7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish


Download 123.5 Kb.
bet2/15
Sana24.03.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1291215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 7-mavzu

7.2. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish.

Sertifikatlashtirish ikki xil ya’ni, majburiy va ixtiyoriy xarakterga ega bo’ladi. Majburiy sertifikatsiya qonunlar va qonuniy aktlar asosida amalga oshiriladi va tovar (jarayonlar, xizmatlarning), texnik reglamentlar talablariga va standartlarning majburiy talablariga mosligini isbotlashni ta’minlaydi. Ushbu normativ hujjatlarning majburiy talablari xavfsizlik, insonlarning sogligini himoya qilish va atrof - muhitni muhofaza qilishga qaratilganligi sababli majburiy sertifikatsiyaning asosiy yo’nalishi bo’lib xavfsizlik va ekologiklik hisoblanadi. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy me’zon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo’ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.


Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot jarayon xizmatining standartlaridagi majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi(bajaruvchi), sotuvchi(ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo Iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun, hamda chiqarilaetgan mahsulotlarni sifatini yaxshilash, ularni raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtieji ortib bormoqda. Sinovlarni ko’pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. U ko’riladigan masalada qatnashaetgan tomonlar odatda ta’minlovchining (birinchi tomon) va xaridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini himoya qilib, mutlako mustaqil ravishda ish ko‘radilar. Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo’lmoqda va shu sababli bunday yo’l keng qo’llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko’rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assotsiatsiyalar,yirik iste’molchilar,standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida iste’molchilar tomonidan xarbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan: birinchilar qatorida milliy miqesda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo’llanilgan. Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni portlash xavfidan himoyalangan qurilmalarning, atom reaktorlarining va tog’ texnikasining ishlatishdagi xavfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o‘rgatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling