O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-MAVZU. SUG„URTADA BIZNES JARAYONLARI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana20.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1634300
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

2-MAVZU. SUG„URTADA BIZNES JARAYONLARI 
 
2.1. Sug„urta faoliyatidagi asosiy biznes jarayonlarining tuzilishi 
 
Sug‗urta biznesi iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir 
tomondan ijtimoiy kafolatni ta‘minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy 
majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‗urta risklaridan ogoh 
etish negizida iqtisodiyot sub‘ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‗z 
zimmasiga oladi. Sug‗urta biznes muhitini avtomatlashtirish juda 
murakkab jarayon bo‗lib, bu holat jarayon ishtirokchilarining ko‗pligi, 
shuningdek sug‗urta mahsulotlarining xilma-xilligi va biznes yuritishning 
korporativ standartlari bilan bog‗liq. Sug‗urta jarayoni ishtirokchilarning 
o‗nlab toifalarini o‗z ichiga oladi - sug‗urtalovchilar, sug‗urtalanuvchilar, 
sotuvchilar (agentlar, brokerlar, boshqa vositachilar), anderrayterlar, qayta 
sug‗urtalovchilar, sug‗urta da‘volarini qondiruvchilar, buxgalterlar
rejalashtiruvchilar, menejerlar. Ushbu toifalarning har biri o‗z ierarxik 
tuzilishiga ham ega bo‗lishi mumkin. Barcha ishtirokchilar bir-birlari bilan 
ko‗pincha kompaniyaning korporativ standartlariga bog‗liq bo‗lgan 
biznes-jarayonlarda birlashadilar. Bunda sug‗urtalovchi va sug‗urta 
qildiruvchi o‗rtasidagi munosabatlar sug‗urta mahsulotlari orqali 
aniqlanadi, ularning har biri o‗z navbatida sug‗urta ob‘ektlari, xatarlari, 
qoidalari va atributlari to‗plamidan iborat bo‗ladi. 
Hozirgi raqobat bosqichida har qanday tashkilotning biznes 
jarayonlarini 
optimallashtirish 
vositalaridan 
biri 
bu 
ularning 
raqamlashtirilishi hisoblanadi. Raqamlashtirish biznes jarayonlarini tubdan 
o‗zgartiradi va optimallashtiradi. Bu kompaniya samaradorligi ortishiga va 
mijozlar tajribasining yanada mukammallashishiga olib keladi. Sug‗urta 
kompaniyasining 
biznes 
jarayonlari 
asosiy 
va 
ta‘minlanadigan 
jarayonlarga bo‗linadi. Sug‗urta kompaniyasining asosiy biznes jarayonlari 
bo‗lib marketing, sug‗urta mahsulotlarini ishlab chiqish, sug‗urta 
mahsulotlarini sotish, anderrayting, sug‗urta xizmatlari, sug‗urta 
da‘volarini qondirish hisoblanadi (3-rasm). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling