7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash
Download 123.5 Kb.
|
Ma\'ruza sifat 7-mavzu
7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash7. 1. Sertifikatlashtirishning mazmuni va mohiyati. 7.2. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish. 7.3. Sertifikatlashtirish sxemalari. 7.4. Ekspert auditorlar. Sertifikatlashtirish so‘zi lotin tilidan olingan bo’lib, "to’g’ri ishlab chiqarilgan" degan ma’noni bildiradi. Mahsulotning to’g’ri ishlab chiqarilganligini bilish uchun uning me’yoriy hujjatlaridagi me’yorlarga mosligini tekshirish zarur. Bunday vazifani sertifikatlash amalga oshiradi. Me’yorlarga mos kelishini tekshirish uchun sinovlar o‘tkazish lozim. Sinovlar texnik operatsiyalar bo’lib, mahsulotning bir yoki bir necha tavsifnomalarini aniqlashdan iboratdir. Sinovlar sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Me’yorlarga moslik darajasini sistematik tarzda tekshirish me’yorlariga moslikni baholash deyiladi. "3-tomon" amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Sertifikatsiya mahsulotning (jarayonning, xizmatning) berilgan talablariga mosligini isbotlovchi asosiy ishonchli usuli hisoblanadi. Sertifikatsiya jarayonining tashkil etuvchilari, qoidalar, sinovlar va boshqalar quyidagi omillarga bog‘liq bo’ladi. Bu omillarga standartlash, sifat va bevosita sertifikatsiyaga taalluqli bo‘lgan qonunchilik, sertifikatsiya ob’ektining o‘ziga xos xususiyatlari kiradi. Sertifikatsiyalash termini uning markaziy organi amalga oshiradi va bu organning vazifalariga quyidagilar kiradi: Tizim ustidan boshqaruvni amalga oshirish; Faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirish va boshqa organlarga sertifikatsiyani o‘tkazish bo‘yicha huquqni berish. Sertifikatsiyani o‘tkazishning qoidalari va tartibini belgilash; Sertifikatsiyani amalga oshirish uchun me’yoriy hujjatlarni tayyorlash; Sertifikatsiya jarayonini amalga oshirish; Sertifikatsiya jarayoni ustidan nazorat o‘tkazish tartibini belgilash. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko’rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga, ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi. "Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov labaratoriyalarining akkreditatsiyalash sohalaridagi asosiy atamalar va ularning qoidalari" qo’llanmasiga kirgizilgan. Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo’llanmasida "sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan: -sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda (muvofiqlikni sertifikatlashtirish) uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi; -sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi (ta’minlovchining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish) tushuncha zaruriyatini tug’dirmoqda. Qo’llanmaning qayta ishlangan nusxasida muvofiqlikni "sertifikatlashtirish" tushunchasi tegishli atamalar guruxiga kiritilgan. Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlash belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb etkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqlik haqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishga aytiladi. Bu atamani so’ngi vaqtlarda "o‘z o‘zini sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashinayotgani qayd qilinmokda. O’z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon bugun ma’suliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolotini o‘z ichiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. Muvofiqligini attestatlash uchinchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, ma’lum na’muna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi. Sertifikatlashtirish deganda mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikavii shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, molning) sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi. Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi", u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatsiyalashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatsiyalashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqalariga ega bo‘lgan tizimdir. "Sertifikatsiyalashtirish tizimi" atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi tushunchasi kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: Muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi". Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to’g’risida to’xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi azosi. Sertifikatlashtirish tizimidan foidalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyatlari tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling