O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bo’yicha o’quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili
- 1-Bob. O’zbekistonda va xalqaro amaliyotda moliyaviy hisobotning mazmuni va ahamiyati
Fanni o’rganishning dolzarbligi. Iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan izchil yangilash davrida iqtisodiyotda makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiy o’sishda yetakchi o’rin tutishi lozim bo’lgan ishlab chiqarish, soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari muammolarini hal etishga qaratildi.1 Ushbu vazifalarni bajarishda, xo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobi va hisobotlarni xalqaro standartlar talablariga muvofiq mukammaltirish masalalari bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Buning uchun xo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobining dastlabki hisob ma’lumotlarining tuzilishi va ularning rasmiylashtirilishini, shuningdek, tuziladigan hisobotlarning shakli va mazmunini takomillashtirishni taqazo etadi. «Moliyaviy hisobot» kursini o’rganishdan maqsad-xo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobotlarining nazariy va uslubiy asoslarini, shuningdek, usul va tamoyillarini chuqur o’rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi: -bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobotning mazmuni, o’rni va ahamiyati; -moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarni korxona faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashdagi vazifalari; -moliyaviy hisobotning tuzilishi va tarkibi; -buxgalteriya balansi va uni tuzish uslubi;
-moliyaviy hisobotlarga izoh xatini tayyorlash; -moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish va topshirish tartiblarini o’rganishdan iboratdir. «Moliyaviy hisobot» kursi «Buxglteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy tahlil», «Moliya va kredit», «Soliq va soliqqa tortish», «Menejment», «Marketing», «Statistika» kabi fanlar uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. «Moliyaviy hisobot» fanini o’qitishda quyidagi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyasidan: aqliy hujum, bumerang, insert, veer, prezentatsiya, slaydlar tayyorlash va ulardan samarali foydalanish; testlar tayyorlash, Internet tizimidan keng foydalaniladi. Каримов И.А. Эришилган юту=ларни мустащкамлаб, янги марралар сари изчил щаракат =илишимиз лозим. «Хал= сызи» газетаси. 29 (3828)-сон.11.02.2006. 5 Fan bo’yicha o’quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili. Mazkur qo’llanmani tayyorlash jarayonida “Buxgalteriya hisobi» fani bo’yicha tayyorlangan o’quv adabiyotlari tahlil qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (O.Bobojonov va K.Jumaniyozov. Darslik, 2002y), «Учет, ситуации и примеры.» (Энтони Р., Дж. Рис. Учебник, 2000 г), «Принципы бухгалтерского учета.» (Нидлз Б. Учебник, 2000г) «Buxgalteriya hisobi» (A.Karimov, F.Islomov. A.Avloqulov. Darslik, 2004y), «Zamonaviy buxgalteriya hisobi» (A.Sotvoldiyev. Darslik, 3-tom, 2004y), «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» (B.Хoshimov. Darslik, 2004y), Бухгалтерский учет (Н.Г.Koндраков. Учебник, 2004 г), kabi o’quv adabiyotlari yaratilgan. Ushbu adabiyotlarning Хorijda chop etilganlari bizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko’ra va ular namunaviy o’quv dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur asosida yozilgan bo’lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlariga mo’ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o’quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga «Moliyaviy hisobot» kursini fan sifatida o’qitilishi, ushbu fan bo’yicha darslik tayyorlashni taqozo qilmoqda. Shu boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur fan bo’yicha tuzilgan namunaviy o’quv rejasiga mos kelmasligidir. Albatta yuqorida sanab o’tilgan darslik va o’quv qo’llanmalar yuqori saviyada yozilgan o’quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi su’yektlar faoliyatiga 21-sonli BHMSni tatbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham qayta ishlashni taqozo qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha su’yektlarda xo’jalik jarayonlarini Yangi schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o’ziga xos xususiyatlari yaratildi. Shu boisdan, “Moliyaviy hisobot” fanidan qo’llanmani yaratishga ehtiyoj sezilganligi bois, mualliflar tomonidan o’quv rejasiga ko’ra, namunaviy dastur asosida mazkur o’uv qo’llanma tayyorlandi. Kitob Oliy o’quv yurtlarining talabalari uchun darslik sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, darslikdan buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, menejerlar, iqtisodchilar va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari hamda talabalari ham qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin. 6
Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling