18
3-rasm. Sug„urta kompaniyasining asosiy biznes jarayonlari
3
Sug‗urta biznesi mustaqil iqtisodiy kategoriya
sifatida iqtisodiy
munosabatlar tizimida muhim o‗rin tutadi. U moliya, kredit kabi iqtisodiy
kategoriyalar bilan chambarchas bog‗liqdir. Moliya yalpi ichki mahsulotni
taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida vujudga keladigan maqsadli pul
fondlarining shakllanishi va undan foydalanish bilan bog‗liq pul
munosabatlarini ifodalasa, kredit – aholi,
korxona va tashkilotlar
ixtiyoridagi vaqtincha bo‗sh turgan mablag‗larni jalb etish va undan
foydalanish bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlar yig‗indisidir. Sug‗urta
oldindan ko‗rib bo‗lmaydigan tabiiy, stixiyali hodisalar ro‗y
berishi
natijasida ko‗riladigan zararlarni qoplash bilan bog‗liq maqsadli pul
fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog‗liq
iqtisodiy
munosabatlar yig‗indisidir.
Ma‘lumki, sug‗urta biznesida sug‗urta kompaniyasi belgilangan
to‗lov (sug‗urta mukofoti) evaziga o‗z mijozining risklarini qabul qiladi.
Sug‗urta kompaniyasi mijoz o‗zida saqlab
tura olmaydigan risklarni
sug‗urtaga qabul qiladi, chunki u risklarni
umumlashtirish tamoyilidan
foydalanadi. Misol tariqasida, bir
yil muddatga vafot etishdan
sug‗urtalashni olib qaraydigan bo‗lsak, sug‗urta kompaniyasi biladiki,
sug‗urtalanganlar soni qanchalik ko‗p bo‗lsa, ularga nisbatan sug‗urta
davri mobaynida vafot etadiganlar soni kam bo‗ladi.
Bunday natijani har
3
Rasm muallif tomonidan chizilgan.
19
qanday
ehtimollar
nazariyasi
qonuniyati
ham
tasdiqlaydi.
Bu
sug‗urtalanuvchidan kam miqdordagi sug‗urta mukofotini olish bilan katta
javobgarlikni zimmaga olish imkoniyatini beradi. Xususan, sug‗urta
kompaniyalari o‗z zimmasiga olayotgan barcha majburiyatlar ularning
moliyaviy asosiga, ya‘ni to‗lov qobiliyatiga muvofiq kelishi lozim.
Sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyatini esa aynan ular uchun belgilangan
minimal ustav kapitali miqdorlari belgilaydi. Ma‘lumki,
kompaniyalarga
belgilangan ustav kapitalining minimal miqdorlari muntazam ravishda
oshirib boriladi, bu esa sug‗urtalash ko‗lamining kengayishini ta‘minlaydi
(1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: