7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


Germaniyada sertifikatlashtirish


Download 123.5 Kb.
bet6/15
Sana24.03.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1291215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 7-mavzu

Germaniyada sertifikatlashtirish.
Germaniyada sertifikatsiyalashni huquqiy asosi bo’lib axolining sog‘ligi va xayotini himoyalash, atrof-muhitni muhofaza qilish, mexnat xavfsizligi, resurslar tejamkorligi va iste’molchilar manfaatini himoya qilish sohalaridagi qonunlar hisoblanadi. 1990 yildan boshlab mamlakatda sifatsiz mahsulotlar to’g’risidagi qonun amal qiladi. Ushbu qonun Evropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarni qonunchiligi bilan uygunlashtirilgan (garmonizatsiya) va yagona bozor miqyosida sertifikatsiyalashni huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Ushbu qonun ko’plab tovarlarni qamrab oladi (uo’inchoklardan tortib uskunalargacha).
GATT/VTO tashkilotining Germaniyadagi axborot markazining ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatdagi sertifikatsiyalashni umummilliy tizimi bir necha sertifikatsiyalash tizimlarini o‘z ichiga oladi. Germaniya Iqtisodiyotining 80-90% ehtiyojini umummilliy tizimni tashkil etuvchi quyidagi tizimlar qondiradi:

  1. A-reglamentlarga moslik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi.

  2. A1- DIN standartlariga moslik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi

  3. A2 - VDE sertifikatsiyalash tizimi

  4. A3 - DVGW - sertifikatsiyalash tizimi

  5. V - Germaniya sifatni kafolatlash instituti va RAL markirovkasi bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi

  6. C-GS - belgisi bo‘yicha sanoat texnologiyasi sertifikatsiyalash tizimi

  7. D - qurilish konstruksiyasini federal me’yorlarga mosligini nazorat qilish tizimi

  8. E – o’lchash vositalari va etalonlarini sertifikatsiyalash tizimi

  9. F- Germaniya sanoat qonunchiligining 24-bo‘limiga moslik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi.

Germaniyada sifat tizimlarini sertifikatsiyalash bo‘yicha amaliy ishlarni sifat tizimlarini sertifikatsiyalash bo‘yicha jamiyat olib boradi. Bu jamiyat ISO - 9000 standartlarini yaratilishidan oldin to‘zilgan edi. Bu jamiyat notijorat tashkilot bo’lib, sifat tizimlarini baholashni va sertifikatlar berishni amalga oshiradi. Moslik belgisidan foydalanish bo‘yicha litsenziya beradi. Ushbu tashkilot nomidan sifat tizimlarini sertifikatsiyalashni amalga oshirish huquqi bo‘yicha tashkilotlarni akkreditatsiya qiladi, nazoratchilarni o’qitadi, hamda Germaniyani xalqaro tashkilotlarda o‘z vakolati doirasida tashkilotlarda taqdim etadi (DQS).
DQS jamiyatda tijorat tashkilotlari ham akkreditatsiya qilingan bo’lib, ushbu tijorat tashkilotlari sifat tizimlarini sertifikatsiyalash bo‘yicha faoliyat yuritish huquqini olishadi. Sertifikatsiyalashlarni o‘tkazish bo‘yicha bunday huquqni texnik nazorat bo‘yicha Germaniya TYjamiyati Germaniyaning turli erlarida xizmat qiladi. 1989 yildan boshlab, sifat tizimlarini sertifikatsiyalash bo‘yicha ishlarni TU, SERT tashkiloti tartibga solib turadi. Ushbu tashkilot Evropa darajasida rasmiy ravishda qayd etilgan va uning faoliyati ISO-9000 seriyasidagi standartlarga asoslangan. Germaniyada akkreditatsiya bo‘yicha nemis kengashi (DAR) boshqarib boradi. Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish EN-45000 seriyasidagi Evropa standartlariga mos holatda amalga oshiriladi.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling