7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


Evropa hamjamiyatida sertifikatlashtirish


Download 123.5 Kb.
bet11/15
Sana24.03.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1291215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 7-mavzu

Evropa hamjamiyatida sertifikatlashtirish.
1988 yilda Bryussel shaxrida Garbiy Evropa mamlakatlariniig sertifikatsiyalash va sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha simpoziumi bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda Evropa Hamkorligi mamlakatlari uchun sertifikatsiyalash va sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha yagona tavsiyanomalar ishlab chiqildi. Simpozium materiallari asosida Evropa Hamkorligi komissiyasi texnik shartlar, sinovlar va sertifikatsiyani o‘tkazish masalasiga kompleks yondashuv bo‘yicha rezolyusiya tayyorladi. Ushbu hujjatning qoidalari Evropa xalqlarida sertifikatsiyalash va yangicha yanada yuqori darajada yondashuv boshlanishini bildirdi.
Asosiy talablar standart talablaridan farqli ravishda majburiy xarakterga ega edi. Agar standart uygunlashgan bo’lsa, bu standart bo‘yicha tayyorlangan mahsulot asosiy talablarga mos keladi deb hisoblanar edi. SHu munosabat bilan ishlab chiqaruvchi uchun mahsulotni nazorat qilish jarayoni yangilanar edi. Agar mahsulot uygunlashmagan standart bo‘yicha ishlab chiqarilgan bo’lsa, biroq asosiy talablarga javob bersa, bu holda 3-tomonning moslik to’g’risidagi tasdigi zarurdir.
Ushbu masalaga kompleks yondashuv sertifikatsiya natijalarini o‘zaro yuqori texnik jixozlanish, oshkoralik va kompetentlik sharoitida tushunishga yaqinlashtiradi. Oshkoralik rejimini yaratish uchun barcha tomonlarga standart talablari, sinov usullari, mahsulotning xavfsizlik talablari to’g’risidagi axborotlarga ega bo’lishlari ko‘zda tutiladi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida sertifikatlashtirish.
Mustaqil davlatlar hamdustligi xududida standartlash metrologiya va sertifikatsiyalash bo‘yicha 1992 yilda imzolangan muvofiqlashtirilgan siyosat olib borish to’g’risidagi kelishuv sertifikatsiyalash bo‘yicha MDXdagi asosiy hujjat hisoblanadi. Ushbu kelishuvga asosan MDXga a’zo davlatlar o‘z mamlakatlarida erkin holda ISO/MEK tashkilotining yo’riqnomalari va ushbu sohadagi yig‘ilgan tajribalarga amal qilgan holda sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshiradilar.
MDXdagi barcha mamlakatlar ham kelishuvni imzolash uchun bir xilda tayyor emasligi sababli, kelishuvlarni 2 tomonlama amalga oshirish maqsadga muvofiq deb, masalan, O’zbekiston bilan Rossiya Federatsiyadagi ilg‘or yutuqlardan biri kelishuvga a’zo mamlakatlar uchun standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash bo‘yicha yagona talablar o’rnatilishidir. MDXdagi sertifikatsiyalash ishlarini davlatlararo kengash boshqarib boradi.
Davlatlararo kengashni asosiy yutuqlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi.
a) Sobiq ittifoqdagi mavjud bo‘lgan etalon ba’zasi va me’yoriy hujjatlarni barcha fondlarining saqlanib qolinishi;
b) Standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash bo‘yicha mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlaridagi milliy qonunlarini uyg’unlashtirilishi;
v) umumiy Iqtisodiy kenglikni mustahkamlash va ishlab chiqarish sohasidagi integratsiyani kuchaytirishga yo’naltirilgan sohasi bo‘yicha davlatlararo kelishuvlarni tayyorlash.
MDXda sertifikatsiyalash bo‘yicha ustuvor yo’nalishi bo’lib o‘zaro etkazib berilayotgan mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling