O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyati
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
5.1. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyati
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to’g’ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayondir. Jumladan, korxonaning pul mablag’lari va pulga tenglashtirilgan qimmatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlanishining xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha jabhalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida boshqaruv su’yektlariga faqat axborotga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to’g’ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo’ladi. Korxonalar xo’jalik faoliyatini samarali boshqarishda foydalaniladigan axborotlar manbalariga pul mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlar ham kiradi. Respublikamiz amaliyotida xo’jalik su’yektlarining pul mablag’lari harakatini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakli sobiq ittifoq davrida ham, mustaqillikning dastlabki yillarida ham mavjud bo’lmagan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i bilan ilk marotaba respublikamiz amaliyotida «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot shakli amal qila boshladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot-korxona faoliyatining muayyan hisobot davridagi pul mablag’larining holatiga va joriy davrda pul mablag’larining o’zgarishini tavsiflovchi ma’lumotlar olish imkonini beradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot shakli korxonani samarali boshqarish uchun zarur axborotlarni berish bilan birgalikda tashqi foydalanuchilar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ham shakllantiradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari investorlar va kreditorlar uchun quyidagi masalalarning yechimini topish uchun nasos bo’ladi: kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining tuzilmasi; pul mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi summasi; kelib tushgan va sarflangan pul mablag’lari nisbat koeffitsiyenti (pul mablag’lari oqimi koeffitsiyenti). «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot boshqa hisobot shakllari bilan birgalikda korxonaning eng likvid aktivlaridagi o’zgarishlarni, uning moliyaviy tuzilmasini (jumladan, likvidlik va to’lovga layoqatliligini), korxonalarning qiyoslama baholash maqsadida kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatini modellashtirish imkonini beradigan doimiy ravishda o’zgaruvchi tashqi va ichki omillar sharoitida pul oqimlari harakatini tartibga solish layoqatini baholash va tushunishga xizmat qiluvchi axborot taqdim etilishini ta’minlaydi. Хalqaro buxgalterlar assotsiatsiyasi (FASV kengashi) taqdimotiga ko’ra, "Pul mablag’larining harakati to’g’risida"gi hisobotning asosiy maqsadi qilib 84 kompaniyaning barcha investorlari va kreditorlarini pul mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan yetarli darajada ta’minlash. Хorijlik olimlar B.Nidlz va Х.Andersonlarning fikriga ko’ra, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishning asosiy maqsadiga quyidagicha tavsif beriladi: «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning asosiy maqsadi bo’lib, hisobot davrida korxonaning pul va pul mablag’larini kirimi va chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlarni batafsil aks ettirish" hisoblanadi. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling