O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish olididan o’tkaziladigan hisob ishlari


Download 264.41 Kb.
bet28/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

4.4. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish olididan o’tkaziladigan hisob ishlari
Korxonalar yillik hisobotni tuzishdan oldin hisob-kitoblarni aniqlashtirish bilan bog’liq qator tadbirlarni amalga oshiradilar. Ushbu tadbirlarning ayrimlari «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzishga bevosita aloqador hisoblanadi. Ushbu tadbirlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
korxonaning asosiy vositalarini inventarizatsiya qilish; -asosiy vostalarni qayta baholash;

75

-hisobot davrida kelib tushgan asosiy vositalar boshlang’ich qiymatini shakllanishi bilan bog’liq muomalalarni aniqligini tekshirish;


-hisobot davrida chiqib ketgan asosiy vositalar boshlang’ich qiymati va eskirishining to’g’ri hisobdan chiqarilganligini tekshirish;

-tugallanmagan qurilish qiymatining to’g’riligini aniqlash.


Korxonaning asosiy vositalarini inventarizatsiya qilish 19-BHMA «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish»ga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu standartga muvofiq asosiy vositalarning inventarizatsiyasi quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
asosiy vositalar-yilda 1 marta, 1 oktabrdan keyin; imorat, muqim turgan ob’yektlar 2-3 yilda 1 marta; kutubxona fondi-5 yilda 1 marta;

kapital qo’yilmalar yilda 1 marta, 1 dekabrdan keyin.


Inventarizatsiya natijasining «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun muhimliligini quyidagilar bilan bog’lash mumkin:

asosiy vositalarning haqiqatan mavjudligi tasdiqlanadi;

ishlatishga yaroqsiz va ta’mirga muhtoj asosiy vositalar aniqlanadi;
haqiqatda mavjud ammo asosiy vositalar tarkibida hisobga olinmagan ob’yektlar aniqlanadi va ularning kirimi ta’minlanadi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun muhim tadbirlardan biri asosiy vositalarni qayta baholash hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli «Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq barcha xo’jalik yurituvchi su’yektlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati o’zgaradi.

Shu bilan birgalikda ularning eskirish summasi ham o’zgaradi.


Qayta baholash natijasida asosiy vositalar boshlang’ich qiymatining ko’payishi korxonaning «Rezerv kapitali» tarkibida 8510 «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining kreditida hisobga olinadi va tuzatish summalariga asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar debetlanadi.
Shu bilan birgalikda eskirish summasiga ham o’zgartirishlar qilinadi. Qayta baholash natijasida eskirish summasining o’zgarishi «Rezerv kapitali» tarkibida hisobga olinadi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar summasi o’ssa, eskirish summasi ham o’sadi. Aksincha kamaysa, u eskirish summasi ham kamayadi. Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatlarining to’g’riligini aniqlashtirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda asosiy vositalarni qayta baholash natijalarini «Rezerv kapitali» va «Asosiy vositalar»ni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirilishi tekshiriladi.

76

Ikkinchi bosqichda qayta baholash natijasida asosiy vositalar eskirishining «Rezerv kapitali» va «Asosiy vositalar»ni hisobga oluvchi schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi tekshiriladi.


Hisobot davrida turli sabablarga ko’ra asosiy vositalar korxonadan (uning balansidan) chiqib ketadi. Natijada asosiy vositalar va ularning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlarida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlar «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bu o’zgarishlarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligi tekshirilishi lozim. Buning uchun asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati va eskirish summalarining hisobdan chiqarilishi ularning har biri bo’yicha alohida tekshirib ko’rilishi lozim.
Korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun asosiy vositalarni yangilashga alohida e’tibor qaratadilar. Yil davomida kelib tushgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati va ularga hisoblangan eskirish summalari «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topadi. Bu ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlashtirish uchun eng avvalo kelib tushgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatining to’g’ri shakllantirilganligi aniqlashtirilishi lozim. Shuningdek, yangidan kelib tushgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summalarining to’g’ri hisoblanganligi tekshirilishi zarur. Bunda eng avvalo amortizatsiya normalarining to’g’ri belgilanganligi hamda amortizatsiya hisoblash sanasining to’g’ri belgilanganligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda kapital qurilish alohida ahamiyatga ega. Kapital qurilish qaysi usulda olib borilishidan qat’iy nazar yil oxirida uning tugallanmagan qismi uchun sarflangan xarajat qiymati aniqlanishi zarur. Agar qurilish pudrat usulida olib borilsa, tugallanmagan qurilish qiymati korxona tomonidan to’langan summada hisobga olinadi. Qurilish xo’jalik usulida olib borilganda yil davomida haqiqatda sarflangan xarajatlar summasidan tashkil topadi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni oldin amalga oshiriladigan hisob-kitob ishlarining to’g’ri tashkil qilinishi va sifatli amalga oshirilishi hisobot ko’rsatkichlarining to’g’riligi, haqqoniyligi va ob’yektivligini ta’minlab beradi.


Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling