7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


Fransiyada sertifikatlashtirish


Download 123.5 Kb.
bet7/15
Sana24.03.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1291215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 7-mavzu

Fransiyada sertifikatlashtirish.
Fransiyada sertifikatsiyalash 1939 yildan beri mavjud. Sertifikatsiyalash sohasidagi dastlabki qonun bo’lib NF milliy standartlariga moslik to’g’risidagi qonun hisoblanadi. Sertifikatsiyalash bo‘yicha mas’uliyat darxol standartlashtirish bo‘yicha Franso‘z assotsiatsiyasi (AFNOR)ga topshirildi. Tashkiliy jixatdan sertifikatsiyalash tarmoq tamoyiliga asosan tuzilgan bo’lib standartlashtirish tizimi bilan doimiy tarzda o‘zaro aloqada bo’ladi. AFNOR tashkilotdan tashqari sertifikatsiyalash ustida davlat va tarmoq darajasidagi organlar ham boshqarishadi. Bu organlarga quyidagilar kiradi:

  1. Fransiya tashqi savdo markazi (CNCE)

  2. Texnik reglamentlar va me’yor to’g’risidagi axborot markazi (CINIR)

  3. Elektrotexniklar ittifoqi (UTE).

AFNOR tashkiloti sinov markazlari va laboratoriyalarning vakolatlarini belgilaydi, ularni akkreditatsiya qilish uchun javob beradi, ularga NF belgisini berish yoki bekor qilish bo‘yicha javob beradi. Sertifikatsiyalash bo‘yicha milliy organlarni xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi.
Fransiyada muvofiqlikni baholash bir necha shaklga ega:

  1. Evropa direktivlariga moslikni tasdiqlash

  2. Ishlab chiqaruvchining mahsulotni Evropa standartlariga mosligi to’g’risidagi ariza deklaratsiyasi

  3. Fransiya milliy standartlariga moslik to’g’risida ixtiyoriy sertifikatsiyalash

  4. Sotuvda bo‘lgan mahsulotning xavfsizligini nazorat qilish.

Ishlab chiqaruvchining uning mas’uliyati ostidagi ariza deklaratsiyasi ushbu mahsulotning aniq Evropa standartlariga mosligini bildiradi. Ishlab chiqaruvchi o‘z tovarlarini SE tovar belgisi bilan tamgalash huquqiga ega.
Ushbu mahsulot ustida kafolatli organlar nazorat qilishadi va me’yorlardan chetga chiqilganda, bunday tamg’alar bilan ta’minlashni taqiqlab qo’yishadi. Agar tovarlar boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ishlab chiqarilayotgan bo’lsa 3 tomondan sertifikatsiya qilinadi. Xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ham ushbu belgilar bilan tamg’alash mumkin, agar ular xuddi shunday fransuz mahsuloti uchun o’rnatilgan talablarga javob bersa.
Ariza beruvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida AFNOR tashkiloti bir qator vakolatli organlarni belgilagan va bu organlar NF belgisini olish uchun sertifikatsiyalash o‘tkazish huquqiga ega. Majburiy xarakterga ega bo‘lgan akkreditatsiyaning alohida turi mavjud bo’lib, u aniq bir vazirliklarga bog’langan.
Masalan: Atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi milliy va xalqaro standartlarga moslik bo‘yicha ximiyaviy mahsulotning biologiya va kimyoviy sinovlarini o‘tkazuvchi sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qiladi. Bunday akkreditatsiyani muddati 2 yildan oshmaydi.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling