7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash
Xalqaro va regional sertifikatlashtirish. Sertifikatlashtirish sohasida ISO tashkilotining faoliyati
Download 123.5 Kb.
|
Ma\'ruza sifat 7-mavzu
Xalqaro va regional sertifikatlashtirish. Sertifikatlashtirish sohasida ISO tashkilotining faoliyati
ISOning sertifikatlashtirish sohasidagi asosiy faoliyati – bu tashkiliy-uslubiy ta’minotdir. 1985 yilgacha ushbu masalalar bilan (SERTIKO) sertifikatlashtirish komiteti shug’ullangan. 1985 yilda faoliyat sohasi kengayganligi tufayli (SERTIKO) sertifikatlashtirish komiteti sifat va sertifikatlashtirish bo‘yicha (KASKO) komitetga aylantirildi. (SERTIKO) sertifikatlashtirish komiteti faoliyatining asosiy yakuni bo’lib MEK, Xalqaro savdo markazi, savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi (YUNKTAD) va GATT/VTO tashkilotlari bilan hamkorlikdagi «Sertifikatlashtirish. Tamoyillar va amaliyot» nomli maxsus tadqiqotlar materiallarini nashr qilish hisoblandi. Ushbu holat bilan sertifikatlashtirishning xalqaro savdodagi rolini oshib borayotganligi mustaxkamlandi. ISO tomonidan sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan yagona tashkiliy-metodik hujjatlar, sertifikatlashtirish jarayonini uyg’unlashtirishga yordam beradi va bu o‘z navbatida milliy huquqiy qoidalarda farqlar bo‘lgan sharoitda ham sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish imkonini beradi. ISO tashkiloti sertifikatlashtirish tizimlari mavjud bo’lmagan mamlakatlarda ham sertifikatlashtirish tizimini yaratish bo‘yicha metodik jihatdan yordam beradi. Sifat va sertifikatlashtirish bo‘yicha KASKO komiteti faoliyatida 50 ga yaqin mamlakatlar ishtirok etadi. Komitet faoliyatining asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi: - mahsulot muvofiqligini baholash metodlarini va sifatni ta’minlash tizimlarini turli mamalakatlarda o’rnatilgan talablarga muvofiqligini o‘rganish; - sinovlar, mahsulot, jarayonlar, xizmatlarni inspeksion nazorat qilish va sertifikatlashtirish hamda sinov laborotoriyalari, sertifikatlashtirish organlari va sifatni ta’minlash tizimlari faoliyati va ularni baholash bo‘yicha qo’llanmalar tayyorlash; - milliy va mintaqaviy sifatni ta’minlash tizimlarini o‘zaro tan olish va qabul qilish, hamda sinovlar, nazorat, sertifikatlashtirish, sifat tizimlari va boshqalarda xalqaro standartlardan foydalanish. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling