O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Тaqsimlanmagan foyda to’g’risidagi ma’lumotlarning shakllanishi va ularni hisobda aks ettirish tartibi
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
6.6. Тaqsimlanmagan foyda to’g’risidagi ma’lumotlarning shakllanishi va ularni hisobda aks ettirish tartibi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida taqsimlanmagan foyda korxonaning barqaror rivojlanishida alohida ahamiyatga ega. Chunki u korxonada sodir bo’ladigan har xil moliyaviy risklardan himoyalanish manbai hisoblanadi.
uni to’la ishlatishi ham mumkin. Bu bir jihatdan ijobiy hol deb qaraladi, ya’ni yaratilgan qiymat yoki iqtisodiy naf to’liq ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoki dividend uchun to’langan deb hisoblanadi. Ammo taqsimlanmagan foydani to’liq ishlatish natijasida joriy yilda sodir bo’ladigan moliyaviy risklardan saqlanish uchun manba mavjud bo’lmaydi. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasining boshqa shakllaridagi ko’rsatrichlari bilan o’zaro bog’liqligini alohida ahamiyatga ega. Chunki bu holat sof foydani dastlabki nazoratini yo’lga qo’yish imkonini beradi. Chunki, buxgalteriya balansidagi asosiy moddalar albatta boshqa moliyaviy hisobot shakllarida yoki ilovalardagi o’zgarish talablariga va ifodasiga ega bo’lishi zarur. 107 «Тaqsimlanilmagan foyda (qoplanilmagan zarar )» schyotlarida aks etgan qiymatni to’g’ri o’qish va uning realligini ta’minlash, buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, uning qoldiq qiymatini to’g’ri baholash, xususiy kapital hisobida ahamiyatli deb qaraladi va «Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-schyotlari bo’yicha qoldiqli qiymat aktivlar ortishi yoki passivlarning kamayishini to’g’ri ifoda etishi kerak. Bu esa, korxona daromad bazasining dastlabki hisobini to’g’ri yuritish zarurligini belgilaydi. «Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotini ishlatish ikki xil tabiatga ega, ya’ni: agar davr oxiriga taqsimlanmagan foyda summasi mavjud bo’lsa korxonalarda ushbu summa ustav kapitaliga va boshqa xususiy kapital moddalariga kiritish mumkin. Zarar summasi esa, uni kamaytirishga yo’naltiriladi. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni moliyaviy hisobotda aks ettirish va baholashning o’ziga xos jihatlaridan yana biri buxgalteriya balansida ushbu schyotga faqat bitta qatorning ajratilganligidir. Bu foyda ham, zarar ham bir qatorda
taqsimlanmagan, zararni manbalanmagan qismini hisobga oluvchi schyot hisoblanadi. U moliyaviy hisobotda aks etuvchi va foyda(zarar)ni zaxiradagi qiymatini belgilovchi qatorda aks ettiriladi. Ya’ni, buxgalteriya balansining alohida satrda ushbu schyot qoldig’i o’z aksini topadi. «Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotida joriy va o’tgan davrlarga tegishli bo’lgan foyda (zarar)ning qoldiq summalari aks etadi. Тaqsimlanmagan foyda korxonani erkin tasarrufida bo’lgan va uning belgilovida hal etiladigan modda hisoblanadi. U bevosita iste’mol va jamg’ariladigan keyingi qoldiq summani xarakterlaydi. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda taqsimlanmagan foyda to’g’risidagi ma’lumotlarning aks ettirish jarayonida eng avvalo uning haqiqiyligini tekshirish lozim. Buning uchun amalga oshiriladigan hisob ishlarini bir necha bosqichda amalga oshirish lozim. Birinchi bosqichda hisobot davrining taqsimlanmagan foyda summasining to’g’riligi tekshirilishi lozim. Buning uchun 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda» schyotining aylanmasining to’g’riligi va uning ma’lumotlarini «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ning hisobot davrining sof foydasi (zarari) (270-satr) bilan hamda 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim. Ikkinchi bosqichda esa «Buxgalteriya balansi»ning «Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasi bilan bog’lanishi tekshirilishi zarur. Buning uchun 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda» schyoti kredit qoldig’i bilan 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotining qoldig’i summalari yig’indisining buxgalteriya balansining 450-satridagi «Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» summasi bilan taqqoslanadi. Ushbu summalarning tenglamasi ma’lumotlarning to’g’riligini 108
anglatadi. Shundan so’ng 8710-schyot ma’lumotlari 060-«Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» satriga yoziladi. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling