O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Logistikaning rivojlanish bosqichlar


Download 164.73 Kb.
bet4/9
Sana02.01.2022
Hajmi164.73 Kb.
#192239
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LOGISTIKA XIZMATIDA LOGISTIK KONSEPSIYALARNING O`RNI

Logistikaning rivojlanish bosqichlar

Zamonaviy iqtisodiyotda logistika fanini rivojlanishining quyidagi bosqich-larini ajratadilar:

Birinchi bosqich – 60 chi yillarga to‘g‘ri keladi, va muomala sohasida moddiy oqimlarni boshqarish uchun logistik yondashishni qo‘llash bilan tavsiflanadi. Ushbu davrda ikkita asosiy qoidaga rioya qilish boshlandi:

ishlab-chiqarish va tashishdagi alohida mavjud bo‘lgan moddiy oqimlar bosh-qaruvning yagona tizimi bilan o‘zaro bog‘lik ekanligi.

moddiy resurslar jismoniy taqsimotining ayrim funksiyalarini integra-siyalashuvi sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkinligi.

Jismoniy taqsimotning optimallashuvi masalalari hamma vaqt kun tartibida turgan. Masalan, yetkazilayotgan partiyalar chastotasi va o‘lchamining optimallashuvi, omborlar joylashishi va amal qilishining optimallashuvi, transport yo‘nalishlari va grafiklarining optimallashuvi va hokazo. Odatda ushbu masalalar alohida-alohi-da tarzda yechiladi, va bu tizimli samaradorlikni ta’minlamaydi. Logistik yonda-shishning xususiyati esa, ularni tizimli yechimini topishdan iboratdir.

Logistika rivojlanishining birinchi bosqichida, tovar mahsulotlarni ishlab-chiqarishning barcha jarayonlari mustahkam o‘zaro aloqalarga ega bo‘ladilar. Masalan logistika rivojlanishining birinchi bosqichidagi moddiy oqimlar xarakati jarayo-ni ishtirokchilarining logistik integratsiyalashuvi darajasi, 1.1 rasmda ko‘rsatilgan.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha masa-lalarni birgalikda yechish, ularni alohida yechishga nisbatan murakkabroqdir. Bunda boshqacha uslublar, hamda mutaxassislarning boshqacha tayyorgarligi talab etiladi.



Logistika rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XX asrning 80chi yillariga to‘g‘ri keladi. Ushbu davrda logistikaning integratsion asosi kengayib, u ishlab-chiqarish jarayonini ham qamrab oldi.

Rasm. Logistika rivojlanishining birinchi bosqichi – transport-ombor jarayoni integratsiyasi.

Logistika rivojlanishi nuqtai nazaridan 80-yillar quyidagilar bilan tav-siflanadi:

jismoniy taqsimot qiymatining tez o‘sishi;

logistik jarayonlar boshqaruvini amalga oshiruvchi menedjerlarning kasbiy mahorati darajasini oshishi;

logistika sohasidagi uzoq muddatli rejalashtirish;

axborot to‘plash va logistik jarayonlarni nazorat qilish uchun kompyuterlar-ning keng miqyosda qo‘llanilishi;

80-yillarda erishilgan logistik integratsiya darajasi 1.2.-rasmda namoyish etilgan.



Rasm. Logistika rivojlanishining ikkinchi bosqichi: ishlab-chiqarish sexi, transport va ombor yagona mexanizm sifatida ish yurita boshlaydi.

jismoniy taqsimotning markazlashishi;

material o‘tkazuvchi zanjirlarda zaxiralarning keskin kamayishi;

taqsimotning haqiqiy xarajatlarini to‘g‘ri aniqlanishi;

moddiy oqimning oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan xarakati qiymatini pasayti-rish bo‘yicha tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.



Ko‘rib turganimizdek bu yerda, mahsulotni ishlab-chiqarish va realizatsiya qilish ombor va transportning o‘zaro faoliyatiga ishlab-chiqarishni rejalashtirish ham qo‘shiladi. Bu zaxiralarni kamaytirish, buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarilishi hiso-biga xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, uskunalardan foydalanishni yaxshilash imkonini beradi.




Download 164.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling