O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot agregatlari va ularning mazmuni


Download 264.41 Kb.
bet27/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

4.3. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot agregatlari va ularning mazmuni
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning 010-190 satrlarida ularning mazmunini ifodalovchi ko’rsatkichlar keltirilgan. Ushbu hisobotning 010-160 satrlaridagi ko’rsatkichlar 21-BHMAda keltirilgan asosiy vositalar tasnifiga mos keladi. Qolgan ko’rsatkichlarni buxgalteriya hisobi schyotlaridan jamlash yo’li bilan olinadi.
Hisobotning «yer» ko’rsatkichi korxonaga qonunchilikka muvofiq mulk sifatida berilgan yer maydonlarini bildiradi. O’zbekiston Respublikasi «Yer Kodeksi»ning 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxslar yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lishlari mumkin».
«Yerni obodonlashtirish, yer maydonlari tuzilishini o’zgartirish, yo’llarni qurish, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun saqlash joylari, devorlar va boshqa inshootlarni qurish bilan bog’liq muomalalarning natijasi aks ettiriladi.
Yer maydonlari, o’rmonzor va suv havzalariga, ko’p yillik daraxtzorlarga sarflangan kapital qo’yilmalar barcha obodonlashtirish ishlari tugatilishidan qat’iy nazar foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar sifatida asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinadi.
Respublikamizda hozirgi bozor munosabatlari sharoitida yerning asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi uning muayyan qiymatiga ega ekanligidan dalolat beradi.

73

«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish» ko’rsatkichiga uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog’liq kapital xarajatlar, shuningdek, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham aks ettiriladi.


Hisobotning bino ko’rsatkichida ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy–xo’jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlar ob’yektlari ko’rsatiladi. Inshootlar ko’rsatkichida ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob’yektlari-avtomobil yo’llari, ko’priklar, osma yo’llar, suv omborlari, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalarning qiymati ko’rsatiladi.
Uzatuvchi moslamalar tarkibiga mashina, dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’yektdan boshqa ob’yektga o’tkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr o’tkazish yo’llari, quvur yo’llari, issiqlik va gaz tarmog’i hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va uskunalar tarkibi ancha murakkab bo’lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
-kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug’ dvigatellari, turbinalar, kuch tarsformatorlari va boshqalar)dir;
-ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo’sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo’zg’atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
-o’lchash va boshqaruv asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko’rsatkich)larni o’lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o’lchshda ishlatiladi. Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati asboblari va boshqalar kiradi;
Boshqa mashina va jihozlarga yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan mashina va jihozlar hisobga olinadi. «Mebel va ofis jihozlari» tarkibida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun mo’ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig’imlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar). Shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qog’oz qirqadigan va yo’q qiladigan mashinalar va boshqalar) aks ettiriladi.
«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi» ko’rsatkichida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
Тransport vositalari ko’rsatkichida passajirlar maqsadlaridagi narsalarni tashishga mo’ljallangan harakat vositalari (temir yo’l, suv, avtomobil, kommunal transport iva muhim neft quvur yo’llari)ning qiymati o’z aksini topadi.

74

Hisobotning «Ishchi hayvonlar ko’rsatkichida ishchi kuchi sifatida


foydalanadigan otlar, xo’rozlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa transport vositasi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlarning qiymati ko’rsatiladi.
Mahsuldor hayvonlar tarkibida mahsulot beradigan qishloq xo’jaligi mollari-sigirlar, biyalar, tuyalar, qo’ylar, echkilar va boshqa hayvonlar hisobga olinadi.
Ko’p yillik o’simliklar ko’rsatkichi bog’lar, uzumzorlar va boshqa mevali bog’lar, shuningdek ko’kalamzorlashtirish, dekoratsiya yashil devorlar hamda boshqa ko’p yillik o’simliklarning qiymatini aks ettiradi.
«Boshqa asosiy vositalar» tarkibida yuqoridagi ko’rsatkichlarga kiritilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
«Konservatsiya qilingan asosiy vositalar» ko’rsatkichida qonunchilikda o’rnatilgan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar hisobga olinadi.
Hisobotda «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)ga olingan asosiy vositalar» ko’rsatkichida korxonada uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar qiymati aks ettiriladi.
Jami asosiy vositalar ko’rsatkichida 010-160 satrlardagi yoki yuqorida keltirilgan barcha ko’rsatkichlarning yig’indisi o’z aksini topadi.
Hisobotda korxonaning asosiy vositalari ishlab chiqarishga mansub va noishlab chiqarishga mansub va noishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalarga guruhlangan holda ko’rsatilishi lozim. Buning uchun «Ishlab chiqarish» (171-satr) va «noishlab chiqarish» (172-satr) ko’rsatkichlari tayinlangan.
Shu bilan birgalikda hisobotda ma’lumot uchun «yil davomida sotib olingan asosiy vositalar» jami (180-satr) ko’rsatkichi mavjud bo’lib, u quyidagi ko’rsatkichlarning yig’indisi sifatida ko’rsatiladi:

-o’z mablag’lari hisobiga (181-satr);

-bank krediti hisobiga (182-satr);

-boshqa qarzga olingan mablag’lar hisobiga (183-satr).


Ushbu ko’rsatkichlarning yig’indisi yil davomida korxona sotib olgan asosiy vositalarning qiymati to’g’risida ma’lumot beradi.
Hisobotda «Тugallanmagan qurilish» ko’rsatkichi ham mavjud bo’lib, unda yil davomida tugallanmagan kapital qurilish (pudrat yoki xo’jalik usulida amalga oshirilishidan qat’iy nazar) xarajatlari hisobga olinadi. Bu ko’rsatkich titulli, ya’ni kelgusida asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadigan binolar, imoratlar, inshootlar va boshqalarni qurish bilan bog’liq kapital qo’yilmalar hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar to’g’risida ma’lumot beradi.

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling