalash va boshqa sug‗urta xizmatlari kabi ilgari ma‘lum bo‗lgan sug‗urta turlarining tarqalishi mijozlar bazasi va sug‗urta hajmining tez o‗sishini ta‘minladi. Bu qayta ishlangan axborot oqimining sezilarli darajada kengayishiga olib keldi va natijada mavjud axborot tizimlarini modernizatsiya qilishni talab qiladi. Sug‗urta kompaniyasida sug‗urta mahsulotlarining katta portfeli mavjud bo‗lishi integratsiyalashgan axborot tizimidan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. O‗zbekiston sharoitida sug‗urtani rivojlantirishning o‗ziga xos xususiyati va tez sur‘atlarda o‗sishi, sug‗urta tashkilotlari oldida turgan qator rivojlanish muammolari sug‗urtalashni avtomatlashtirishni zaruratga aylantirmoqda. Shu bilan birga, sug‗urta faoliyatini avtomatlashtirish uchun dasturiy ta‘minot nafaqat sohaning o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va ushbu muammolarni hal qiladigan, balki sug‗urta kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirishni ta‘minlaydigan talablarga javob berishi kerak. O‗zbekistonning deyarli barcha sug‗urta kompaniyalari tayyor dasturiy mahsulotlarni sotib olish yoki ularni o‗z dasturchilari yordamida ishlab chiqish orqali avtomatlashtirish bo‗yicha tajribaga ega. Zamonaviy sug‗urtada raqamli texnologiyalardan foydalanish potensial mijozning ehtiyojlarini qondirish va aholi o‗rtasida sug‗urtaning ko‗lamini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling