41
SHAROITNI SODDALASHTIRISH USULI.
Murakkablashtirish bilan birga sharoitni yengillashtirish ham qo‗llaniladi
(yengil jihoz, harakat imitatsiyasi, qarshilik ko`rsatmaydigan raqib,
bir muncha
yengil vazn toifasidagi sherik va shu kabilar).
Tezlik qobiliyatini rivojlantirishda umumrivojlantirish va maxsus
mashqlardan foydalanish.
Tezkorlik qobiliyatini rivojlantirish uchun umumrivojlantiruvchi mashqlarga:
- qisqa masofaga yugurish ( vaqtga qarab ),
- uzunlikka va balandlikka sakrash mashqlari kiradi.
O‗tkazilgan har bir mashqqa musobaqa elementlarini kiritish maqsadga
muvofiqdir. har xil sport o‗yinlari tezkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam
beradi. (futbol, basketbol, qo‗l to‗pi va boshqalar).
Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun quyidagi maxsus mashqlardan
foydalaniladi:
1.Turg`un holda yoki qo‗lni yerga tirab turgan holda mustaqil va trenirovka
maketi bilan bajariladigan usullar uchun yondashtiruvchi mashqlar.
2.Sherik bilan bajariladigan mashqlar:
-kim o‗zish
mashqlari;
-texnikaning ayrim elementlarini tez bajarish mashqlari;
-qarama-qarshi va takror hujumlar bilan bajariladigan mashg‗ulotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: