Uchinchi bosqich. Ushbu aylanma vedomostlar ma’lumotlari hisobot shaklining mos qatorlari bo’yicha tarqatiladi. Agar zaruriyat bo’lsa bunda yordamchi jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Тo’rtinchi bosqichda buxgalteriya yozuvlari asosida pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning belgilangan qatorlariga summalarni taqsimlash hamda ularni joriy, investitsion va moliyaviy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha alohida ustunlar bo’yicha aks ettirilishi lozim.
Moliyaviy faoliyat - bu faoliyat natijasida tashkilotning xususiy kapitalining va qarzlarining hajmida va tuzilishida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Quyidagilar moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlariga misol bo’ladi:
Investitsion va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq pulsiz muomalalar. Faqat asosiy vositalarga, uzoq muddatli kreditlarga yoki aksionerlik kapitaliga tegishli bo’lgan investitsion va moliyaviy xarakterdagi pulsiz-muomalalarga uzoq muddatli kreditlar hisobiga asosiy vositalarni sotib olish, kreditorlik qarzning kreditorlarga qo’shimcha aksiyalarni berish va chiqarish orqali to’lash va boshqalar kiradi. Masalan, kompaniya yer yoki binoni olish uchun uzoq muddatli garovni yozib berishi mumkin yoki uzoq muddatli obligatsiyalarni oddiy aksiyalarga aylantirishi mumkin. Bu muomalalar oddiy investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettiradi, ammo ular pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilmasligi mumkin, chunki ular
89
kompaniyaning pul mablag’lariga ta’sir qilmaydilar. Ammo, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning maqsadlaridan biri - investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettirish bo’lganligi uchun va bu kabi muomalalar kompaniyaning pul mablag’larining holatiga kelgusida ta’sir ko’rsatgani uchun bu muomalalar pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |