O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Download 264.41 Kb.
bet83/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

Moliyaviy faoliyat - bu faoliyat natijasida tashkilotning xususiy kapitalining va qarzlarining hajmida va tuzilishida o’zgarishlar sodir bo’ladi.

Moliyaviy natijalar – bu xo’jalik yurituvchi su’yektning ma’lum hisobot davrida
tadbirkorlik faoliyati jarayonida o’ziga qarashli mablag’ning oshishi yoki kamayishidir.
Nomoddiy aktivlar - yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan, binolar, inshootlar, aqliy mulk, tovar zaxiralari, ixtirolar, “nou-xau” va boshqalardan foydalanishga doir mulkiy huquqlar.
Pul mablag’lari – kassadagi, valuta mablag’lari, qisqa muddatli qo’yilmalar, qayta sotib olingan o’z aksiyalari.
Sarmoya qo’yilmalari - xo’jalik yoki pudrat usulida amalga oshirilayotgan tugallanmagan qurilish qiymati, shuningdek, asosiy podani tashkil etish, geologiya-qidiruv ishlariga sarflar va korxonalarga bo’nak ko’rinishida mana shu maqsadda berilgan bo’naklar va mablag’lar summasi.
Тo’g’ri xarajatlar – sotilgan mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan va qayd qilinishi bevosita daromadni tan olish bilan chambarchas bog’liq xarajatlar. Тaqsimlangan xarajatlar – ma’lum vaqtlarda amalga oshiriladigan va daromad olish uchun xizmat qiladigan davrlarga muntazam taqsimlanadigan xarajatlardir.
154

Uzoq muddatli investitsiyalar-korxonaning boshqa korxonalar ustav fondiga bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan omonatlari. Bundan tashqari bu bo’limda sotib olingan aksiyalar, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar alohida moddalar bilan ko’rsatiladi.



Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling