O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Download 264.41 Kb.
bet48/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

Qo’shilgan kapital aksiyalarni nominal qimatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali esa mol-mulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Тaqsimlanmagan foyda foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Korxonaning ustav faoliyatini amalga oshirish, jamoada ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida ustav kapitali, zaxira kapitali va qo’shilgan kapital yaratiladi. Тaqsimlanmagan foyda esa korxona faoliyati natijasida vujudga keladi. Ularni tekshirishdan maqsad korxonaning barqaror faoliyat qilishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishini ta’minlashdan iborat.
Maqsadli tushum va fondlar, ya’ni «Grantlar, subsidiyalar va qaytarilmaydigan yordamlarni xususiy kapital sifatida aks ettirish uchun quyidagi shart sharoitlar asos bo’ladi:

-ma’lum shartlar bajarilganida qaytarib bermaslik;


-subsidiyalar va grantlarni jalb qilish uchun xarajatlar qilinmaydi, demak, ular daromad hisoblanmaydi (mos kelish tamoyildan kelib chiqib).
Тa’kidlash joizki, subsidiyalaar va grantlar turli nodavlat tashkilotlar va fondlar tomonidan korxonalarga ma’lum dasturlarni amalga oshirishlari uchun beriladi. Shuningdek, Davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlarni bajarganda davlat
102

(hukumat) tomonidan pul hamda moddiy ko’rinishda tekinga berilgan yordamdir. Хususiy kapital tarkibida kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar ham hisobga olinadi hamda ular xarajatlar va to’lovlarni bir tekisda ishlab chiqarishga kiritish masqadida, belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar va ularning harakati haqida axborotlarni o’zida umumlashtiradi. Jumladan: asosiy vositalarni ta’miri bo’yicha rezerv qilinadigan xarajatlar; vaqtinchalik (titulli) bino va inshootlarni tiklash bo’yicha xarajatlar va hokazolar.


Shunday qilib, korxonaning xususiy kapital ko’rsatkichlari ushbu hisobotning mazmuni va mohiyatini ochib beradi hamda ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling