O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Download 264.41 Kb.
bet78/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

8.5.2-chizma

Dastlabki hujjatlar tuzish tartibi va ularning harakati


Хo’jalikda sodir bo’ladigan operatsiyalarni tahlil qilish va turkumlash




Operatsiyalarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan dastlabki hujjatlarni belgilash va mavjud bo’lmagan dastlabki hujjatlarni ishlab chiqish
Hujjatlarning tuzilish joyi va tuzuvchilar

Hujjatlarning qayta ishlash tartibi va ularning harakati


Dastlabki hisob barcha axborotlarning eng asosiy manbai hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining eng oxirgi mahsulotining sifati bevosita dastlabki hisobning qanchalik to’g’ri tashkil qilinganligiga bog’liq.
Shu nuqtai nazardan qozog’istonlik iqtisodchilar S.J.Jaqipbekov va D.S.Jaqipbekovalar «Buxgalteriya hisobida maxsus hujjatlashtirish» standartini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun vaqt yetdi. Shuningdek, amaldagi yo’riqnomalar va inventarizatsiya bo’yicha tavsiya ko’rinishidagi materiallarni buxgalteriya hisobining maxsus standarti sifatida rasmiylashtirishni talab qiladi. Shuningdek, dastlabki buxgalteriya hisobi bo’yicha maxsus standart ishlab chiqish zarur»45, deb hisoblaydilar.
Albatta, ushbu standartlarni ishlab chiqish zaruriyatini vaqt ko’rsatadi. Ammo ushbu fikrlar dastlabki hisob nafaqat bizning mamlakatimizda balki barcha MDH davlatlarida ham ancha dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi.
Buxgalteriya hisobining 19-«Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish» milliy standartida korxonalar mulki va majburiyatini inventarizatsiya qilishning



  1. Селезнова Н.Н., Скобелева И.П. Учетная политика. –М., с. 47.




  1. Жакипбеков С.Ж., Жакипбекова Д.С. Первичный учет на уровнь требований потребителей ХХI век: БУ и А в Республика Казахстан, материалы международ. Конференции. С. 137-142.

151


tartibi belgilangan. Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning mulki va majburiyatlarini quyidagi hollarda rejadan tashqari inventarizatsiya qilishlari mumkin:
-asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholaganda; -moddiy javobgar shaxslar almashganda;

-o’g’rilik va xizmat lavozimini suiste’mol qilish hollari sodir bo’lganda;


-tabiiy ofat, yong’in, avariya yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo’lganda; -xo’jalik yurituvchi su’yekt tugatilganda.
Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazishning me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartib-qoidalari yirik korxonalar uchun qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Ammo ushbu tartib-qoidalarni kichik tadbirkorlik su’yektlarida qo’llash ancha qiyinchilik tug’dirishi bilan birgalikda, ko’pchilik hollarda unga ehtiyoj ham sezilmaydi.
Yuqorida ko’rilgan masalalar fermer xo’jaligi hisob siyosatining tarkibiy qismi hisoblangan texnikaviy jihatning muhim masalalari hisoblanadi. Ushbu masalalarning to’g’ri va ob’yektiv yechimni ishlab chiqish bevosita hisob siyosatining tashkiliy jihatidagi masalalar yechimiga ta’sir ko’rsatadi.
Hisob siyosatining texnik jihatidagi masalalar hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish uchun texnik shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Bu o’z navbatida, ma’lumotlarning aniqligi va to’g’riligini hamda o’z vaqtidaligini kafolatlaydi.

Хulosa
Hisob siyosatining texnik jihatida aks ettiriladigan asosiy masalalar nafaqat moliyaviy, statistik va soliq hisobotlarini, balki xo’jalikni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarini shakllantirishi bilan bog’liq masalalarga ham qaratilishi zarur.


Ma’lumki, tadbirkorlik su’yektlari o’zlarining istiqboldagi rivojlanishini belgilashlari uchun nafaqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan, balki boshqa iqtisodiy ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Bu yerda buxgalteriya hisobi o’z vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishi uchun, eng avvalo, iqtisodiy ko’rsatkichlarning taqqoslash imkoniyatini vujudga keltirishi zarur.

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling