O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7. Хalqaro amaliyotda qo’llaniladigan moliyaviy hisobotlar tarkibi va tuzilishi
1.7. Хalqaro amaliyotda qo’llaniladigan moliyaviy hisobotlar tarkibi va tuzilishi Хorijiy mamlakatlar amaliyotida moliyaviy hisobot ko’rsatkichlariga alohida ahamiyat beradi. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari tashqi foydalanuvchilar uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, taqsimlanmagan foyda to’g’risidagi hisobot va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni o’z ichiga oladi. Bizning mamlakatimizda alohida hisobot shakli sifatida kiritilgan «Asosiy vositalarning harakati to’g’risida»gi hisobot alohida e’tirof etilmagan. Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari o’zaro bog’liq bo’lib, faqat bundan «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot mustasnodir. Moliyaviy hisobot shakllarining asosiy yakuniy ko’rsatkichlari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning sof foyda summasi, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning xuddi shunday nomdagi ko’rsatkichiga teng bo’lishi lozim. Aks holda moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining mosligi va haqqoniyligiga putur yetadi. Shuningdek, xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning yakuniy o’zlik kapitali summasi buxgalteriya balansining yakuniy xususiy kapital summasiga teng kelishi lozim. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllarining tuzilishi bizning mamlakatimizda qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllaridan farq qiladi. Bizning mamlakatimizda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar ularning ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan kelib chiqqan holda, eng avvalo, uzoq muddatli aktivlar va keyin joriy aktivlar joylashtirilgan bo’lsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar likvidlilik 23 darajasiga qarab joylashtirilgan. Shuningdek, balansning passiv qismida majburiyatlar muddatlarini hisobga olgan holda joylashtirilgan. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan shakli ko’rsatkichlari bizning mamlakatimizdagidan farq qiladi. Ushbu hisobot shaklida moliyaviy natijalar faoliyat turlari–asosiy, moliyaviy va investitsion faoliyat bo’yicha aniqlanadi. Mamlakatimizda esa moliyaviy natija asosiy va moliyaviy faoliyat bo’yicha aniqlanadi. Shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu hisobot shakli turli nomlar bilan ataladi. Jumladan, «Foyda va zararlar to’g’risida»gi hisobot deb ham nomlanadi. Ammo ular mazmun jihatdan bir-biriga juda ham yaqin.
Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling