7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash
Download 123.5 Kb.
|
Ma\'ruza sifat 7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi sxema.
- Ettinchi sxema.
- Sakkizinchi sxema
Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot na’muna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan bo’lib, so’ngra savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda na’munalar sifatini nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina kolmay, balki korxonada chikaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo’lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonada mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida va uning me’zonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarida, hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko’p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to’rtinchi sxemalariga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo’lib, uning afzalligi iste’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch xosil qiladi, bu esa asosiy me’zon hisoblanadi.
Oltinchi sxema. Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimni baholashni o‘tkazishga mo’ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi. Ettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan to’dasidan sinovlarga tanlab olishga assoslangan. Tanlab olish sinovlarning natijalariga qarab to’dani ortish uchun qaror qabul kilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning xajmi aniqlanishi lozim. Bu esa tayyorlangan tudaning katta-kichikligiga makbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘lik.Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani tuplash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo’llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan bog‘liqdir. Sakkizinchi sxema. Xar bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yo’qorida sxemalarga karaganda ta’minlovchining mas’uliyati ancha yo’qori. Tabiiyki, muvaffakiyatli sinovlardan utgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yo’qori va kat’iyrok talablar kuyilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta Iqtisodiy zarar etkazganida qo’llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko’prok qo’llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir. Buyuk Britaniya instituti tomonidan sertifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqlanishi (attestatlanishi)ga asoslangan. Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari taxlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to’liq bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmokda. Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi. Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shaxobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shunga o’xshashlarni bajarib, uchinchi tomon vazifasini bajaradi. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling