O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 8.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Asosiy maqsadlari Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o`rtasida Ko`proq foyda olish 7-Mavzu. Agrar munosabatlar va agrosanoat majmuasi Ma‟ruza mashgulotining o„qitish texnologiyasi Vaqti: 2 soat Talabalar soni: 45-50 nafar O„quv mashg„ulotining shakli Talabalar bilan hamkorlikda binar ma‘ruza Ma‟ruza mashg„ulotining rejasi 1. Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlari. 2. Agrosanoat integratsiyasi. 3. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi. 4. Agrobiznes va uning turlari. O`quv mashg`ulotining maqsadi talabalarda agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari, renta munosabatlari, agrosanoat integratsiyasi, agrosanoat majmuasi va uning tarkibi, agrobiznes va uning turlari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. Pedagogik vazifalar: Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlari bilan tanishtirish; - Agrosanoat integratsiyasi mazmuni bilan tanishtirish; - Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi bo`yicha talabalarda mantiqiy va tahliliy O`quv faoliyatining natijalari: Talaba: Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlarini yortishi; - Agrosanoat integratsiyasi mazmunini sanab berish; - Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi bo`yicha omillarni ko`rsata bilish; 166 Ma‟ruza mashg„ulotining texnologik kartasi Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni O„qituvchi talaba Tayyorgarlik bosqichi (5 min) Avvalgi darsning so`ngida ma‘ruza matni talabalarga beriladi. «Insert» texnikasini qo`llagan holda o`qib chiqish tayinlanadi. Guruhlarda o`qitish uchun har bir guruh vazifasi ishlab chiqiladi. Vazifani oladilar va bajaradilar. 1-bosqich. Kirish (10 min.) 1.1. Mavzu maqsad va rejadagi o`quv natijalarini va uni o`tkazish rejasini ma‘lum qiladi. Mashg`ulotning o`zaro aloqa usulida o`qitishni e‘lon qiladi. 1.2. Talabalarga berilgan vazifani eslatadi. Mazkur mavzudan qanday yangi ma‘lumot olganliklarini so`raydi. 1.3. Qanday savollar tug`ilganligini bilish uchun, ularni doskaga yozib chiqadi. 1.1. Eshitadilar, yozib oladilar. 1.2. Savollarni o`rtaga tashlaydilar 2-bosqich. Asosiy (55 min.) 2.1. Talabalarni kichik guruhlarga ajratadi. Har bir guruh mavzuning ma‘lum bir savoli bo`yicha ―ekspert‖ bo`lishini va boshqalarni o`qitishni ma‘lum qiladi. Ekspert varaqalari, oq qog`oz (A32) markerlarni tarqatadi. Savollarning mazmunini tushuntiriradi. Qaysi materialdan foydalanish mumkinligini tushuntiradi. Ish reglamenti, baholash mezoni bilan tanishtiradi va mashg`ulot boshlanganini e‘lon qiladi (1,2-ilova). 2.2. Mavzu savollarining jamoa bo`lib muhokamasi va taqdimotini e‘lon qiladi. 1) o`zi konsultant-arbitr vazifasini o`taydi; 2) qo`shimcha savollar beradi. 3) har bir savol muhokamasining so`ngida o`zaro baholashni tashkil etib, yakuniy xulosa qiladi va talabalar e‘tiborini masalaning muhim tomonlariga qaratadi. 2.3. Talabalar bilimini tekshirish maqsadida mavzu savollariga javob berishni taklif qiladi. Tezkor savol-javob yoki test o`tkazadi. 2.1. Guruhlar vazifalarini oladilar va muhokama qiladilar. Kichik guruhlarda ishlashni boshlaydilar. 2.2. Guruhda javoblarni tayyorlaydi. Ko`rgazmali material tayyorlaydi 2.3. Guruh yetakchilari yoki a‘zolari o`zlarining savollari bo`yicha axborot beradilar. Ko`rgazmali materialdan foydalanadilar va qo`shimcha savollarga javob beradilar. 2.4. Boshqa guruh javoblarini baholaydi, savollar beradi. 3-bosqich. YAkuniy (15 min.) 3.1. O`quv faoliyatiga yakun yasaydi. O`zaro o`qitish natijalarini e‘lon qiladi. Faol ishtirokchilarni belgiladi va olingan bilimlarining kelajakdagi ahamiyatini ta‘kidlaydi. 3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: mavzu bo`yicha klaster tayyorlash. 3 Vazifani yozib oladilar fikrlashni shakllantirish; - Agrobiznes va uning turlari xususiyatlarini ko`rsatib berish. - Agrobiznes va uning turlari xususiyatlari borasidagi muammolarga o`z echimlarini taklif qiladilar. O„qitish uslubi va texnikasi Ma‘ruza, 2 kishilik (binar) dialog, klaster, Insert O„qitish vositalari Frontal, kollektiv, guruh O„qitish shakli Ma‘ruza matni, proektor, grafik organayzerlar, chizmalar O`TVG‗KT O„qitish shart-sharoiti Namunadagi auditoriya 167 1 –ilova. Vizual materiallar Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlari Qishloq xo‗jaligi xalq xo‗jaligining muhim bo‗g‗inidir. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta‘kidlab o‗tgandek, ―Respublika sanoatining ko‗pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to‗qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo‗jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o‗tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo‗jaligigiga bog‗liqdir‖. Demak, aholi uchun zarur bo‗lgan tovarlar bozorini to‗ldirish uchun qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‗jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‗rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo‗ladi. Bu munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil qiladi. Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish ko‗p jihatdan yer bilan bog‗liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Yer rentasi orqali yerga bo‗lgan mulkchilik xuquqi ro‗yobga chiqariladi. O‗zbekistonda ―yer–davlat mulki-umummilliy boylik...‖ bo‗lganligi sababli yerga bo‗lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. yerga egalik deganda avvalo yerga bo‗lgan mulkchilik huquqi ko‗zda tutiladi. yerga egalikni yeri bo‗lgan mulkdor amalga oshiradi. O‗zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta‘kidlanganidek: ―Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin‖. Yerdan foydalanish huquqi – bu o‗rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‗lishi shart emas. Real xo‗jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‗pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar bajaradilar. Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to‗liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o‗rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‗yicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud. Shu sababga ko‗ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo‗yicha asosiy va ko‗pinsha bir –biriga qahama –qarshi bo‗lgan nazariyalarga e‘tiborni qaratamiz. 2-ilova. Savollar 1. Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‗rnini va xususiyatlarini ko‗rsatib bering. 2. «Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izorlang. yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko‗rsatib bering. yer rentasining asl mazmunini tushuntiring. 3. Differensial (I va II) renta manbalari va taqsimlanishini tuchuntirib bering. Monopol renta nima? qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo‗ladi? 4. «Ijara haqi» va «er rentasi» ning farqlarini izorlang. 5. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering. 6. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalari iqtisodiy mazmuniga o‗z fikringizni bildiring. 168 3-ilova. Munozara qatnashchilariga eslatma 1. Munozara munosabatlar yig`indisi emas, balki muammo yechimi uslubiyatidan iborat. 2. Ko`p gapirmasdan boshqalarning so`zlashiga imkon ber. 3. Maqsadga erishish yo`lida hissiyotlarni jilovlab, batafsil o`ylagan holda so`zla. 4. Raqiblaring vaziyatini o`rganib, ularga xurmat bilan murojaat qil. 5. Raqiblaring tomonidan aytilgan fikrlarga tanqidiy va mulohazali yondash. 6. Munozara predmeti bo`yicha chetga chiqmagan holda to`g`ri yondashib gapir. Muammoli seminarning boshqaruv dastaklari Boshlovchi barcha vazifalarni o`ziga oladi – munozara bosqichlarini boshqarish, javoblarning asoslanishi va to`g`riligini tasdiqlash, qo`llangan termin va tushunchalarni aniqlash, munosabatlarni to`g`ri qo`llash va boshqalar. Taqdimotlarning taqsimotini to`g`ri boshqarish. Taqrizchi – tomonlarning ma‘ruzalarini yo`nalishlar bo`yicha belgilash va to`liq xarakterda baholash: dolzarbligi, ilmiy jihati, mantiqiyligi va masalalarning aniq qo`yilganligi, xulosalarning aniq ko`rsatilishi. Raqib – qabul qilingan tadqiqot o`rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U faqatgina ma‘ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan fikrlaridan zaif yoki xato tomonlarini topish hamda o`zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi ham mumkin. Ekspert – barcha munozaralarning, jumladan, munozara qatnashchilari tomonidan aytilgan fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va gipotezalarning maxsuldorligini baholaydi. Munozara reglamentini o`tkazish tartibi 1. Boshlovchi ma‘ruza mavzusi va ma‘ruzachilarning taqdimotlarin e‘lon qiladi. 2. Ma‘ruza 5 minut davom etadi. 3. Taqrizchi – 2 minut. 4. Raqib – ma‘ruza mavzusi bo`yicha fikrlarini 1-3 minut taqdim etadi. 5. Jamoaviy muhokama – 5-10 minut. AGROSANOAT MAJMUASI Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha Qishloq xo‘jaligi Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tayyor mahsulotlarni iste‘molchilarga yetkazib beruvchi soha Qishloq xo‗jaligi mashinasozligi, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati, omuxta yem ishlab chiqarish sanoati, mikrobiologiya sanoati va boshqalar Qishloq xo‗jaligi, o‗rmon xo‗jaligi, baliqchilik, pillachilik, asalarichilik Don mahsulotlari sanoati, paxta sanoati, yog‗-moy sanoati, go‗sht, sut sanoati, meva sabzavot sanoati, tamakichilik sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‗jaligidan olingan mahsulotlarni iste‘molchilarga yetkazib beruvchi (ulgurji va chakana savdo) tarmoqlar. 169 Seminar mashg„ulotining texnologik kartasi Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni O„qituvchi talaba 1-bosqich. Kirish (10 min.) 1.1. O`quv mashg`ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o`tkazish rejasini aytadi. 1.2. Mashg`ulot munozara tarzida o`tishini ma‘lum qiladi. 1.1. Diqqat bilan tinglaydilar va yozib oladilar 2-bosqich. Asosiy (55 min.) 2.1. Mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarga ta‘rif berishni taklif qiladi va shu asosida blis-so`rov o`tkazadi (1-ilova) 2.2. Ish guruhlarda juftliklarda o`quv vazifani bajarilgandan so`ng ―Muammoli seminar‖ sifatida davom ettirilishini e‘lon qiladi. ―Muammoli seminar‖ qoidalari bilan tanishtiradi (2-ilova). Guruhlarda ishlash qoidalarini eslatadi. 2.3. Talabalarni 4 ta guruhlarga ajratadi. Davra suhbatida muhokama qilish uchun savollar va vazifalarni tarqatadi (3-ilova). Vazifani bajarishda qo`shimcha materiallardan foydalanish mumkinligini ta‘kidlaydi. 2.4. Guruhlarni o`zaro baholashni tashkil etadi. Natijalarni baholash varaqlarini tarqatadi (4-ilova). 2.5. Guruhlarda ish boshlaganligini e‘lon qiladi, 2.1. Iqtisodiy tushunchalarga tarif beradilar. 2.2. O`quv vazifasi oladilar va tanishib chiqadilar. 2.3. Vazifani bajaradilar, taqdimot varaqlarini rasmiylashtiradi. 2.4. Boshqa guruhlar uchun 7-Mavzu. Agrar munosabatlar va agrosanoat majmuasi Seminar mashgulotining o„qitish texnologiyasi Vaqti: 2 soat Talabalar soni: 45-50 nafar O„quv mashg„ulotining shakli Talabalar bilan hamkorlikda binar ma‘ruza Seminar mashg„ulotining rejasi 1. Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlari. 2. Agrosanoat integratsiyasi. 3. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi. 4. Agrobiznes va uning turlari. O`quv mashg`ulotining maqsadi talabalarda agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari, renta munosabatlari, agrosanoat integratsiyasi, agrosanoat majmuasi va uning tarkibi, agrobiznes va uning turlari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. Pedagogik vazifalar: Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlari bilan tanishtirish; - Agrosanoat integratsiyasi mazmuni bilan tanishtirish; - Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi bo`yicha talabalarda mantiqiy va tahliliy fikrlashni shakllantirish; - Agrobiznes va uning turlari xususiyatlarini ko`rsatib berish. O`quv faoliyatining natijalari: Talaba: Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlarini yortishi; - Agrosanoat integratsiyasi mazmunini sanab berish; - Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi bo`yicha omillarni ko`rsata bilish; - Agrobiznes va uning turlari xususiyatlari borasidagi muammolarga o`z echimlarini taklif qiladilar. O„qitish uslubi va texnikasi Ma‘ruza, 2 kishilik (binar) dialog, klaster, Insert O„qitish vositalari Frontal, kollektiv, guruh O„qitish shakli Ma‘ruza matni, proektor, grafik organayzerlar, chizmalar O`TVG‗KT O„qitish shart-sharoiti Namunadagi auditoriya 170 maslahatlar beradi. 2.6. Prezentasiyalarni taqdim etishlarini taklif qiladi va munozarani shakllantiradi. Munozara savol-javoblariga aniqlik kiritadi. Munozara bo`yicha xulosalar qiladi. savollar tayyorlaydi. Munozarada ishtirok etadi. YOzib oladi. 3-bosqich. YAkuniy (15 min.) 3.1. Ishga yakun yasaydi umumiy xulosalar qiladi, talabalarni baholaydi. 3.2. Kelgusi mavzuni Insert usulida o`qib kelishni mustaqil ish uchun vazifa qilib beradi. 3.1. Tinglaydilar, vazifani yozib oladilar. 1-ilova Guruh bilan ishlash qoidalari Har bir guruh a‘zosi: - o`z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim; - berilgan topshiriqlar bo`yicha faol, hamkorlikda va mas‘uliyat bilan ishlashlari lozim; - o`zlariga yordam kerak bo`lganda so`rashlari mumkin; - yordam so`raganlarga ko`mak berishlari lozim; - guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim; - ―Biz bir kemadamiz, birga cho`kamiz yoki birga qutilamiz‖ qoidasini yaxshi bilishlari lozim. 2-ilova Guruhlar uchun vazifalar 1. Guruh. 1. Iqtisodiyotda monopoliyalar, ularning faoliyat qilishi va tartibga solinishi izohlang. 2. Guruh. 1. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida raqobatchilik muhitini vujudga keltirishni izohlang. 3. Guruh. 1. Erkin raqobatning afzalliklari izohlang. Guruh Mavzuning echimi Tushuntirish (aniqlik, mantiq) Guruh faolligi (qo`shimchalar, savollar) Jami ballar Baho (1,2) (1,2) (0,6) (3,0) 1. 2. 3. 4. 3-ilova “Insert usuli” Insert - samarali o`qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o`qib-o`rganishda yordam beradi. Bunda ma‘ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o`qib chiqib, «V; Q; -; ?» belgilari orqali o`z fikrini ifodalaydi. Matnni belgilash tizimi (v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi. (Q) – yangi ma‘lumot. (-) – men bilgan narsaga zid. (?) – meni o`ylantirdi. Bu borada menga qo`shimcha ma‘lumot zarur. 171 Insert jadvali Tushunchalar V Q - ? Raqobat Tarmoqlar ichidagi raqobat Tarmoqlararo raqobat Monopoliya Sof monopoliya Oligopoliya Monopolistik raqobat 4-ilova. Qishloq xo„jaligi mahsulotlari va sanoat mollari narx indekslarining o„zgarishi 172 Ma`ruza mashgulotining texnologik kartasi Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni O‟qituvchi talaba 1-bosqich. Kirish (10 min.) 1.1. O`quv mashg`ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o`tkazish rejasini aytadi. O`qitish guruhlarda ishlash texnologiyasi asosida olshib borilishini e‘lon qiladi. 1.2. Mavzuning tayanch iboralari asosida blits- so`rov o`tkazadi. Talabadan javobni eshitadi va mavzu muhokamasi guruhlarga ishlar taqdimotidan so`ng davom etishini e‘lon qiladi. Har bir talaba guruh bahosiga mos ravishda baho olishini tushuntiradi, guruhlarda ishlash qoidalari 1.1. Tinglaydilar, yozib oladilar. 1.2. Savollarga javob beradilar 8-Mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o„lchamlari. Ma‟ruza mashgulotining o„qitish texnologiyasi Vaqti: 2 soat Talabalar soni: 45-50 nafar O„quv mashgulotining shakli Amaliy topshiriqlarni yechish va garfik organayzer ―Klaster‖ asosida axborot vizual ma‘ruza Ma‟ruza mashg`ulotining rejasi 1. Milliy iqtisodiyot, uning mazmuni, shakllanish shart-sharoitlari va omillari. 2. Milliy iqtisodiyot rivojlanishini tavsiflovchi ko`rsatkichlar. YAIM. YAMM. 3. YAlpi milliy mahsulotni hisoblash usullari. O`quv mashg`ulotining maqsadi milliy iqtisodiyot muvozanatligi va mutanosibligi, ularning turlari, erishish usullari to`g`risida to`liq tasavvurni shakllantirish. Pedagogik vazifalar: - iqtisodiyot muvozanatligi va mutanosibligi, ularning turlari, erishish usullari haqida tushuncha berish; - klassik va keynschilik modeli bo`yicha ishlab chiqarish hajmini muvozanalashtirishga erishishning o`ziga xos xususiyatlarini yoritish; - yalpi xarajat va ishlab chiqarish hajmi shuningdek, jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usullarini tavsiflash; - milliy iqtisodiyotni muvozanatlashti- rishda fiskal siyosat ahamiyatini izohlash. O`quv faoliyatining natijalari: Talaba: -makroiqtisodiy muvozanat, mutanosiblik, tarmoqlararo balans, resession va inflyatsion farqlar tushunchalariga ta‘rif berish; - iqtisodiy mutanosiblik turlarini sanash; - makroiqtisodiy muvozanatlikka erishishning bozor mexanizmini yoritish; - milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta‘minlashda fiskal siyosatning ahamiyatini tavsiflash. O‟qitish uslubi va texnikasi Vizual ma‘ruza, insert, aqliy hujum, texnikalar: blits so`rov, ―o`ylang-ishlang va juftlikda muhokama qiling‖, grafik organayzer: klaster. O‟qitish vositalari O`quv materiallar, proektor, vizual materiallar, A32 bichimidagi qog`oz, marker, skotch O‟qitish shakli Frontal, jamoa va guruhda ishalash . O‟qitish shart-sharoiti Texnik ta‘minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo`ljallangan auditoriya 173 bilan tanishtiradi (2-ilova). Guruhlarda ishlash natijasi plakat qog`ozlarda ko`rsatilishi kerakligini ma‘lum qiladi. 2-bosqich. Asosiy (55 min.) 2.1. Talabalarni 3 guruhga ajratadi. O`quv topshiriqlarini tarqatadi (4-ilova). Vazifa butun guruh tomonidan bajarilishini e‘lon qiladi. Vazifani bajarishda darslik, ma‘ruza matnlari va boshqa qo`llanmalardan foydalanish mumkinligini tushuntiradi. O`quv natijalarini eslatadi. Guruhlarda ishlarni boshlashni e‘lon qiladi. 2.1. O`quv topshiriq- larini baholash ko`rsatkichlari va mezonlari bilan tanishadilar. Vazifani bajaradilar 3-bosqich. YAkuniy (15 min.) 3.1. Taqdimot va guruhlarda ishlash natijalarini o`zaro baholashni tashkil etadi. Javoblarni sharhlaydi, bilimlarni umumlashtiradi, vazifani bajarish jarayonidagi asosiy xulosalarga e‘tiborni qaratadi. 3.2. Munozara uchun savollar beradi (5-ilova) 3.1. Taqdimot qilishadi, qo`shimchalar qilishadi, baholashadi. 4-bosqich. YAkuniy (5 min.) 4.1. Mashg`ulotga yakun yasaydi, faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Kelajakda amaliyot va o`quv faoliyatidagi ahamiyatini ta‘kidlaydi. 4.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi. 4.1. Tinglaydilar, aniqlashtiradilar. 4.2. Mustaqil ish uchun vazifani yozib oladilar. Download 8.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling