O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. O„zbekiston sug„urta bozorining tarkibiy tuzilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana20.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1634300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

1-rasm. O„zbekiston sug„urta bozorining tarkibiy tuzilishi
1
 
Sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyatini saqlash maqsadida davlat 
tomonidan to‗lovlarni kafolatlash jamg‗armalari tashkil etiladi, ular 
sug‗urtalovchilarni moliyaviy tomondan qo‗llab-quvvatlash bilan bir 
qatorda sug‗urta qildiruvchilarning ijtimoiy himoyasini kafolatlaydi va 
ta‘minlaydi, shu bilan birga ularning sohaga bo‗lgan ishonchi 
mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Sug‗urta kompaniyalari tashkiliy-huquqiy shakliga ko‗ra quyidagi 
turlarga bo‗linadi: 
aksiyadorlik sug‗urta kompaniyalari, ya‘ni aksiyalarni sotish orqali 
mablag‗larni jalb qilish asosida sug‗urta kompaniyalarini tashkil etish 
shaklida; 
qayta sug‗urta kompaniyalari, katta va xavfli risklarni ikkilamchi 
sug‗urtalashni ta‘minlaydigan sug‗urta kompaniyalari; 
o‗zaro sug‗urta jamiyatlari, uning a‘zolarining ulushli ishtiroki orqali 
mablag‗larni jalb qilish asosida sug‗urta jamg‗armasini tashkil etishni 
etishni ta‘minlaydi; 
davlat sug‗urta kompaniyasi – bu davlat tomonidan tashkil etilgan 
sug‗urta fondini tashkil etishning ommaviy huquqiy shakli. 
Sug‗urta kompaniyalarining moliya sektoridagi yana bir muhim jihati 
shundaki, ular ixtisoslashgan kredit tashkilotlari singari xo‗jalik 
faoliyatining ayrim soha va tarmoqlarini kreditlaydi, ya‘ni moliyaviy 
resurslarni joylashtirish orqali ko‗mak beradi. Sug‗urta kompaniyalari 
1
Rasm mf.uz sayti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan chizilgan.


10 
aktivlari bo‗yicha tijorat banklaridan keyingi yetakchi o‗rinlarni egallaydi 
va iloji bo‗lsa, ularni kredit kapitali sifatida ishlatadi. Ular to‗plagan 
resurslarning tabiati ularni qimmatli bozor orqali uzoq muddatli ishlab 
chiqarish kapital qo‗yilmalarida foydalanishga imkon beradi. Nisbatan 
qisqa muddatli qarz mablag‗lariga asoslangan banklarda bunday 
imkoniyatlar mavjud emas. Shuning uchun sug‗urta kompaniyalari, 
xususan hayot sug‗urta tarmog‗ida faoliyat yuritadigan sug‗urta 
kompaniyalari sug‗urtalanuvchilar hisobidan shakllantiriladigan sug‗urta 
fondi mablag‗laridan unumli foydalanib, iqtisodiy samaraga erishish 
maqsadida kapital bozorida yetakchi o‗rinni egallaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling