O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov
Mashg`ulotni tashkil etish tamoyillari
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)
2.4 Mashg`ulotni tashkil etish tamoyillari
Yuqorida ta‘kidlanganidek, kurash mashg`ulotlarini tashkil etish muayyan talablar va qoidalarga amal qilishni nazarda tutadi. Bunday qoidalar va tartiblar majmuini birlashtirgan holda mashg`ulotlarni tashkil etish tamoyillari deyish mumkin. 29 Zamonaviy pedagogika nazariyasida uqitish tamoyillari quyidagi yo`nalishlarga qaratilganligi ta‘kidlanadi. 1. O`qitishning tarbiyaviy xususiyati. 2. Har tomonlama rivojlantirish. 3. Sog`lomlashtirish. Sport kurashlari bo`yicha mutaxassislarning fikricha mashg`ulotlarni tashkil etish tamoyillari o`z ichiga sport tayyorgarligini tashkil etishning didaktik mohiyatini birlashtiradi. Mashg`ulotlarni tashkil etish tamoyillari quyidagilardan iboratligi yetakchi olimlar tomonidan ta‘kidlab o`tilgan (F.Kerimov, 2001). 1.Ilmiylik tamoyili. 2.Yengillik (osonlik) tamoyili. 3.Muntazamlilik tamoyili. 4.Onglilik va faollik tamoyili. 5.Ko`rgazmalilik tamoyili. 6.O`quv materialini puxta o`zlashtirish tamoyili. 7.Jamoali o`qitish va individual yondashish tamoyili. 8.O`qitishning amaliyot bilan botlikligi tamoyili. 9.O`qituvchi (murabbiyning) yetakchilik tamoyili. Sportdagi jadal rivojlanish sport mashg`ulotlarini har tomonlama takomillashtirish va yaxshilashni nazarda tutmoqda. Bu boradagi izlanishlar va kuzatishlar xorijiy olimlar ilmiy ishlarida ham o`z aksini topgan. Bizning fikrimizcha, kurashchilar tayyorlash va mashg`ulotlar tashkil etish umumiy pedagogika va sport mashg`ulotlari nazariyasi tamoyillari asosida tashkil etilishi zarur. Bir qator maxsus adabiyotlardagi ma‘lumotlarni umumlashtirgan holda kurash bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil etish tamoyillarini quyidagicha tavsiya etamiz. 1.Onglilik va faollik tamoyili. 2.Ko`rgazmalilik tamoyili. 3.Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. 4.Ilmiylik tamoyili. 5.Individuallashtirish va kuchiga yarashalilik tamoyili. Onglilik va faollik tamoyili. O`qitish va o`rgatish jarayonlari doimiy ravishda ongli munosabatni talab etadi. Mashqni o`rganish mobaynida sportchi nimani o`rganayotganligi va uning ahamiyatini tushunishi lozim. Aks holda mashqni o`rganish jarayonlari samarasi pasayadi. Onglilik va faollik tamoyilining asosiy jihati shundaki, har qanday o`rganilayotgan mashq yoki mashq elementiga ongli va faol munosabat shakllantirilgan bo`lishi lozim. Onglilik va faollik tamoyilini mashg`ulot jarayonida amalga oshirishda quyidagilarga ahamiyat qaratish lozim: bajarilayogan barcha harakat amalllari ongli ravishda bajarilishi, maqsadga qaratilgan bo`lishi lozim; bajarilayotgan v a o`rganilayotgan mashqlar mohiyati va ularning ahamiyati tushuntirilishi kerak; 30 mashqlarni bajarish tartibi va tuzilishi shunday tuzilishi kerakki, natijada ilgarigi mashqlar oson va aksincha yangilari qiyinroq tuyulsin; mashqlarni bajarish jarayonida shug`ullanuvchilarning qiziqishlari pasaymasligiga ahamiyat qaratish lozim. Ko`rgazmalilik tamoyillari. Kurashda o`rgatish va mashqlarni takomillashtirish uchun asosiy tamoyillardan hisoblanadi. Ma‘lumotlarga qaraganda inson miyasida shakllanadigan harakat amallarining kalla qismi bevosita ko`rish orqali o`rganish natijasida amalga oshar ekan. Bundan ko`rinadiki, ko`rgazmalilik tamoyili kurash usullari, texnik harakatlarini o`rganishda muhim o`rin tutadi. O`qitishning ko`rgazmalilik tamoyili mashqni o`rgatishning har bir bosqichida namoyon bo`ladi. Trener bevosita tushuntirish, tasvirlash va ko`rsatib berish orqali ushbu tamoyil talablarini amalda bajarishi mumkin. Ko`rgazmalilik tamoyilini amalda qo`llash uchun quyidagi talablarni bajarish tavsiya etiladi: o`rgatilayotgan mashq albatta, yaxlit holatdan bo`laklarga bo`lib o`rgatish tomon borishi kerak; mashq to`g`risidagi to`liq tasavvur (mashqning tashkil formasi, bajarilishi, tezligi, harakatlar uyg`unligi va boshqalar) sportchilarda shakllanishi kerak; murakkab mashqlar qismlarga bo`lib o`rgatilishi lozim va keyinchalik ular umumiy birlikka birlashtiriladi. Ko`rgazmali vositalardan foydalanish o`z o`rnida olib borilishi kerak. Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. Kurashda biror bir mashqni malaka darajasida egallash, va umuman, yuqori sport natijalariga erishish tizimli mashg`ulotlar olib borish va mashg`ulotlarda muntazam ishtirok etishni talab etadi. Bu degan so`z, mashg`ulotda shunchaki ishtirok etibgina qolmay, balki, maqsadli ravishda, reja asosida shug`ullanishni anglatadi. Tizimlilik va muntazamlilik tamoyilining mohiyati shuni ko`rsatadiki, mashg`ulotlar borgan sari murakkablashib va qiyinlashib boradi. Shunga qaramay sportchi mashg`ulotlarda doimiy ishtirok etishi va mahoratini oshirib borishi lozim. Butun bir mashg`ulotlar umumlashgan holda sportchi tayyorlarligini yaxlit tuzilishini aks ettirishi kerak. Mazkur tamoyil talablariga ko`ra mashg`ulotlar doimiy ravishda o`sib boradi va oldingi mashq kelgusi mashqning mantiqiy davomi sifatida aks etadi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling