O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar


Download 264.41 Kb.
bet9/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

1.5. Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar
Moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin uning ko’rsatkichlari aniqligini ta’minlash maqsadida maxsus hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Shunday hisob-kitoblarning eng asosiysi xo’jalik yurituvchi su’yekt mol-mulki, mablag’lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari va boshqa buxgalteriya hisobi ob’yektlarini inventarizatsiya qilish hisoblanadi.
Inventarizatsiya-korxona mol-mulkini ro’yxat qilish va ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirishdir. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi usullaridan biri bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, korxona boshqa tashkilotlar bilan olib boradigan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq topiladi.
Balans va hisobotda aks ettiriladigan ko’rsatkichlarning aniqligini ta’minlash, o’g’irlik va nobudgarlikchiliklarga qarshi kurash olib borish uchun material, pul mablag’larining hammasi va hisob-kitoblar yilda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiyaning to’la va qisman turlari mavjud. Korxonaga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish to’la inventarizatsiya, mol-mulkning bir qismini inventarizatsiya qilish esa qisman inventarizatsiya deyiladi.
Inventarizatsiya yana rejali va to’satdan qilinadigan inventarizatsiya turlariga ham bo’linadi. Rejali inventarizatsiya yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladigan, oylik va choraklik tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi va boshqa inventarizatsiyalardir. Тo’satdan qilinadigan inventarizatsiyalar korxona rahbarlariga
17

yoki yuqori tashkilot va organlarga tegishli ob’yektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar tushganda, korxona faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.


Inventarizatsiya o’tkazish bo’yicha javobgarlik xo’jalik yurituvchi su’yekt rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi. Inventarizatsiya o’tkazish xo’jalik yurituvchi su’yekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Buyruqda inventarizatsiya o’tkazish komissiyasining a’zolari ro’yxati, uni o’tkazish muddati, nimalarni inventarizatsiya qilish ko’rsatiladi. Inventarizatsiya o’tkazish komissiyasiga rahbar yoki uning o’rinbosari raislik qiladi. Komissiya a’zolari ichida bosh buxgalter bo’lishi shart.
Inventarizatsiya ro’yxati hamma komissiya a’zolari hamda moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanishi shart. Yana moddiy javobgar shaxs «Ushbu inventarizatsiya ro’yxatida ko’rsatilgan moddiy boyliklar mening ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiy boyliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda inventarizatsiya komissiyasiga mening hech qanday da’vom yo’q» degan mazmunda tilxat beradi.
Inventarizatsiya qaydnomasi shakli inventarizatsiya qilinayotgan mablag’lar xususiyatlariga ko’p jihatdan bog’liqdir. Lekin qaydnomada mablag’ning nomi, o’lchov birligi, bahosi, hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga ko’ra qoldig’i, inventarizatsiya natijasi-kamomad va ortiqchalik son va pul ko’rinishida aks ettirilishi lozim. Amalda ko’pchilik hollarda inventarizatsiya ro’yxatiga farqi aniqlangan mablag’lar nomigina kiritiladi. Bu esa ishni birmuncha qisqartiradi. Aniqlangan hamma kamomad va ortiqchalik yuzasidan moddiy javobgar shaxs yozma tushuntirish beradi. Shundan keyin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya natijalari bo’yicha tegishli qaror qabul qiladi va bu qaror korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, ortiqcha chiqqan boyliklar qabul qilinadi. Kamomadlar esa «Boyliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchilik va kamomad» nomli schyotda hisob qilinadi. So’ngra bu schyotdan me’yor chegarasidagi tabiiy kamayish, ishlab chiqarish xarajatlari schyotlariga, me’yordan ortiqcha kamomad aybdor shaxs hisobiga yoziladi.
Хo’jalik yurituvchi su’yektlar inventarizatsiya o’tkazishda O’zR Adliya vazirligining 833-sonli buyrug’i bilan 1999-yil 2-noyabrda ro’yxatdan o’tkazilgan 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish»ga to’liq amal qiladilar.

Quyidagi hollarda inventarizatsiya o’tkazilishi shart:




  • mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek davlat korxonasi qayta tashkil etilganda (davlat tasarrufidan chiqarilganda):

-moliyaviy hisobot tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1-oktabridan keyin inventarizatsiya qilingan mulk bundan mustasnodir.


Buxgalteriya hisobi milliy standartining 4-sonli «Тovar-moddiy zaxiralari»ga binoan tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi kamida bir yilda kamida bir marta o’tkaziladi. Buxgalteriya hisobi milliy standartining 5-soni «Asosiy vositalar»ga binoan asosiy vositalar inventarizatsiyasi kamida ikki yilda bir marta o’tkaziladi, kutubxona fondi esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi.
18

Pul mablag’lari, pullik hujjatlar, qimmatliklar va qat’iy hisobot blankalari bir oyda bir marta, yonilg’i va moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda inventarizatsiya qilinadi. Qimmatli metallar tarmoq yo’riqnomalarida ko’rsatilgan muddatlarda inventarizatsiya qilinadi.


Bundan tashqari, quyidagi hollarda ham moddiy qimmatliklar inventarizatsiya qilinadi:

-asosiy vositalar va tovar moddiy qimmatliklarni qaytadan baholash;


-moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish-topshirish kuniga);
-o’g’irlik va boshqa nopok voqealar, shuningdek qimmatliklarning buzilishi sodir bo’lgan;
-tabiiy ofat, yong’in, avariya yoki hodisalar bilan bog’liq bo’lgan boshqa favqulodda holatlarda;
-xo’jalik yurtuvchi su’yektlari tugatilgan (qayta tashkil etilgan)da tugatish (bo’lish) balansini tuzishdan oldin va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa hollar.
Inventarizatsiya o’tkazish uchun xo’jalik yurituchi su’yektlarda quyidagi tartibda doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi:

Korxona rahbari yoki uning yordamchisi (komissiya raisi).

Bosh buxgalter.

Boshqa mutaxassislar (muhandis, iqtisodchi va sh .k.).

Ichki audit vakili.
Agar ish hajmi ko’p bo’lsa, mulklar va moliyaviy majburiyatlar inventarizitsiyasini bir vaqtning o’zida o’tkazish uchun korxona rahbarlarining buyrug’i bilan quyidagi tartibda ishchi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi:
Inventarizatsiya o’tkazishni tayinlangan xo’jalik yurituvchi su’yektning vakili (komissiya raisi);
Mutaxassislar; tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar.

Doimiy harakatdagi komissiya quyidagi vazifalarni bajaradi:

-qimmatliklar butligini ta’minlash bo’yicha profilaktika ishlarini olib boradi;
-inventarizatsiya o’tkazishni tashkil etadi, ishchi inventarizatsiya komissiya a’zolariga maslahatlar beradi;


  • inventarizatsiya natijalarining to’g’riligini tekshiradi;




  • kamomad va nobudgarchilikka, shuningdek boshqa kamchiliklarga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushintirish xatlarini ko’rib chiqadi va aniqlangan kamomad va nobudgarchiliklari to’g’risida takliflar beradi.

O’z navbatida ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:


-qimmatliklar va pul mablag’larini saqlash va ishlatish joylarida inventarizatsiya o’tkazadi;
-xo’jalik yurituvchi su’yektning buxgalteriyasi bilan inventarizatsiya natijasini aniqlashda qatnashadi va kamomadni ortiqchasi bilan qoplash, shuningdek tabiiy kamayish normasi doirasidagi kamomadni hisobdan chiqarish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
19

-tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va

jo’natish, ularning butliligi hisobi va nazoratini yaxshilash, shuningdek normadan

ortiq va foydalanilmaydigan material qimmatliklarni sotish to’g’risida takliflar

kiritadi.

Ichki inventarizatsiya komissiyasiga quyidagi mas’uliyatlar yuklatiladi:

a) xo’jalik yurituvchi su’yekt rahbarlarining buyrug’iga binoan

inventarizatsiyani o’z vaqtida va belgilangan tartibda o’tkazish;




  1. tekshirilgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklar, pul mablag’lari va hisob-kitoblardagi mablag’larni haqiqiy qoldiq ro’yxatiga to’liq va aniq yozish;




  1. tovar-moddiy qimmatliklar narxini aniqlaydigan belgilari (tur, nav, marka, razmer, preyskurant bo’yicha tartib nomeri, artikul va shu kabilar)ni ro’yxatda to’g’ri ko’rsatish;




  1. belgilangan tartibga binoan inventarizatsiya materiallarini to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish.

Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya boshlanish vaqtiga bo’lgan oxirgi kirim va chiqim hujjatlari yoki material va pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlarni olishi lozim.


Inventarizatsiya komissiyasining raisi inventarizatsiyagacha_____(sana) belgisini qo’yib, hisobotga ilova qilingan barcha kirim va chiqim hujjatlarini imzolaydi. Bu o’z navbatida, hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarizatsiya boshlanish vaqtiga qolgan mulklar qoldig’ini aniqlash uchun asos bo’ladi.
Inventarizatsiya boshlanish vaqtiga mulklar bo’yicha barcha kirim va chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirilganligi yoki komissiyaga berilganligi to’g’risida moddiy javobgar shaxslar tilxat beradilar.
Inventarizatsiya boshlanishdan oldin komissiya a’zolariga inventarizatsiyani qachon boshlab qachon tugatish to’g’risidagi buyruq topshiriladi, komissiya raisiga esa nazorat plombiri (muhri) topshiriladi.
Basharti mulk inventarizatsiyasi bir necha kun davom etadigan bo’lsa, ish kuni tugashi bilan qimmatliklar saqlanayotgan xonaning eshigi muhrlanishi kerak.
Inventarizatsiya qilingan qimmatliklar va ob’yektlar, ularning miqdori ro’yxatda nomenklaturasi bo’yicha va hisobda qabul qilingan o’lchov birligida ko’rsatiladi. Bu ro’yxat ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi.
Inventarizatsiya ro’yxatining oxirida komissiya tomonidan tekshirish moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o’tkazilganligi, komissiya a’zolariga hech qanday da’vo yo’qligi va ro’yxatda keltirilgan qimmatliklarni mas’ul saqlashga qabul qilganligi to’g’risida moddiy javobgar shaxslar tilxat yozib beradilar.
Inventarizatsiya o’tkazishda inventarizatsiya bo’yicha tasdiqlangan dastlabki hisobot hujjatlari qo’llaniladi.
Ishchi inventarizatsiyakomissiyasi har bir soha (qimmatliklar)ni
inventarizatsiyasi tugagach inventarizatsiya dalolatnomasini tuzadi. Masalan,
«Yuklangan tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi», «Yo’ldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi», «Asosiy vositalarni tugallanmagan ta’mirini inventarizatsiya dalolatnomasi» va sh. k.

20

Тovar-moddiy qimmatliklari, pul mablag’larining inventarizatsiyasini to’g’ri, o’z vaqtida o’tkazish va tekshirishni to’satdan o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha mas’uliyat xo’jalik yurituvchi su’yektning rahbarlariga yuklatiladi. Ular inventarizatsiyani to’liq va qisqa muddat ichida o’tkazish uchun sharoit yaratib berishlari kerak.


Inventarizatsiya tugagach o’tkazilgan inventarizatsiya to’g’riligini tekshirish uchun nazorat tekshiruvi o’tkazilishi mumkin. Bunday tekshirish inventarizatsiya o’tkazilgan ombor (yoki boshqa joy) ochilmasdan turib inventarizatsiya komissiyasi va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o’tkaziladi. Inventarizatsiyalarni nazorat tekshirishdan o’tkazish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va o’tkazilgan inventarizatsiyani to’g’riligini tekshirishni hisobga olish daftarida ro’yxatga olinadi.
Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlar natijasida aniqlangan mulklarning buxgalteriya ma’lumotlari bilan mavjud haqiqiysi orasidagi farqi quyidagicha tartibga solinadi:
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, material qimmatliklari, pul mablag’lari va boshqa mulklar kirimga olinib, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (9390-schyot) ko’paytiriladi. Aybdor shaxslardan qimmatliklarning ortiqcha chiqqanlik sabablari to’g’risida tushintirish xati olinadi;
Qimmatliklarning qonunchilik bilan belgilangan norma doirasidagi kamomadi korxona rahbarining buyrug’i bilan ishlab chiqarish, muomala xarajatlariga yoki moliyalashtirish (fondlar)ni kamaytirishga o’tkaziladi. Тabiiy kamayish normalari faqat haqiqiy kamomad aniqlansagina qo’llaniladi. Тabiiy kamayish normalari belgilanmagan bo’lsa, sodir bo’lgan kamomad normadan ortiq kamomad deb hisoblanadi;
Moddiy qimmatliklar, pul mablag’lari va boshqa mulklar kamomadi, shuningdek tabiiy kamayish normasidan ortiqcha nobudgarchiliklar aybdor shaxslardan undirib olinadi. Basharti aybdorlar shaxslar aniqlanmasa yoki aybdor shaxslardan undirib olish sud orqali rad etilgan bo’lsa, kamomad va tovar-moddiy qimmatliklari va pul mablag’larining inventarizatsiyasini to’g’ri va o’z vaqtida o’tkazish va tekshirishni to’satdan o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha mas’uliyat xo’jalik yurituvchi su’yektning rahbarlariga yuklatiladi. Ular inventarizatsiyani to’liq va qisqa muddat ichida o’tkazish uchun sharoit yaratib berishlari kerak.
Inventarizatsiya tugagach o’tkazilgan inventarizatsiya to’g’riligini tekshirish uchun nazorat tekshiruvi o’tkazilishi mumkin. Bunday tekshirish inventarizatsiya o’tkazilgan ombor (yoki boshqa joy) ochilmasdan turib inventarizatsiya komissiyasi va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o’tkaziladi. Inventarizatsiyalarni nazorat tekshirishdan o’tkazish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va o’tkazilgan inventarizatsiyani to’g’riligini nazorat tekshirishni hisobga olish daftarida ro’yxatga olinadi.

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling