7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


YAponiyada sertifikatlashtirish


Download 123.5 Kb.
bet8/15
Sana24.03.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1291215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 7-mavzu

YAponiyada sertifikatlashtirish.
YAponiyada sertifikatlashtirishning 3 turi mavjud.

  1. Majburiy sertifikatlashtirish – bu sertifikatlashtirishning qonun talablariga mosligini tasdiqlaydi.

  2. Milliy standartlarga moslik bo‘yicha sertifikatlashtirish - bu sertifikatlashtirishni hukumat tomonidan belgilangan vakolatli organlar amalga oshiradi.

  3. Sertifikatlashtirish bo‘yicha xususiy organlar tomonidan amalga oshiriladigan ixtiyoriy sertifikatsiya.

Majburiy sertifikatlashtirish hozirgi kunda amal qilayotgan 30 ga yaqin qonunlar bilan tartibga solinadi. Bu qonunlarda sertifikatlashtirish sxemalari, moslik belgilari, boshqaruv organlari, sertifikatlashtirishni tashkil etish bo‘yicha mas’ul shaxslar va nazorat qilish tartibi belgilanadi. Vakolatli organlar texnikaviy reglamentlarni ishlab chiqishadi va shu reglamentlarga mos holda sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazadi.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha qonuniy holatlarini ijro etilishi vazirliklar va boshqa organlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Masalan sanoat va tashqi savdo vazirligiga 10 qonuniy ijrosini ta’minlash yuklatilgan.
YAponiyada turli xil ixtiyoriy belgilar amal qiladi. Bu belgilarni assotsiatsiyalar va boshqa jamiyatlar tovarlarning ma’lum bir talablarga javob berish to’g’risidagi axborotlar bilan iste’molchilarni ta’minlaydi. Bu belgilar oziq-ovqat tovarlar uchun aloxida xususiyatga ega. SHunday qilib shuni ta’kidlash kerakki, YAponiya bozoriga kirish uchun eksporterlar YAponiyada amal qiluvchi standartlar va qoida talablaridan, sinov natijalariga bo‘lgan talablardan xabardor bo’lishi kerak. Buning uchun YAponiyadagi hamkorni to’g’ri tanlash lozim. Agarda hamkorni to’g’ri tanlamasa, tovarni bozorga siljitish mumkin emas. Xorijiy tovar etkazib beruvchilar YApon bozoriga turli xil yo‘llar bilan kirmoqchi bo’lishadi yoki ichki bozorni himoya qiluvchi qattiq to’siqlarni kamaytirish chora tadbirlarini ko’rishadi. Sifat tizimlarini sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun YAponiyada sifat tizimlarini sertifikatsiyalash bo‘yicha assotsiatsiya tuzilgan. Bu assotsiatsiyaning funksiyalariga quyidagilar kiradi:

  1. Auditorlarni o‘qitish ularni attestatsiya qilish tovar etkazib beruvchi bilan qayd etish bilan shugullanuvchi tashkilotlar sifat tizimlari va mahsulot sertifikatlashtirish bo‘yicha organlarni akkreditatsiyalash bo‘yicha organlarni akkreditatsiya qilish.

  2. Sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha xorijdagi organlarni akkreditatsiyasini tan olish bo‘yicha amaliy harakatlarni amalga oshirish va tadqiqotlar o‘tkazish. Bundan tashqari milliy va xorijiy tashkilotlar bilan munosabatlarni ushbu sohada muvofiqlashtirish. JAS

  3. JAB – maqsadlarga erishish bo‘yicha yo’naltirilgan ishlarini bajarish.


Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling