7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


Xorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish amaliyoti


Download 123.5 Kb.
bet13/15
Sana24.03.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1291215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 7-mavzu

Xorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish amaliyoti
Evropa Hamjamiyati (EX)ning sifat borasidagi siyosati. XX asrning 90- yillarida Evropa Hamjamiyati (EX) da mahsulot sifati borasida yangi siyosat qabul qilindi va u «Evropa Hamjamiyati (EX) ning sifat borasidagi siyosatining elementlari» KES deb nomlangan hujjatda o‘z aksini topdi.
Evropa Hamjamiyati (EX)ning sifat borasidagi siyosatining maqsadlari quyidagilardan iboratdir:
- sifat borasidagi umumiy maqsadlarni ishlab chiqish uchun milliy va yagona bozorlar sifatiga bo‘lgan talablarni muvofiqlashtirish;
- sifatni doimo yaxshilash uchun sharoitlarni ta’minlash;
- xususiy va davlat sektorlari sifatiga qo’yiladigan talablarning yaqinlashuvi sababli sifatni oshishi; iste’molchilarning ehtiyojlarini yanada chuqurroq qondirish maqsadida va korxona va tashkilotlar sifatiga ta’sir etishni kuchaytirish maqsadida ishlab chiqarish strukturasini jahon tendensiyalariga muvofiq holda o‘zgartirish;
- Evropa Hamjamiyati (EX) mamlakatlari korxonalari uchun sifatni boshqarishning turli xil metodlaridan foydalanish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish va Evropa Iqtisodiyotining pozitsiyalarini mustaxkamlash;

rivojlanishining ilmiy-texnik qo’llab-quvvatlash.
Sifat borasidagi Evropa siyosatining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1) kooperatsiya va o‘zaro to’ldirish;
2) bazali yondoshuv;
3) ijtimoiylik;
4) strukturalilik;
5) yangi sifat konsepsiyasidan foydalanish
6) internatsionalizatsiya.
Yuqoridagi tamoyillar asosida Evropa sifat dasturi EQP (European Quality Programm) yaratilgan.
Dasturning asosiy maqsadi – ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash natijasida raqobatbardoshlikni oshirishga yo’naltirilgan Evropa Hamjamiyati (EX)ning butun Iqtisodiyotini say-harakatlarini birlashtirish.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling